O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 10-martdagi 110-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
Turizm obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va obodonlashtirish hamda turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va madaniy-ko‘ngilochar infratuzilmalarni rivojlantirish maqsadida
QAROR QILAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 10-martdagi 110-son qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan quyidagilar:
Boysun tumanida joylashgan “Uzundara” arxeologiya yodgorligini konservatsiya qilish, atrofini o‘rab olish, obodonlashtirish, turizm axborot markazi va kichik muzey tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniy meros agentligi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga loyihalar ro‘yxatining asosiy parametrlarini belgilangan muddatlarda to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish hamda samarali foydalanish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilganligi inobatga olinsin.
3. Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi (Z.Alimardonova), Madaniy meros agentligi viloyat boshqarmasi (Sh.Mamatqulova), Boysun tumani hokimligi (A.Jo‘rayev) Boysun tumanida joylashgan “Uzundara” arxeologiya yodgorligi bo‘yicha moliyalashtirish hajmlarini qurilish-montaj ishlarining kalendar jadvallari bilan uzviy bog‘liqlikda aniqlashtirgan holda, 2022-yil uchun yildan-yilga o‘tuvchi qurilish obyektlarining manzilli ro‘yxatini kelishish uchun Turizm va madaniy meros vazirligiga kiritish choralarini ko‘rsin.
4. Viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar hamda Termiz shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmonining 9-bandiga muvofiq joriy yilda qurilishini davom ettirish uchun mablag‘ (limit) nazarda tutilmagan tugallanmagan va foydalanilmayotgan obyektlarni belgilangan tartibda konservatsiya qilish, shuningdek, ularni konservatsiya davrida lozim darajada saqlash va muhofaza qilish choralarini ko‘rsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari J.Toʻrayev zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |