1.1.3-Jadval
Hindiston eksporti tarkibidagi qishloq xo'jaligi va mineral resurslar hajmi (mln AQSH dollarida)4
Moliyaviy yil
|
1998/99 yil
|
1999/2000 yil
|
2000/01 yil
|
2014/15 yil
|
Qishloq xojaligi mahsulotlari:
|
6205
|
5671
|
6256
|
39357
|
Mineral xom ashyo
|
672
|
687
|
2837
|
12085
|
Yuqoridagi ko’rsatkichlar shuni dalolat qiladiki, garchi tabiiy resurslarning milliy iqtisodiyot tarkibidagi ulishi kamayib borayotgan bo’lsa ham, ularning hatto eksportdagi hajmi ham ortib bormoqda. Hindsiton milliy iqtisodiyotidagi ushbu tabiiy resurslarning rivojlantiruvchi omillar sifatida avvalo quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Birinchidan, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida turli hil tajribalarni qo’llab ko’rdi. Biroq ushbu tajribalar qanchalik samarasiz va muvaffaqiyatsiz bo’lmasin, ular mamlakatni butunlay inqirozga etaklamay, balki boshqa samarali yo’nalishga o’tishda hom ashyolar va oziq-ovqat bilan yahshi ta’minlanganligi hal qiluvchi o’rinni egalladi.
Kolonial davrida mamlakatda metal zaxiralarining va boshqa resurslarining ko’pligi butun Hindiston bo’ylab temir yo’l va portlardan iborat tizimli transport va aloqa infrastrukturalarining tashkil etilishiga sabab bo’ldi. Keng hududli bunday mamlakatda (u vaqtda Hindiston o’z ichiga Pokiston, Bangladesh va Shri Lanka mamlakatlarini ham olgan) bir vaqtning o’zida bunday muvofiqlashtirilgan transport infratuzilmasini yaratish deyarli imkonsiz bo’lgan.
Mustaqillikka erishgandan so’ng ham to 1991 yilga qadar Hindiston yopiq iqtisodiy siyosatni, import o’rnini qoplash strategiyasini qo’lladi. Ushbu davrda ham mamlakatdagi qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat zaxiralarining yetarliligi mamlakatni rivojlanishiga yordam berdi va iqtiosdiy inqirozlardan saqlab keldi. Shuningdek, aholi sonining ko’pligi ichki iste’molni ta’minlab, sanoat mahsulotlarining eksportiga muqobil bozorni yaratib berdi.
1991 yilda iqtisodiyot ochilgach va erkinlashtirilgach, chet el sarmoyadorlari va TMK autsorsingi ko’paydi.
Ikkinchidan, mamlakatda sanoat, transport va qurilishning keng miqyosda olib borilishi o’z resurslari va mahalliy ishchi kuchi hisobiga amalga oshirilishi ushbu sohalarni jadallashuviga turtki bo’ldi. Ayniqsa so’nggi davrlarda Hindiston janubidagi nisbatan kam rivojlangan hududlarni o’zlashtirib, u erga texnopark va “selikon vodiylari”ni bunyod qilishda ushbu omilning ahamiyati beqiyosdir. Bunday resurslarni import qilib, keng miqyosdagi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish juda mushkil, ayniqsa, mustamlakachilikdan endi mustaqil bo’lgan va turli ijtimoiy-siyosiy muammolar girdobida bo’lgan mamlakat uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |