"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor


To’garaklari, uchrashuvlar, konferensiyalar huquqiy kechalar tashkil qilish



Download 2,39 Mb.
bet57/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

To’garaklari, uchrashuvlar, konferensiyalar huquqiy kechalar tashkil qilish.
Reja:
1.Fan to‘garaklari, uchrashuvlar, konferentsiyalar, kechalar tashkil qilish.
2.Badiiy va hujjatli filmlar namoyishi va tahlili.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda to‘garaklarning ham o‘rni beqiyos. Aksariyat ta’lim muassasalarida baddiy to‘garaklar, fan to‘garaklari tashkil etilib, ular o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunili o‘tkazishlarida katta yordam beradi. To‘garak tomonidan ko‘rgazmalar, spektakllar, badiiy kechalar, tanlovlar o‘tkazilishi ham o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.
Fan to‘garaklarini tashkil qilishning ta’lim-tarbiyaviy asoslari:
A). To‘garak ishini rejalashtirish haqida.
B) To‘garak mashg‘ulotlari ishini qayd qilish jurnalini yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
V) To‘garak mashg‘ulotning rejasi, konspektini tuzish haqida.
S) To‘garak rahbarlariga o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar.
D) To‘garak jadvalini tuzish haqida.
E) Maktab hayotiga tadbik etish bo‘yicha tavsiyalar.
Maktab va maktabdan tashkari ta’lim muassasalarida To‘garak ishini tashkil etishdan asosiy maqsad, To‘garakka o‘quvchilarni jalb etishga, ularni qanday hislatlarini hisobga olish, To‘garakda o‘quvchining dunyoqarashini shakllantirish, o‘quvchining kasb-hunarga yunaltirishda kumaqlashish va ma’lum bir kasb-hunarni egallashiga fundament yaratish To‘garak ishini maqsadi bo‘lishi keraqligi haqida tinglovchilarga tulik tushuncha berish.
To‘garak ishini rejalashtirish
To‘garakda ishni yuqori saviyada ko‘rsatish uchun o‘z to‘garak faoliyatini har taraflama imkoniyatlarini hisobga olgan holda rejalashtiriladi. Ish rejasi mazmun jihatidan aniqlik kiritilgan holda tuzilishi kerak.
O‘quv, ommaviy, uslubiy reja, o‘quv yili uchun, yozgi ta’tilni hisobga olgan holda har yili guruhlarga alohida tuziladi, faqat parallel guruhlarga bittagacha yozilishi mumkin, reja bo‘lmagan holda guruh rahbari tomonidan tuziladi.
O‘zgarishlar kiritilgan reja, yangi yo‘nalishlardagi to‘garaklar rejasi, uslubiy kengash, metodbirlashmada muhokama etilib, direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Reja o‘quv yiliga tuzilganda shu o‘quv yilida qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, utgan o‘quv yilidagi to‘garak ishlarining natijalari, o‘quvchilar sonini hisobga olish kerak.
Rejadagi har bir mavzuda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hisobga olinadi. (25-30% nazariy mashg‘ulotlar) kiritilishi kerak, maktabdagi darsdan to‘garak mashg‘ulotining farqi shundaki, to‘garakda o‘quvchining shaxsiy qobiliyatini, talablarini hisobga olgan holda ularning faoliyati tashkil etiladi.
O‘quvchining ijobiy qobiliyati shakllanishi uchun rejaga quyidagi ijodiy fazilatlar kiritiladi: ko‘rik-tanlovlar, kasb himoyasi, ekskursiya, urush, mehnat veteranlari, yaxshi kasb egalari bilan uchrashuv, musobaqalar, ko‘rgazmada ishtirok etish va boshqalar.
To‘garak rahbari metodik ishni rejalashtirganda har xil konstruksiyalar tayanch maktablar bo‘yicha uslubiy ishlanmalar tayyorlashni texnik to‘garaklarga rahbarlik qilishni yosh texniklar uchun keraqli ma’ruzalarni tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar va boshqalar kiritiladi.

To‘garak mashg‘ulotlari ishini qayd qilish jurnalini


yuritish bo‘yicha tavsiyalar
1. To‘garak mashg‘ulotlari ishini qayd qilish jurnali davlat moliyaviy hisobot hujjati hisoblanadi va uni har bir to‘garak rahbari olib borish shart.
2. Bo‘lim mudiri va o‘quv tarbiyaviy ishlari direktori o‘rinbosari doimiy ravishda jurnalning to‘g‘ri olib borishlarini nazorat qilib turishlari shart.
3. To‘garak mashg‘ulotlari ishini qayd qilish jurnali bir o‘quv yiliga muljallangan bo‘lib, u har bir to‘garakda olib borilishi lozim.
4. Jurnaldagi yozuvlar aniq va muntazam olib borilishi kerak. Har mashg‘ulotdan sung albatta o‘quv bo‘limiga topshiriladi.
5. Jurnalning birinchi betida to‘garak rahbari olib boradigan to‘garak nomini, mashg‘ulot jadvalini, o‘zining ismi sharifini, otasining ismi, to‘garak boshlig‘ining to‘lik ismi sharifini yozib qo‘yadi.
6. Jadvaldagi o‘zgarishlar o‘quv ishlari bo‘yicha javobgar shaxs bilan kelishilgan holda jurnalning birinchi betida qayd qilinadi.
7. To‘garak ishini hisobga olish uchun o‘quv yilining har oyda alohida bet ajratilib, unda to‘garak tartibi (ismi sharifi tulik), mashg‘ulot mazmuni, to‘garak ishining bajarilgan soati va muddati jadvalga muvofik ko‘rsatiladi.
8. To‘garak rahbari a’zolarining davomatini jurnalda mashg‘ulotlarga ajratilgan kunlar va soatlar ustunida muntazam belgilab boradi va sababsiz kelmaganlarga (ayrim) belgi sababli kelmaganlarga qo‘shish belgisi qo‘yiladi.
9. To‘garak tashkil topgan ouning oxirida to‘garak rahbari to‘garak a’zolarining ro‘yxatini tuzadi va tegishli ustunlarini to‘ldiradi. Agarda to‘garak tarkibida o‘zgarish bo‘lsa, u holda ketgan to‘garak a’zolari familiyasi ro‘parasida «qatnashmaydi» deb belgilanadi yangi qabul qilinganlar «To‘garak a’zolari ro‘yxati»ga kiritilib, qabul qilingan muddati ko‘rsatiladi.
10. To‘garak rahbari to‘garak a’zolariga doimiy suratda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rsatma berib boradi va muvaffaqiyatli o‘zgarishlarni «ko‘rsatmadan o‘tgan to‘garak a’zolar ro‘yxati»ga kiritiladi.
11. O‘quv yili to‘garak jurnali to‘garak a’zolarining hisob varaqachasi va yillik hisobot bilan birga muassasa ma’muriyatiga topshiriladi.
12. To‘garak jurnali bir o‘quv yiliga moslashtirilgan va har bir to‘garakda olib borilishi lozim.

Mashg‘ulotning reja konspekti sana __________________________


To‘garak_____________________________________sana _______________


(nechanchi yil ukitilishi)
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
Mashg‘ulot mavzusi: _______________________________________________
____________________________________________________________________
Mashg‘ulot maqsadi: ______________________________________________
____________________________________________________________________
Tashkiliy qism: ___________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
Mashg‘ulotning nazariy qismi: ________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
Qo‘llanilgan adabiyot va texnik vositalar: ______________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________

Uyga vazifa: ____________________________________________________


____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
To‘garak rahbarlarining imzosi: __________________________________
____________________________________________________________________
________________________________________________________________

Ta`lim muassasida har yili ishlab chiqilgan va rektor buyrug`i bilan tasdiqlangan nizom asosida 8-dekabr Konsititutsiya kuni keng nishonlanadi. Bu erda mazkur bayram tantanalari nizomi ishlab chiqilib, tasdiqlangan tadbir asosida o`tkaziladi. Tadbirlar 8-dekabrgacha guruhlarda, bosqichlarda, fakul`tetlarda, yotoqxonalarda va institut miqyosida bo`lib o`tadi. Tadbirlardagi vazifalar fakul`tet jamoalariga bo`lib beriladi, bundan maqsad – barchani ushbu Bosh Qomusimiz Konstitusiya bilan takror yana bir bor tanishtirilib o‘z tanlagan yo‘limizni xalqqa etkazishdir.


Darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda: tanlovlar, klublar, badiiy havaskorlik, uchrashuvlar, bahslar, sport musobaqalari, davra suhbatlari, treninglar va h.k., usullari: ishontirish, namuna ko‘rsatish, o‘rganish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, illatlarga salbiy munosabat bildirish, munozaralar, kuzatish, trening, jamoaviy ijodiy faoliyat, “mafkuraviy vaziyat”, harakatli, taqlidli, rolli o‘yinlar va h.k.lardan samarali foydalanish lozim.
O‘qituvchi o‘quvchilarni sinfdan tashqari buladigan professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyalarida qatnashishlarini tashkil etishi yanada maqsadga muofiq bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni saylovlarda qatnashishini tashkil qilib o‘quvchi-talabalarga, Saylov huquqi butun dunyoda e’tirof etilgan eng muhim konstitutsiyaviy-siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, fuqarolarga davlat hokimiyati organlariga o‘z vakillarini yuborish imkoniyatini beradi. Fuqarolarning o‘z saylov huquqlarini hech to‘sqinliksiz amalga oshirishlari ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng muhim kafolatlaridan biri ekanligini tushintirib berishi lozim.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni Turli respublika va xalqaro anjumanlarda: ilmiy - amaliy, nazariy konferensiyalarda, seminarlarda ma’ruzalar bilan qatnashish larini ham tashkil etishi mumkin, bu ham sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar sirasiga kiradi albatta.
Sinfdan tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da’vat etish, ularning kitoblardan foydalanib o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni o‘rganishga o‘quvchi-talabalar jalb etish zarur. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Muzeylarga o‘quvchi-talabalarning tashrifini uyushtirib borish an’anaga aylanishi kerak.
Huquqiy joylarga sayohat o‘ziga xos ma’naviy-ma’rifiy ish uslubi bo‘lib, o‘quvchilarga o‘rganilayotgan ob’ektni bevosita ko‘rish, kuzatish va ular to‘g‘risida mukammal, to‘liq ma’lumotlar olish imkonini beradi. Bu dars afzalligining yana bir tomoni bo‘lib, o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida ilgarigi mavjud bilimlarini to‘ldirish uchun qiyoslash, tahlil qilish sharoitini yaratadi.
O‘quvchi-talabalar huquq faniga bevosita taaluqli bo‘lgan davlat idoralari, hususan : Oliy majlisga, Senatga, Vazirlar mahkamasiga, SHahar va Tuman Hokimiyatlariga Ekskursiyalar tashkil etishi va ekskursiya jarayonida O‘quvchi-talabalarga davlat organlari ularning faoliyati haqida tushunchalar berib borishi, Jumladan:
davlat organi — muayyan davlat — hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan, davlat tomonidan uning aniq, vazifa va funksiyalarini bajarishga safarbar etilgan hamda davlat belgilagan tartib asosida faoliyat ko‘rsatadigan fuqaro (shaxs) yoki fuqarolarning jamoasi (tu-zilmasi)dir.
Fan to`garaklarini tashkil etish misol uchun:
“Balli Huquqshunos”, “Siz qonunni bilasizmi”, “Konstitutsiya Bilimdonlari”, “Huquqiy savodxonlik” va boshqa shu kabi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2005 yil 5 iyuldagi «Maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini oshirish o‘quv yili yakunlari va rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida»gi buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruqda maktabdan tashqari ta’lim bobida katta nazariy va amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan kamchiliklar ham alohida qayd etilgan.
Jumladan, Respublika bo‘yicha maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni jalb etish 8,7 foiz ni tashkil etgan holda, bu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 6,3 foiz ni tashkil etganligi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida to‘garak mashg‘ulotlarida bolalar davomatining pastligi, sun’iy ravishda o‘quvchilar davomatini oshirib ko‘rsatish holatlari, Respublika maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish hamda joylarda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishda sustkashliklarga yo‘l qo‘yganligi qayd etilgan.
O‘zbekiston demografik xususiyatiga ko‘ra yoshlar mamlakati hisoblanadi. O‘zbekiston o‘z istiqbolini yoshlarda ko‘rishi sotsiolog olimlar oldiga ham ulkan vazifalarni qo‘yadiki, bu sharafli yumush jamiyatimizdagi muhim ijtimoiy qatlamning ijtimoiy qiyofasi, tavsifini, fe’li, orzu-niyatlari haqida doimo bohabarlikni ta’minlashdan tashqari ular faoliyatini optimallashtirish, ezgulikka yo‘naltirib turish, oxir oqibatda esa barkamol avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shishdan iboratdir. SHu bois yurtboshimiz «biz iste’dodli, fidoyi bolalarimizga, farzandlarimizga bilim va kasb cho‘qqilarini zabt etishi uchun qanot berishimiz kerak» degan edilar.
Ta’lim tizimidagi yangi milliy modelimiz jamiyatdagi potensial kuchlarni ro‘yobga chiqarishga mo‘ljallangan. Ta’lim jarayoniga davlatning katta e’tibori, ko‘plab sarmoyalar sarflanishi mamlakatimizda aholining yalpi komillik yo‘liga chiqib olganiga real shart-sharoitlar tug‘dirmoqda.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish