"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni (1992 yil 8 dekabr) tantanali tarzda nishonlash yuzasidan tavsiyalar



Download 2,39 Mb.
bet53/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni (1992 yil 8 dekabr) tantanali tarzda nishonlash yuzasidan tavsiyalar

1.Barcha ta’lim muassasalarida, malaka oshirish yo‘nalishidagi o‘quv kurslarida birinchi dars mashg‘uloti boshlanishi bilan, barcha vazirlik, qo‘mita, korporatsiya, konsern, uyushma, bank, kompaniya, birlashma, agentlik, markazlar, jamoat tashkilotlari, muassasa va korxonalarda 8 dekabrdan oldingi ish kunida ish boshlanishi bilan yig‘ilish o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun rasman nishonlanishi maqsadga muvofiq.


2.Majlis boshida O‘zbekisiton Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi, qatnashchilar, qonunga binoan, tik turib ommaviy tarzda unga jo‘r bo‘ladi.
3.Majlis raisi qisqacha kirish so‘zi so‘zlab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning nishonlanish maqsadida to‘planilganini aytadi, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan bir notiqqa so‘z beradi.
4. Notiq O‘zbekiston ,Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga qisqacha to‘xtaladi. Konstitutsiyaning mohiyatini, uning hayotimizda amal qilish tamoyillari mexanizmlarini tushuntiradi. Majlis ishtirokchilari sohasidan kelib chiqqan holda Konstitutsiyaning ayrim moddalarini o‘qib, sharhlab boradi. Ilg‘or davlatlar konstitutsiyalari bilan qiyoslashlar qiladi.
5. Tadbir tantanavor ruhda, odamlarning siyosiy ongini o‘stiradigan, shunindek, ularda qonunga itoat qilish hissini uyg‘otish ruhida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.


4. 21 mart – Navro‘z bayramini tantanali tarzda nishonlash yuzasidan tavsiyalari
An’analar, urf – odatlar, rasm – rusmlar insoniyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Ular hayotiy zarurat tufayli paydo bo‘lgan va xalqlarning turmush tarzi, ruhiyati, ma’naviy dunyosi, orzu – istaklarini ifoda etib, jamiyatning ma’naviy – axloqiy rivojlanishiga katta ta’sir qilgan. An’analar mazmunan har bir millatni, xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikka, yaxshilikka chorlaydi. Ular davr talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib boradi. Ba’zi bir an’analar o‘zining ijobiy ta’siriga, umrboqiylikiga ko‘ra ma’naviy qadriyat darajasiga ko‘tariladi.
sharq xalqlarining ana shunday umrboqiy ma’naviy qadriyatlaridan biri Navro‘z. Bu bayram bir necha ming yillik tarixga ega.
Navro‘z – juda qadimiy bayram. Uning qadimiy va navqiron ayyom ekanligini buyuk mutafakkir allomalarimiz o‘z asarlarida asoslab bergan.
Darhaqiqat, A.R.Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Umar Xayyomning «Navro‘znoma», A.Firdavsiuning «SHohnoma», Xoja Ali Termiziuning «Navro‘znoma», A.Navoiuning «Tarixi mulki Ajam» asarlari Navro‘z va uning paydo bo‘lish tarixi, u bilan bog‘liq urf – odatlar, rasm – rusmlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli manbalar hisoblanadi.
Navro‘z hamma davrlarda tabiat va jamiyatning uyg‘onish, yashnash va yasharish bayrami. YAngi yil, muchal va dehqon mehnati boshlanadigan kun sifatida shodu xurramlik bilan nishonlanib kelingan. Xalqning axloqiy - ma’naviy qadriyatlari mujassam bo‘lgan, ezgu niyatlar bilan tantana qilinadigan insonparvalik, baxt va bahor bayrami Navro‘z qancha – qancha zamon bo‘hronlaridan omon o‘tdi. Vatanimiz mustaqilligidan so‘ng Navro‘z umumxalq bayrami sifatida keng nishonlana boshladi.
Navro‘z – mehr – muruvvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Barcha zamonlarlda Navro‘z orqali xalqning ma’naviy dunyosi namoyish etilgan, turmush tarzi, orzu – umidlari, go‘zallikka, nafosatga bo‘lgan munosabatlari ifodalangan. Ushbu xosiyatli bayramni nishonlashning o‘ziga xos tomonlari mavjud va ular davr o‘tishi bilan mazmunan boyib, takomillashib kelmoqda.
Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakatlararo urush – janjallar to‘xtatilgan, ota – ona, qarindosh – urug‘lar, kasalmandlar sovg‘a – salom bilan yo‘qlangan, yangi kiyimlar kiyilgan, turli – tuman Navro‘z taomlari tayyorlangan, uy, hovli, ko‘chalar supurilib – sidirilgan, katta – katta maydonlarda sayillar, o‘yin – kulgu, askiyabozlik, qo‘chqor, xo‘roz urishtirish, kurash, ko‘pkari o‘tkazilgan, teatr namoyishlari tashkil etilgan. Odamlar bir – birlarinikiga mehmondorchilikka borishgan, shox moylash marosimlari nishonlangan.
Xullas, Navro‘z bayrami milliy umumxalq bayrami sifatida juda katta tayyorgarlik va shodu xurramlik bilan o‘tkazib kelingan. Uning mazmunida kim Navro‘zni shodu xurramlik bilan ko‘tib olsa va o‘tkazsa, kelgusi yili Navro‘z kelguncha uning hayoti xursandchiliklarga boy bo‘ladi, degan g‘oya yotadi.
Navro‘z – mehnat bayrami. Bu kun dehqon er chopib, ekin ekib, dehqonchilik faoliyatini boshlaydi.
Navro‘z – mehr – oqibat, insonparvarlik bayrami. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi, keksa, nogiron, yolg‘iz qariyalar, ota onalar yo‘qlanadi, bayram dasturxoni yozilib, mehmon kutilib, kishilar bir – birlariga sovg‘a – salom ulashib, shirinliklar hadya etishadi.
Navro‘z – muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Bu bayram munosabati bilan nikoh to‘ylar o‘tkazilgan, yigit – qizlar bir – birlari bilan ahdu paymon qilishgan, gullar hadya etishgan. Yangi tushgan kelin qo‘lidan choy ichish maqsadida «kelin ko‘rdi» ga borilgan.
Navro‘z – do‘stlik, birodarlik bayrami. U nafaqat sharq xalqlari bayrami, balki millati, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, undan barcha manfaatdor bo‘ladi.
O‘zbek – qadim – qadimdan tinchliksevar xalq. U barcha davrlarda xalqlar, millatlarning o‘zaro tinch – totuv, osoyishta, do‘st – birodar bo‘lib yashashlarining tarafdori bo‘lib kelgan. shuning uchun ham bu bayram bizda umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.
Navro‘z yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash vositasi bo‘lib, u o‘ziga xos tarbiya maktabi. Navro‘z – xotin qizlarga alohida ko‘rk beruvchi bayram. Ular bayram munosabati bilan qo‘llariga xina, qoshlariga o‘sma qo‘yadi. Arg‘imchoqda uchishib, gurung qiladi.
Navro‘z – tansihatlik bayrami. Chunki bayram dasturxoni, taomlar inson uchun shifo manbaidir. Navro‘z munosabati bilan insonlar bir – birlariga baxt – saodat, sog‘lik – salomatlik, oilasiga fayzu baraka, el – yurtiga tinchlik, osoyishtalik tilaydi, keyingi Navro‘z bayramigacha barchaning sog‘ – omon etib borishini yilning to‘y – tomoshalariga boy bo‘lishini niyat qiladi va shunga intilib yashaydi.
Aunan shu Navro‘z qadriyatlari mustaqillik yillarida qaytadan tiklandi, mazmunan boyitildi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish