"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor


yanvar – Vatan himoyachilari kunini tarixiy sana sifatida mamlakatimizda keng nishonlash bo‘yicha Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining tavsiyalari



Download 2,39 Mb.
bet56/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

14 yanvar – Vatan himoyachilari kunini tarixiy sana sifatida mamlakatimizda keng nishonlash bo‘yicha Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining tavsiyalari:

  • Mustaqillik yillarida joriy etilgan bayramlarning mazmun – mohiyatini keng xalq ommasi orasida targ‘ib va tashviq etish.

  • Ommaviy axborot vositalari xodimlari, ma’naviyat va ma’rifat fidoyilarining Vatan himoyachilari kuni erkin va ozod xalqning Yangi, muqaddas bayrami ekanini ta’sirchan vositalar orqali targ‘ib – tashviq etishiga erishishi.

  • Qurolli kuchlarimizning tamal toshini qo‘ygan insonlar, Vatan ozodligi va milliy mutaqillik uchun jon fido etgan vatanparvarlar, chegaralarimiz daxlsizligini himoya qilishda ishtirok etgan milliy qahramonlarimiz to‘g‘risida ommabop risolalar, bukletlar, maqolalar chop etish, matbuot nashrlari, radio va televidenieda ruknlar tashkil etish.

  • «qurolli kuchlarimiz – mustaqilligimiz kafolati» mavzuida ko‘rgazmali ( audio, video, kino va maxsulotlar, plakatlar, tasviriy san’at namunalaridan unumli foydalangan holda) targ‘ibot ishlarini tashkil etish .

  • Odamlar ong – tafakko‘rini sovet bayramlarining inersiyasi ta’siridan muhofaza qilish chora – tadbirlarini qurish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kunni


(1992 yil iyul) munosib nishonlash to‘g‘risida tavsiyalar
1.Yilning 2 iyuli kuni ertalab o‘quv ishlari davom etayotgan (ta’til boshlanmagan) barcha ta’lim muassasalarida, bolalar oromgohlarida, malaka oshirish yo‘nalishidagi o‘quv kurslarida birinchi dars mashg‘uloti boshlanishi bilan, barcha vazirlik, qo‘mita, korporatsiya, konsern, uyushma, bank, kompaniya, birlashma, agentlik, markazlar, jamoat tashkilotlari, har qanday muassasa va korxonada yig‘ilish o‘tkazib, Davlat gerbi qabul qilingan kun rasman nishonlanadi.
2.Majlis boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi, qatnashchilar qonunga binoan, tik turib ommaviy tarzda unga jo‘r bo‘ladi.
3. Majlis ochiladi, Davlat gerbi qabul qilingan kunni nishonlash maqsadida to‘planilgani aytiladi, maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan notiqqa so‘z beriladi.
4.Notiq davlat gerbi qabul qilinishi tarixiga qisqacha to‘xtaladi, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida» gi qonuni mohiyatini tushuntiradi, uning muhim moddalarini o‘qib sharhlab beradi.
5. Tadbir o‘tkazilayotgan zal yo maydonda, albatta, Davlat gerbining tasviri bo‘lishi shart. Tushuntirishlar bevosita gerb misolida – ko‘rgazmali asosda olib borilishi lozim.
6. Tadbirni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida tayyorlanib, 2002 yil «Ma’naviyat» nashryotida chop etilgan S.Olim, SH.Jumaevning, «Davlatimiz ramzlari» risolasidan foydalanish tavsiya etiladi.
7. Tadbir «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonunning 8 – moddasida qayd etilgan: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart» degan tamoyilga amal qilgan holda, odamlarning siyosiy ongini o‘stiradigan, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini jo‘sh urdiradigan ohangda o‘tkazilishi zarur.

3. «Davlat tili haqida» gi qonun qabul qilingan kunni


(1989 yil 21 oktyabar) nishonlash yuzasidan tavsiyalari
1.Barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, birlashmalar, banklar va ishlab chiqarish korxonalari « Davlat tili haqida» gi qonun qabul qilingan kunni nishonlashni 21 oktyabrdan oldinroq boshlash kerak. Bu kunni nishonlash kamida o‘n kun mobaunida joylarda har turli ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar majmui tarzida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
2.Bu tadbirlarda «Davlat tili haqida» gi qonunning qabul qilinishi jarayoni, uning amalda mamlakat mustaqilligi sari tashlangan muhim va jiddiy qadam ekani yoritilishi, o‘tgan yillardagi tajribalar umumlashtirilishi, qonun qabul qilinganidan buyon, xususan, mustaqillik yillarida davlat tilining mavqei nihoyat darajada oshgani, bu tilda davlat siyosati olib borilayotgani ko‘plab yorqin misollar bilan tushuntirib beriladi.
3. «Davlat tili haqida»gi qonunning amalda faqat o‘zbek tilining emas, mamlakatimizda yashayotgan boshqa millat va elatlar tillarining emin – erkin rivojlanishi uchun yo‘l ochgani alohida ta’kidlash shart. Masalan, hozirgi paytda O‘zbekistonda o‘zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari, rus, qozoq, tojik va turkman tillarida ta’lim beradigan maktablar ishlab turibdi va ularga darsliklar ham mamlakatimizning o‘zida chiqarilyapti. Rus, tojik va qozoq tillarida gazetalar ham chop etiladi. Rus, tojik, qozoq, qrim – tatar, uyg‘ur tillarida radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar olib boriladi. Mamlakatimizda Baunalmilal madaniyat markazi ishlab turibdi. Unga bir necha milliy madaniy markazlar uyushgan. Bu markazlar atrofida birikkan millat va elatlar o‘z milliy madaniyatlari rivoji uchun harakat qilib kelyapti, ular o‘z tillarida bayramlar, turli tadbirlar, to‘y – tantanalar o‘tkazadi, o‘z tillarida qo‘shiqlar qo‘ylaydi.
4.Joylarda davlat tiliga munosabat, bu boradagi muammolar, savodxonlikni oshirishga xizmat qiladigan say – harakatlarning samarasi va ahamiyati haqida so‘zlab berish.
5. 1995 yil dekabrida «Davlat tili haqida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Buning zarurati va ahamiyatini tushuntirish lozim. Lotin yozuviga asoslangan Yangi alifbomizning ustunlik va fazilatlarini, o‘ziga xos jihatlarini yoritish, Yangi alifboni o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni izchil tahlil qilib, odamlarni uni tezroq o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otish zarur ( uslubiy material sifatida S. Olimning «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» «Mohiyat» gazetalarining 2001 yil 21 oktyabr sanalarida bosilgan. «Biz nega lotinga o‘tyapmiz?» maqolasidan foydalanish mumkin)
6. Bu bayramni nishonlash tadbirlarida tilimiz ustalari – qalam ahli, aktyorlar, qiziqchilar, hofizlar, o‘zbek tili va adabiyoti muallimlari va boshqalarning faol ishtirokiga erishish shart.
7. Davlat tili muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlarda turli korxona va tashkilotlar mutasaddilarining ishxonada davlat tilini joriy etish, bu bilan bog‘liq muammolarni echish bo‘yicha to‘plangan tajribalaridan so‘zlab berishi foydadan holi emas.
8. Tadbirlarda o‘zbek tilida yaratilgan eng sara asarlarning ifodali ijrosi, sahna ko‘rinishlari, chiroyli qo‘shiqlar qo‘ylanishiga erishish kerak.
9. Tadbir tahlilga boy tarzda, davlat tiliga mehr uyg‘otadigan darajada o‘tib, qatnashchilarda o‘zbek tilini o‘rganishga ishtiyoqni kuchaytirishga xizmat qilishi zarur.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni
(1991 yil 18 noyabr) tantanali tarzda nishonlash yuzasidan tavsiyalari

Davlat ramzlari qabul qilingan kunlarni ommaviy ravishda nishonlashimiz kerak.


Davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kunni tantanali, ommaviy tarzda nishonlash yuzasidan tavsiyalarimiz:
1.Yilning 18 noyabri kuni ertalab barcha ta’lim muassasalarida, malaka oshirish yo‘nalishidagi o‘quv kurslarida birinchi dars mashg‘uloti boshlanishida, barcha vazirlik, qo‘mita, korporatsiya, konsern, uyushma, bank, kompaniya, birlashma, agentlik, markazlar, jamoat tashkilotlari, har qanday muassasa va korxonada ish boshlanishi bilan yig‘ilish o‘tkazilib, Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni tantanali nishonlashda ommaviylikka alohida e’tibor berishimiz lozim.
2. Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi, qatnashchilar qonunga binoan, tik turib ommaviy tarzda unga jo‘r bo‘ladi.
3. Tadbir boshlovchisi qisqacha kirish so‘zi so‘zlab, Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni nishonlash maqsadida to‘planilganini aytadi, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan bir notiqqa so‘z beradi.
4. Notiq Davlat bayrog‘i qabul qilinishi tarixiga qisqacha to‘xtaladi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida» gi qonun mohiyatini tushuntiradi, uning muhim moddalarini o‘qib, sharhlab beradi. (Notiq uchun namunaviy nutq matni ilova qilinadi).
5. Tadbir o‘tkazilayotgan zal yoki maydonda, albatta, Davlat bayrog‘i bo‘lishi shart. Tushuntirishlar bevosta bayroq misolida – ko‘rgazmali asosda olib borilishi lozim.
6. Tadbirni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida tayyorlanib, 2002 yili «Ma’naviyat» nashriyotida chop etilgan S.Olim, SH.Jumaevning «Davlatimiz ramzlari» risolasidan foydalanish tavsiya etiladi.
7. Tadbir «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonunning 13 – moddasida qayd etilgan «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shar», - degan tamoyilga amal qilgan holda, odamlarning siyosiy ongini o‘stiradigan, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini jo‘sh urdiradigan ohangda o‘tkazilishi zarur.
Davlat bayrog‘ini amaldagi qonunlar asosida to‘g‘ri o‘rnatish yo‘lida tavsiyalarimiz quyidagilardan iborat:

  • binolarning peshtoqlarida bayroqni to‘g‘ri o‘rnatish, quyosh nuri, yomg‘ir, chang – to‘zondan rangi o‘chib, eskirib qolgan bayroq xalqimiznin ruhiyatini, kayfiyatiga mos kelmasligini hisobga olib, ko‘p ishlatilgan bayroqni Yangilab turish;

  • xizmat xonalarda (kabinetlarda) o‘rnatilayotganda maxsus moslama taglikda rahbarning chap tomonidan tik holda turishiga erishish:

  • binolarning asosiy kirish joylarida ko‘tarilganda bayroqning dastasini binoning old tomoniga nisbatan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan darajada ko‘tarish;

  • ochiq maydonda o‘rnatilayotgan bayroqning matosi erdan kamida 2,5 metr balandlikda bo‘lishiga erishish;

  • binolarning old tomonida (ochiq maydonda) boshqa davlatlarning bayroqlari bilan o‘rnatilganda, O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘ini (binoning old tomoniga qarab turganda) o‘ng tomondan alohida, boshqa davlatlarning bayroqlari chap tomondan Yangi o‘zbek alifbosidagi tartib asosida, bir xil balandlikda joylashtirish;

  • bayroqning tasviri tushirilayotganda yoki chizilayotganda qonunda belgilangan sxematik va rangli qat’iy amal qilish;

  • bayroq yoki ramz va timsollar tasnifi targ‘ibida, uni qabul qilingan tasnif asosida to‘g‘ri talqin etish;

  • xonalar, sinf xonalari, majlis zallari, «Ma’naviyat maskani» da Davlat ramzlari o‘rnatilayotganda hamisha old tomonda o‘rnatilishi maqsadga muvofiq.

5.O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunni


(1992 yil 10 dekabr) tantanali tarzda nishonlash yuzasidan
tavsiyalari
1. Yilning 10 dekabr kuni ertalab barcha ta’lim muassasalarida, malaka oshirish yo‘nalishidagi o‘quv kurslarida birinchi dars mashg‘uloti boshlanishi bilan, barcha vazirlik, qo‘mita, korporatsiya, konsern, uyushma, bank, kompaniya, birlashma, agentlik, markazlar, jamoat tashkilotlari, muassasa va korxonada ish boshlanishi bilan yig‘ilish o‘tkazilib, Davlat madhiyasi qabul qilingan kun rasman nishonlanishi maqsadga muvofiq.
2. Majlis boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi, qatnashchilar, qonunga binoan, tik turib ommaviy tarzda unga jo‘r bo‘ladi.
3. Majlis raisi qisqacha kirish so‘zi so‘zlab, Davlat madhiyasi qabul qilingan kunni nishonlash maqsadida to‘planganini aytadi, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan bir notiqqa so‘z beradi.
4. Notiq Davlat madhiyasi qabul qilinishi tarixiga qisqacha to‘xtaladi, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonuni mohiyatini tushuntiradi, uning muhim – muhim moddalarini o‘qib, sharhlab beradi, madhiya mualliflari haqida to‘liq ma’lumot beradi, madhiya matnini misrama – misra tahlil etadi (Notiq uchun namunaviy nutq matni – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Fan, talim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida tayyorlanib, 2002 yili «Ma’naviyat» nashriyotida chop etilgan S.Olim, SH.Jumaevning «Davlat ramzlari» risolasidagi davlatimiz madhiyasi tahlil etilgan bobda o‘z aksini topgan).
5. Tadbir o‘tkazilayotgan zal yo maydonda, albatta, Davlat madhiyasining plakatdagi matni bo‘lishi shart. Tushuntirishlar bevosita madhiya matni misolida – ko‘rgazmali asosda olib borilishi lozim.
6. Tadbir tantanavor ruhda, odamlarning siyosiy ongini o‘stiradigan, ular Vatanga muhabbat tuyg‘ularini jo‘sh urdiradigan ohangda o‘tkazilishi zarur.



Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish