Navro‘zni nishonlash bo‘yicha tavsiyalart:
1.Navro‘z bayrami har yili 19 - martdan boshlab, 1- appelgacha nishonlanishi maqsadga muvofiq. Bu bayram avvaldan mahalla miqyosida nishonlanib kelingan. shuning uchun bu bayramni mahalla miqyosida nishonlash o‘rinli.
2.Bayramni nishonlash uchun shahar sharoitida zamonaviy usulda qurilgan keng, muhtasham bino yoki sport saroylari, qishloq joylarda esa keng adirlik tanlangani ma’qul. Bayram dasturxoni tuzatiladi. Bu dasturxonga odamlar o‘z uylaridan pishirib kelgan bahoriy taomlar, pishiriqlar, sumalak va halim tortilishi maqsadga muvofiq.
3. Turli xalq o‘yinlari: kurash, ko‘pkari, chillak, shuningdek, zamonaviy sport musobaqalari ham tashkil qilinishi mumkin. Sportning zamonaviy turlaridan futbol, voleybol, shaxmat, shashka bo‘yicha musobaqalar uyushtirish shular jumlasidan.
4. Xalq hayotidan olingan turli teatrlashgan sahnalar namoyish etish. Bunda laparlar, folklor ijodiyotdan namunalar ijro etish kerak. Bunday sahnalarda Dehqon bobo obrazi ishtirok etishi maqsadga muvofiq.
5. Bayramni nishonlashda ommaviylikka e’tibor berish, beva – bechoralar, nogironlar, qariyalar holidan xabar olish alohida kasb etadi.
5. 9 - may – “Xotira va qadrlash kuni” ni nishonlash
yuzasidan tavsiyalar
«Biz g‘alabaga shonli hissa qo‘shib insoniyatni fashizm balosidan xalos etish yo‘lida jonini qurbon qilgan ota – bobolarimizning muqaddas xotiralari oldida bosh egib ta’zim qilamiz»
Islom Karimov
Xalqimiz qadim – qadimdan o‘tgan avlodlarni munosib xotirlab kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 9 martdagi Farmoyishiga binoan 9 may «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Vatan va xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida» gi qarori e’lon qilindi.
Ajdodlarimiz azal – azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini eslab, qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab, atrofiga tol, terak, guli rayhonlar ekan, yaxshi fazilatlarni xotirlashgan. Islom kirib kelishi bilan «Qurbon hayiti», «Ramazon hayiti» arafalarida marhumlar eslanib, ularning ruhiga duo fotiha o‘qilgan, tong bilan qabristonga borilib, qarindosh – urug‘ esga olingan.
Uzoq muddat sobiq sobiq mustabid tuzum davrida bunday marosimlar qoralab kelindi. Istiqlol yillarida ular qayta tiklandi. Endilikda o‘tgan ajdodlarimizni xotirlash va mo‘tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo‘yishda «Xotira va qadrlash kuni»ning nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda.
«Xotira va qadrlash kuni» o‘z mohiiyati bilan boshqa bayram va an’analarimizdan farq qiladi. U olamdan o‘tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaunida Vatan uchun kurashda halok bo‘lganlar xotirasini hurmatlash hamdir.
Hozir yurtimizda «Xotira va qadrlash kuni» ni nishonlash borasida talay yahshi ishlar qilinmoqda. «Xotira va qadrlash kuni» ajdod – avlodlarni bir – biri bilan bog‘lash, yurtdoshlarimizda mehr – shavqat, muruvvat, o‘zligini anglash, hayotning qadriga etish hissini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etaveradi.
Ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash borasidagi ana shunday olijanob ishlarga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligidagi Toshkent shahri markazida barpo qilingan «Xotira maydoni», Bo‘zsuv kanali bo‘yida bunyod etilgan «shahidlar xotirasi » yodgorlik majmui yaqqol misol bo‘la oladi.
Har bir xonadon, mahalla, tuman, viloyatda hurmat – ezozga munosib kishilar ko‘p o‘tgan. Ba’zilarini keyingi avlod eslamaydi, bilmaydi. Binobarin, faqat mashhurlarni emas, nomsiz nishonsiz ketgan oddiy kishilarning ham nomini tiklash hozirgi darvrda har bir maktab, mahallaning vazifasidir. shuningdek, mash’um urushda halok bo‘lgan bobolarimiz va otalarimiz, urushdan omon qaytgan va kundan – kun siyraklashib borayotgan fahriylarning, mamlakat ichkarisida mehnat qilgan tabarruk qariyalarimizning holidan habar olib turish yosh avlod zimmasidagi farz va qarzdir. Toki, Xotira va qadrlash kuni bu – ajdod – avlodlarning o‘zaro bog‘liqlik rishtasini mustahkamlaydigan an’anaviy qadriyatlarimizga aylansin.
Bu bayramni quyidagi tarzda nishonlagan ma’qul:
1.«Xotira va qadrlash kuni» ham mahalla, barcha vazirliklar, Davlat qo‘mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar miqyosida nishonlanishi kerak.
2.Mahalla hududidagi o‘quv maskanlarida yoki mahalla guzarlarida urush va mehnat faxriylari hamda yoshlar o‘rtasidagi uchrashuvlar, davra suhbatlari uyushtirilishi kerak.
3.Mahalla fuqarolari yig‘inlari faollari ishtirokida mahalla hududidagi nogironlar, yolg‘iz qariyalar holidan habar olinishini tashkil etish kerak.
4.Mahalla yoshlarining xotira hiyobonlariga ziyoratlarini uyushtirish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |