NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI
“Texnologik jarayonlarni identifikatsiyalash va modellashtirish” fanidan
Mustqil ish
Mavzu: Neftni qazib olish texnologik jarayonini matematik modelini tuzish.
Bajardi: 7b-17 TJA guruhi talabasi Yarashov Shoxrux
Tekshirdi: Boybo’tayev S
Neftlardagi gaz miqdori S ma’lum miqdordagi erigan gazning Vg qatlam sharoitidagi neft hajmi birligida Vqn mavjudligiga tushuniladi: 56 S= V / Vqn Aksariyat gaz miqdori m 3 /m 3 yoki m 3 /t kg’rinishida g’lchanadi. Bir hajm qatlam sharoitidagi neftda maksimal darajada erigan gazni - uning eruvchanligi deyiladi. Gazning neftdaga miqdori uning eruvchanligiga teng va undan kam bg’lishi mumkin. Bu xususiyatni qatlam sharoitidagi namunani laboratoriya sharoitida tadqiq qilish yuli bilan aniqlanadi. Gaznnng qatlam sharoitida eruvchanligi 300-500 m 3 /m 3 gacha borishi mumkin, aksariyat uning kg’rsatkichi 30-100 m 3 /m 3 atrofida bo’ladi. Lekin kg’pchilik konlarda erigan gaz miqdori 8-10 m 3 /m 3 ngi tashkil qilgan hollar ham uchraydi. Gaz omili deb (G) 1m 3 (t) gazsizlangan neftdan olingan gaz miqdoriga aytiladi. Uni yg’ldosh gazning ma’lum vaqt ichida olingan neftdan ajratib olish yg’li bilan aniqlanadi. Uyumni qazib chiqarishning dastlabki bir oyi davomidagi gaz omili dastlabki gaz omili deb ataladi. Ishlatish jarayonidagi annqlangan kg’rsatkich joriy gaz omili deyiladi va aniq vaqtga mansub qilib belgilanadi. Gaz omili neftda erigan gaz miqdoriga bog’liq bg’lib, u juda keng kg’lamda kg’rsatkichga ega, chunonchn YAreg konida u 1-2m 3 /t ga va Starogroznenskoe konida esa 465 m 3 /t ga tengligi tasdiqlangan. Qatlamni qazib chiqarish jarayonida gaz ajralish kuzatilmasa gaz omilining neftdagi gaz miqdoridan kamligini kg’rsatadi. Qatlam sharoitidagi neftdan gaz ajrala boshlagan bosim tg’yinishlik bosimi (yoki bug’ hosil bg’lishining boshlanishi) deb ataladi. Bu kg’rsatkich uyumdagi neft va gaz hajmining nisbatiga, ularning tarkibiga va qatlam haroratiga bog’liqdir. Tabiatda tg’yinishlik bosimi qatlam bosimiga teng yoki undan kichik bg’lishi mumkin, bunda birinchi holatda neft gazga tg’yingan, keyingisida esa etarli tg’yinmagan bg’ladi. Tg’yinganlik bosimi bilan qatlam bosimi orasidagi farq MPaning ulushidan tortib, g’nlab MPani tashkil etishi mumkin. Qatlamning har xil qismidan olingan namunada tg’yinganlik bosimi har xil bg’lishi mumkin, chunonchi Tuymazin konida uning kg’rsatkichi 8-9,4 MPa ni tashkil etgan. Bunday farqning mavjudligiga har xil sharoit va kollektorlarning hamda qoldiq suvning ta’siri bg’lishi mumkin
Neftning siqiluvchanligi - unga xos bo’lgan elastiklik tufaylidir. Siqiluvchalik koeffitsienti quyidaga kg’rinishga ega:
ssiqlikdan kengayish koeffitsienti 1°S orasida dastlabki hajmning qg’shimcha ortishiga aytiladi
Bu kg’rsatkichlardan zahiralarni hisoblashda foydalani-ladi. Bu kg’rsatkich va u bilan birga qatlam sharoitidagi gazning hajmiy koeffitsienti neft beruvchanlik koeffitsien-tini hisoblash formulalariga ham kiradi. Neft hajmining kichrayishi ν
Neftning zahiralarini hisoblagan vaqtda qatlam sharoitidagi hajmni standart sharoitaga keltirish uchun hajmiy koeffitsientning teskarisi bg’lgan qayta hisoblash koeffitsienti ishlatiladi.
Neft konlarida quriladigan uzatkich quvurlari quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
1) bajaradigan ishiga qarab - neft o’tkazuvchi, gaz o’tkazuvchi, neftgaz o’tkazuvchi va suv o’tkazuvchi;
2) suyuqlikning harakatlanish tavsifiga muvofiq - neft, gaz va suv birgalikda va alohida harakatlanadigan;
3) tazyiq tavsifiga muvofiq-tazyiqli va tazyiqsiz;
4) ishchi bosim kattaligiga muvofiq – yuqori - 6,4 MPa, o‟rtacha - 1,6 MPa va past - 0,6 MPa bosimli;
5) joylashish usuliga muvofiq - yer osti, yer usti, osma va suv osti;
6) vazifasiga muvofiq - tashlama quvurlar, neft, gaz va suv kollektorlari va neft mahsulotlari o’tkazgichi;
7) gidravlik hisoblash sxemasiga muvofiq.
Bulardan tashqari, barcha quvur o’tkazgichlari tazyiq tavsifiga muvofiq quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) quvurning kesimi suyuqlik bilan to’liq egallangan quvur o’tkazgichlar (bosimi);
2) to’liq egallanmagan quvur o’tkazkichlar (bosimi).
Kondagi uzatgich quvurlarning barcha turlarini, ulardan bir fazali suyuqliklar harakatlangandagi gidravlik hisobi quvur diametri, boshlang’ich bosimi va o’tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlashdan iborat bo’lib, umumiy gidravlikadan ma’lum bo’lgan ifodalar orqali aniqlanadi. Yumaloq kesimli quvur uzunligida ishqalanish tufayli yo’qotilgan tazyiq Darsi Veysbax tenglamasiga muvofiq aniqlanadi:
Yoki
bu yerda: h ishqalanishga- tazyiqda yo’qotilishi, m; r - tazyiq yo’qotishi, n/m 2 ; l - quvur o’tkazgichining uzunligi, m; d - quvur o’tkazgichning diametri, m; - 70 xaydalayotgan suyuqlikning zichligi kg/m 3 ; - suyuklikning o’rtacha harakat tezligi, m/s;
- gidravlik qarshilik koeffitsienti, bo’lib, ko’p hollarda Reynol’ds soni va quvur devorining nisbiy g‟adir-budurligiga bog’liq.
Yoki
bu yerda: e - quvurning mutlaq g’adir-budurligi, sm; d - quvurning diametri, sm. Oddiy tazyiqli quvur o’tkazgichlarini hisoblashda quyidagi kattaliklarni aniqlash kerak bo’ladi: 1) quvurning o’tkazuvchanlik qobiliyati Q ni quvurning boshlanishi va tugallanishidagi geometrik balandliklarining farqi Z=Z1-Z2, bosimning yo’qotilishi R=R1-R2, quvurning uzunligi l, uning diametri d, haydalayotgan suyuqlikning zichligi s va qovushqoqligi s ; 2) oxirgi bosim R2, quvur o’tkazgichning uzunligi l, diametri d, geometrik balandlik farqi Z, hajmiy sarfi Q, suyuqlikning zichligi s va uning qovushqoqligi s ma’lum bo’gan holda kerakli boshlang’ich bosimi; 3) S, P, L, s , s ma’lum bo’lganda suyuqlikning Q miqdorda mahsulot o’tkaza oluvchi quvur o’tkazgichning diametri. Buning uchun biror kattalikka turli qiymatlar berib, shunga mos holda boshqalari hisoblanadi. Izlanayotgan kattalikning kerakli qiymatini hisoblash natijalariga muvofiq chizilgan chizma-grafik orqali muvofiq topiladi. Quvur o’tkazkichlarda neft va gaz, neft, gaz va suvning birgalikda harakatining gidravlik hisobi etarlicha murakkab bo’lib, bunda hisoblash usullari qisman taqribiy tusga ega. Bunday quvur o’tkazgichlarni hisoblash usullarini mos topshiriqlarda ko’rib chiqamiz.
Zamonoviy texnologiyalarni qo’llash asosida yo„ldosh neft gaz mahsulotlari tarkibidan eng so’nggi xom ashyoni ajratib olinadi va undan gaz turbinali elektr stansiyalarida elektr energiyasini olishda yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Asosiy istiqbolli yo„nalish kichik gabaritli qurilmalardan foydalanib, yo„ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish orqali mash’alalarni uchirish va gazsimon metan yoqilg’isini, barqaror gaz benzinini va propan-butan fraksiyasining suyuq aralashmasini to’g’ridan-to’g’ri olishning imkoniyati mavjud.
Jihozlarning majmuasi keng diapazonli tasnifga ega bo„lib, blokli-modul jamlanmasiga egadir. Qurilma avtomatik boshqaruv tizimi bilan jihozlangan, konstruksiyasi sodda tuzilishga ega, avtomatik boshqaruv uning yutug’i hisoblanadi. Jihozlar oson tashiladi va ishlatish joyiga ishonchli montaj qilinadi hamda ishga qo’shish va tushirish ishlari kam xarajatni talab qiladi. Jihozlarning blok-modulli jamlanmasining asosiy afzalligi katta bo’lmagan quduqlardagi yo’ldosh neft gazlarni utilizatsiya qiladi. Belgilangan konlar to’liq ishlatib bo’lingandan keyin jihozlarni boshqa konlarga ko’chirish mumkin. Qurish ishlariga past ko’rsatgichdagi energiya sarflanadi va hozirgi vaqtda eng samarali hisoblanadi. Jihozlarning massasi, gabarit o„lchamlari, iste’mol elektr quvvati, narxi, tayyorlash va montaj qilishga sarflanadigan vaqt aniq belgilangan konlardagi gazning parametrlariga bog’liq bo’ladi.
Keng fraksiyali yengil uglevodorodlar tarkibidan ajratib olingan quruq gazdan elektr energiyasini olishda foydalanish uchun gaz generatorlarga yo’naltiriladi hamda neft konlarida belgilangan iste’mol talablar uchun ishlatiladi va yaqin joylashgan sanoat obektlariga hamda aholi punktlariga beriladi. Mash’ala gazlarini tijorat utilizatsiya qilishning samarali texnologiyasini amalga oshirish uchun uzoq masofada joylashgan kichik neft va gaz konlaridan olinadigan mash’ala gazlari bir joyga to„planadi va yengil uglevodorodlar keng fraksiyalarga (KFYEU) ajratiladi va kichik tonnajli gazni qayta ishlovchi qurilmalarga uzatiladi. Bu qurilmalar orqali ajratib olingan fraksiyalar tashish uchun yuklash-tushirish qurilmalari bilan ta’minlanadi va treylerga yuklanadi hamda temir yo’l transporti orqali qayta ishlashga yoki iste’molchilarga yetkazib beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
A.V.MAVLONOV “NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI” darslik TOSHKENT – 2004
N.N.Maxmudov, T.R.Yuldashev, B.Sh.Akramov, M.A.Tursunov “Kоnlаrda neft, gаz, suvni yig’ish va tayyorlash texnologiyasi” Toshkent-2014
Do'stlaringiz bilan baham: |