Jismoniy topologiya
●
– ya’ni komp’yuterlarni o‘zaro joy-
lashishi va kabellarni o‘tkazish sxemasi. Bu ma’noda,
masalan, passiv yulduz aktiv yulduz topologiyasidan
farq qilmaydi, shuning uchun ko‘p hollarda faqat «Yul-
duz» deb yuritiladi.
Mantiqiy topologiya
●
– ya’ni komp’yuterlar o‘zaro aloqa
strukturasi va signalning tarmoqda tarqalish belgilaridir.
Bunday ta’rif topologiyaning ancha to‘g‘ri ta’rifidir.
Axborot almashinuvini
●
boshqarish topologiyasi
– bu
alohida komp’yuterlar o‘rtasidagi axborot almashish
huquqi, ketma-ketligi va prinsiplari.
Axborot topologiyasi
●
– bu tarmoqdan uzatilayotgan ax-
borotlar oqimining yo‘nalishi.
Misol uchun, jismoniy va mantiqiy topologiyali «Shina»
tarmog‘i axborotlarni uzatish uchun estafeta usulidan foydalani-
shi mumkin (ya’ni bu halqa ma’nosida) va bir vaqtning o‘zida
barcha axborotni alohida ajratilgan bir komp’yuterdan uzatishi
ham mumkin (ya’ni bu yulduz ma’nosida). Mantiqiy topologi-
yali «Shina» tarmog‘i, jismoniy topologiyali «Yulduz» (passiv)
va «Daraxt» (passiv) ko‘rinishga ham bog‘lanishi mumkin.
Jismoniy, mantiqiy va boshqarish topologiyali har qanday
tarmoq axborot topologiyasi ma’nosida yulduz deb hisobla-
nishi mumkin, agarda bir server va bir necha mijoz asosida
yig‘ilgan tarmoq bo‘lsa, faqatgina shu server bilan aloqa qili-
nadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining
– 23 –
kamligi haqidagi fikrlar markazdagi buzilishlarning sababi de-
yish adolatli bo‘ladi (bu holda – server).
Xuddi shuningdek, har qanday tarmoq axborot ma’nosida
shina topologiyasi deb atalishi mumkin, agarda u bir vaqtning
o‘zida server va shuningdek, mijoz bo‘ladigan komp’yuterlar
yordamida qurilgan bo‘lsa. Har qanday boshqa «Shina» hol-
lari kabi, alohida komp’yuterlarning buzilishi bunday tarmo-
qqa kam ta’sir qiladi.
Markaziy hisoblash tarmoqlar topologiyasi haqidagi tahlilni
tugatar ekanmiz, ta’kidlab o‘tish kerakki, tarmoq turini tan-
lashda topologiyaning turi asosiy omil bo‘la olmaydi. Muhim
omillar, masalan, tarmoqni standartlik darajasi, axborot al-
mashish tezligi, abonentlar soni, qurilmalarning narxi va tan-
langan dasturiy ta’minot bo‘la oladi. Lekin, boshqa tomondan
olib qaraganimizda, ba’zi tarmoqlar turli bosqichda turli to-
pologiyalarni ishlatish imkonini beradi. Endi tanlash bu bobda
o‘tilgan barcha fikr va mulohazalarni hisobga olgan halda bu-
tunlay foydalanuvchining zimmasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |