Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

1.2.3. «Halqa» topologiyasi
«Halqa» topologiyasi–bu har bir komp’yuter aloqa yo‘llari 
faqat ikkita boshqa komp’yuter bilan ulanib, biridan faqat 
axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir 
aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot 
uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat 
tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» 
topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir 
– 17 –
komp’yuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter 
vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‘ylab 
signalni so‘nish muammosi bo‘lmaydi. Muhimi halqadagi ikki 
komp’yuter o‘rtasidagi so‘nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan 
markaz yo‘q, tarmoqdagi hamma komp’yuterlar bir xil bo‘lishi 
mumkin. Ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u ax-
borot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki 
tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoq-
ning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan 
chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot al-
mashinuvini shu zahotiyoq to‘xtatadi. 
Xulosa qilib aytganda, komp’yuterlar halqada to‘liq teng 
huquqli emas (shina topologiyasi kabi). Ayni vaqtda ax-
borot qabul qilayotgan bir komp’yuter axborotni boshqa 
komp’yuterlarga nisbatan oldin, qolgan komp’yuterlar esa ax-
borotni keyin qabul qiladi. Maxsus «halqa» topologiyasi tarmoq-
ning aynan shu mo‘ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini 
boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo‘ladi. Bu usul-
larda axborotni navbatdagi komp’yuterga uzatish huquqi davrida 
ketma-ket joylashgan komp’yuterlarga navbati bilan beriladi. 
«Halqa»ga yangi abonentni ulash odatda oddiy, lekin albatta 
ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to‘xtatish lozim bo‘ladi. 
«Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarni tarmoqdagi 
maksimal soni katta (ming va undan ham ko‘p). Halqa topologi-
yasi odatda yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali 
eng ko‘p axborot oqimini ishonchli ta’minlaydi, chunki unda 
konflikt holati yo‘q (shina topologisida mavjud) shuningdek, 
markaziy obyekt ham yo‘q (yulduz topologiyasida mavjud). 
Signal halqasimon tarmoqning hamma komp’yuterlaridan 
o‘tgani uchun, tarmoqdagi komp’yuterlarni birontasi ishdan 
chiqsa, (yoki tarmoq qurilmalaridan biri) butun tarmoqning 
ish faoliyati to‘xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellari ning 
birontasi uzilsa yoki qisqa to‘qnashuv ro‘y bersa, butun tar-
moq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. Halqa topologiyasi 
kabellari uzilishiga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada 


– 18 –
odatda ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa yo‘llari o‘tkaziladi, 
ulardan biri zaxira uchun mo‘ljallanadi.
Halqa topologiyaning yirik yutug‘i shundan iboratki, unda 
har bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq 
uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba’zida birnecha 
o‘n kilometrgacha). Bu ma’noda halqa topologiyasi boshqa 
barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir. 
Halqa topologiyasida tarmoqdagi har bir komp’yuterga ikki-
tadan kabel o‘tkazilishini kamchilik deb hisoblashimiz mumkin.
Ba’zi hollarda «halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo‘li 
o‘tkazilib, bu aloqa yo‘llarida axborot qarama-qarshi tomonga 
uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi axborot uzatish te-
zligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri 
shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini 
davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish