Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

1.2.1. «Shina» topologiyasi
«Shina» topologiyasi (ba’zi hollarda «umumiy shina» deb 
ham ataladi) o‘z tashkiliy qismi bilan tarmoq komp’yuter 
qurilmalarining bir turda bo‘lishini va barcha abonentlar teng 
huquqligini taqazo qiladi. Bunday ulanishda komp’yuterlar 
axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo‘li 
bitta. Aks holda uzatilayotgan axborot ustma-ust bo‘lishi nati-
jasida o‘zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib, 
bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimida amalga 
oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o‘zida emas, 


– 12 –
navbat bilan ikki yo‘nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» 
topologiyasida markaziy abonent bo‘lmagani uchun puxtaligi 
boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy komp’yuter 
ishdan chiqqan holatda, boshqarilayotgan tizim ham o‘z vazi-
fasini bajarishdan to‘xtaydi. Shina tarmog‘iga yangi abonent 
qo‘shish ancha oddiy bo‘lib yangi abonentni tarmoq ishlab 
turgan vaqtda ham qo‘shish mumkin. Boshqa topologiyada-
gi tarmoqlarga nisbatan shinada eng kam uzunlikda kabellar 
ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir komp’yuterga 
(ikki chetdagi komp’yuterdan tashqari) ikkitadan kabel ula-
nadi, bu esa har doim ham qulay bo‘lmaydi. 
Mumkin bo‘lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonent-
ning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologi-
yasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi 
adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin, «Shina» 
topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng 
tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qim-
mat emas. Shinadagi komp’yuterlarning biri ishdan chiqsa, tar-
moqdagi qolgan komp’yuterlar bemalol axborot almashinuvini 
davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishi ham qo‘rqinchli 
emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bo‘lganda ikkita ishga 
layoqatli alohida shinaga ega bo‘lamiz. Lekin elektr signallar-
ni uzun aloqa yo‘lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan 
holda, shina oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya’ni 
terminator ulanishi lozim (1.1-rasmda to‘rtburchak shaklda 
ko‘rsatilgan). Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo‘lining 
oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil bo‘lishi natijasida 
tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bo‘lmay qoladi. Shun-
day qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil bo‘lganda 
aloqa yo‘lining moslashuvi buzuladi va hattoki o‘zaro ulangan 
komp’yuterlar o‘rtasida ham axborot almashinuvi to‘xtaydi. 
Shina kabelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa to‘qnashuv 
natijasida butun tarmoqning ish faoliyati to‘xtaydi. Shinadagi 
tarmoq qurilmalaridan birontasi buzilgan taqdirda uni ajratib 
qo‘yish qiyin, chunki hamma adaptrlar parallel ulanganligi sa-
– 13 –
babli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas.
«Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yo‘lidan axborot signal-
lari o‘tish davomida so‘nish yuzaga keladi va u qayta tiklan-
maydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara 
qo‘yiladi. Bundan tashqari abonent tarmoqdan turli amplitu-
dali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan komp’yuter 
va axborot qabul qilayotgan komp’yuterlar orasidagi masofaga 
bog‘liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish 
qurilmalariga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni oshiradi. «Shi-
na» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko‘pincha 
bir necha segmentlar ishlatiladi (har bir segment alohida shinani 
tashkil qiladi), bu sigmentlar o‘zaro maxsus signalarni tiklovchi 
qurilma–repiterlar, yoki takrorlovchi qurilmalar orqali ulanadi 
(1.4-rasmda ko‘rsatilgan). Lekin bu usulda tarmoqni uzunligini 
cheksiz oshirib bo‘lmaydi, chunki aloqa yo‘lida signalni tarqa-
lish tezligining chegarasi mavjuddir.
1.4-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina»ga ulash.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish