Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

1.2.2. «Yulduz» topologiyasi
«Yulduz» – bu markazi aniq mavjud topologiya bo‘lib, bu 
markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashi-
nuvi faqat markaziy komp’yuter orqali amalga oshiriladi, shuning 


– 14 –
uchun u tarmoqqa xizmat ko‘rsatadi va bu komp’yuterning yukla-
masi juda yuqoridir. Markaziy komp’yuterning tarmoq qurilma-
lari tashqi abonentlarning qurilmalariga nasbatan ko‘p bo‘ladi.
Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so‘z 
ham yuritib o‘tirilmaydi. Odatda aynan markaziy komp’yuter 
eng ko‘p quvvatga ega bo‘ladi, sababi axborot almashish vazi-
fasini boshqarish faqat shu komp’yuter orqali amalga oshiriladi. 
«Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat 
bo‘lishi mumkin emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. 
Konflikt holatga o‘rin yo‘q. Yulduzni bu topologiyadagi tar-
moq komp’yuterlarini buzilishga barqaror ishlashi haqida so‘z 
yuritadigan bo‘lsak, tashqi komp’yuterlardan birining buzilishi 
tarmoqda ishlayotgan komp’yuterlarga ta’sir qilmaydi, lekin 
markaziy komp’yuterning har qanday buzilishi tarmoqni butun-
lay ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzi-
lish yoki qisqa to‘qnashuv ro‘y bersa, «Yulduz» topologiyasida 
faqat bitta komp’yuterda axborot almashinuvi to‘xtaydi, qolgan 
hamma komp’yuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mum-
kin. Shinadan farqli yulduzda har bir aloqa yo‘lida faqatgina 
ikkita abonent bo‘ladi: markaziy va tashqi komp’yuterlardan 
biri. Ko‘pincha komp’yuterlarni ulash uchun ikkita aloqa yo‘li 
ishlatiladi, ulardan har biri axborotni faqat bir tarafgagina uza-
tadi. Shunday qilib, har bir aloqa yo‘lida faqat bitta uzatuvchi 
va bitta qabul qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq 
qurilmalarini «Shina» topologiyasiga nisbatan sezilarli darajada 
kamaytirishga olib keladi va qo‘shimcha tashqi terminatorlar-
dan foydalanishga ham xojat qolmaydi. «Yulduz»da signallarni 
aloqa yo‘lida so‘nish muammosi ham «Shina»ga nisbatan oson 
hal bo‘ladi, chunki har bir signalni qabul qiluvchi qurilma bir 
xil ampletudali signalni qabul qiladi. «Yulduz» topologiyasi-
ning jiddiy kamchiligi shundan iboratki, unga ulanadigan abo-
nentlar soni chegaralangan. Odatda markaziy abonent 8–16 
tadan ko‘p bo‘lmagan tashqi abonentlarga xizmat ko‘rsata ola-
di. Ko‘rsatilgan cheklanish oralig‘ida qo‘shimcha abonentlarni 
ulash ancha oddiy bo‘lsa, qo‘yilgan cheklanishdan ortiq bo‘lgan 
– 15 –
hollarda abonent ulash imkoni yo‘q. Ba’zi holarda yulduzsi-
mon ulanishni kengaytirish imkoni mavjud, agarda tashqi abo-
nentlardan birining o‘rniga markaziy abonent ulansa, natijada 
o‘zaro ulangan bir necha yulduzlardan tashkil topgan topologi-
ya hosil bo‘ladi. 1.2-rasmda keltirilgan «Yulduz» topologiyasi 
aktiv «Yulduz» deb ataladi, 1.5-rasmda keltirilgan chizma «Pas-
siv yulduz» topologiya bo‘lib, u faqat tashqi ko‘rinishdangina 
yulduzga o‘xshashdir.
1.5-rasm. «Passiv yulduz» topologiyasi.
Amaliyotda «Passiv yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz» 
topologiyasiga nisbatan ko‘p tarqalgan.
Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan va taniqli Internet 
tarmog‘ida ham «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalanil-
gan. «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalaniladigan tarmoq 
markazida komp’yuter emas, balki konsentrator, yoki xab 
(hub) o‘rnatiladi, bu qurilma repitter bajargan vazifani baja-
radi. Konsentratorning (xab) vazifasi o‘tayotgan signalni tiklab, 
ularni boshqa aloqa yo‘llariga uzatishdan iborat. Vaholanki, 
kabellarni o‘tkazilishi aktiv yulduzsimon bo‘lsahamki, haqi-
qatda esa biz shina topologiyasiga to‘qnash kelamiz, chunki 
axborot har bir komp’yuterdan bir vaqtning o‘zida barcha qol-
gan komp’yuterlarga uzatiladi, lekin markaziy abonent mav-
jud emas. Tabiiyki, passiv yulduz oddiy shinadan qimmatga 


– 16 –
tushadi, chunki bu holda albatta konsentratordan foydalanish 
shart. Biroq bu topologiya bir qator qo‘shimcha yulduzsimon 
topologiyada mavjud, shuning uchun oxirgi vaqtda passiv yul-
duz aktiv yulduz topologiyali tarmoqlarni siqib chiqarmoqda. 
Aktiv yulduz va passiv yulduz topologiyalarining oralig‘idagi to-
pologiya ham mavjud. Bu holda konsentrator o‘ziga kelayotgan 
signalni faqat tiklabgina qolmay, axborot almashinuvini ham 
boshqaradi, lekin o‘zi axborot almashishda ishtirok etmaydi. 
Yulduz topologiyasining katta afzalligi shundan iboratki, 
hamma ulanish nuqtalari bir joyda jamlangandir. Bu xususiyati 
tufayli tarmoq ish faoliyatini oson nazorat qilishga, nosozliklar-
ni, u yoki bu abonentni tarmoq markazidan oddiy uzib qo‘yib 
tuzatishga (bu holatni shinada amalga oshirib bo‘lmaydi), tar-
moqni hayotiy muhim nuqtalaridan begona abonentlarni ulash 
imkoniyatini chegaralash kabi qulayliklarni beradi. Yulduz ul-
anish holatida har bir tashqi abonent komp’yuteriga bitta ax-
borotni ikki tomonga uzatish va ikkita (axborot har bir kabel-
dan faqat bir tomonga uzatiladi) kabel ulanish imkoni mavjud. 
Ikkinchi holat amalda ko‘proq uchraydi. 
«Yulduz»simon topologiyali barcha tarmoqlarning umumiy 
kamchiligi boshqa turdagi topologiyalarga nisbatan kabel ko‘p 
sarflanishidir. Masalan, «Shina» topologiyaga (1.1-rasm) nis-
batan «yulduz» topologiyasida bir necha marotaba uzun kabel 
sarflanadi. Bu holat tarmoq tannarxiga sezilarli darajada ta’sir 
qilishi mumkin. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish