12. Qaysi otga egalik qo’shimchasi ikki martadan qo’shilgan?
A) dadalari B) orzusi
C) singlisi D) panjarasi
13. Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda tovush orttirilishi yuz bermoqda? 1. sanog’i 2. oyog’i 3. og’zi 4. kitobi 5. shunisi 6. qulog’i
A) 1, 2, 5 B) 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6
14. 1.Qizlardan biri muallimaga gul tutdi. 2. Nondan oling”, – deb manzirat qildi. Ushbu gaplardagi -dan qo’shimchasi qaysi kelishik qo’shimchasi bilan sinonim hisoblanadi?
A) birinchi gapda qaratqich kelishigi, ikkinchi gapda tushum kelishigi
B) har ikkala gapda ham tushum kelishigi
C) har ikkala gapda ham qaratqich kelishigi
D) birinchi gapda tushum kelishigi, ikkinchi gapda qaratqich kelishigi
15. Qaysi kelishikdagi ot, odatda, fe’l bilan birikmaydi?
A) jo’nalish kelishigidagi
B) tushum kelishigidagi
C) qaratqich kelishigidagi
D) o’rin-payt kelishigidagi
16. Ot turkumiga oid so’zlar nutq jarayonida qanday shaklda bo’lishi shart emas?
A) kelishik shaklida
B) birlik yoki ko’plik shaklida
C) egalik shaklini olgan holda
D) ot turkumi nutqda har uchala shaklda kelishi shart
17. Kelishik qo’shimchasi noto’g’ri qo’llangan gapni aniqlang.
A) Salima bilan Xorun podshohni buyrug’idan mamnun bo’lib, ketishga ruxsat so’radilar.
B) Xotin-qizlarga past nazar bilan qarayotgan rahbarlarni ayovsiz tanqid qilish zarur.
C) Biz sizlarni gazetaning sharhi bilan tanishtirdik.
D) SHahrimizning bir chetidan yer ajrataylik, o’sha yerga mevali ko’chatlar o’tqazaylik.
18. Egalik qo’shimchalari qanday ma’nolarni ifodalaydi? 1.qarashlilik 2. xoslik 3. butun bilan qism munosabati 4. payt va o’ringa taalluqlik.
A) 1, 3 B) 1, 2
C) 1, 2, 4
D) yuqoridagilarning barchasi
19. Qaysi gapda kelishik qo’shimchalari noto’g’ri qo’llangan?
A) Vatanni onaga, onani quyoshga o’xshatadilar.Farzandni gulga.
B) Yuzing visolig’a yetsin, desang, ko’ngillarni, sochingni boshdin oyoq chin ila shikan qilg’il
C) Men seni qutlayman shu ulug’ damda.Ulug’ yelkadoshim – muzaffar hayot.
D) Odamni hayoti hamisha bir daryodek bo’lishi kerak: uni sohilida hamisha yangidan yangi suv oqib turgani yaxshi.
20. Quyidagi gaplarning qaysi birida tushum kelishigi o’rnida jo’nalish kelishigini qo’llash mumkin ?
A) Karvon dashtni kezib yurdi .
B) Men kitobni siz uchun oldim.
C) Mehmon choyni ho’pladi.
D) Shirin otni mindi.
21. Qaysi gapdagi qaratqich kelishigi qo’shimchasini chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A) Mening quloqlarim uzoqdagi gapni ham eshitadi.
B) Davrada o’tirganlarning biri muhokamani boshladi.
C) Haq ishning qaror topishiga ishonamiz.
D) Mexanik-haydovchilar mashinalardan unumli foydalanib, agregatning ish unumini oshirdilar.
22. Avval o’zingga boq, keyin nog’ora qoq. Ushbu maqolda qaysi kelishik qo’shimchasi belgisiz qo’llangan?
A) qaratqich kelishigi B) jo’nalish kelishigi C) tushum kelishigi D) kelishik qo’shimchasi belgisiz qo’llanmagan
23. Egalik qo’shimchasini olgan ot qaysi kelishikda turlangan so’zni talab qiladi ?
A) bosh kelishikda B) qaratqich kelishigida
C) tushum kelishigida D) jo’nalish kelishigida
24. Qaysi gapda qaratqich kelishigi tushib qolgan? A) Bizning Qamishkapaga Do’stmatovdek ilmli odam hech qachon kelgan emas.
B) Samarqand borar bo’lsam, Ulug’bekka bosh egaman .
C) Har bir so’z zaminida inson nomi gavharday saqlanadi.
D) Har bahor ham shunday o’tadi, Har bahor ham shu bo’lar takror
25. Qaysi birikmalarda egalik qo’shimchasi tushib qolsa ma’noga ta’sir qilmaydi?
A) bizning o’g’lonlarimiz, sizning irodangiz
B) akamning mashinasi, mening kitobim
C) kaminaning fikri, sening yo’ldoshing
D) ularning do’stlari, allakimlarning orzulari
26. Ismlarning munosabat shakllari deganda nimani tushunasiz?
A) ko’plik, egalik qo’shimchalariga ega bo’lgan shakli
B) egalik, kelishik, -man, -san, -dir qo’shimchalariga ega bo’lgan shakli
C) shaxs-son va kichraytirish-erkalash, qiyoslash shakllariga ega bo’lgan shakli
D) shaxs-son va egalik qo’shimchalariga ega bo’lgan shakli
27. Ismlarning lug’aviy shakli deganda nimani tushunasiz?
A) ismlarning ko’plik va kichraytirish-erkalash ma’nolarini bildiruvchi qo’shimchalarga ega bo’lgan shakli
B) ismlarning qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi qo’shimchalarga ega bo’lgan shakli
C) ismlarning -man, -san, -dir qo’shimchalariga ega bo’lgan shakli
D) A va B
Do'stlaringiz bilan baham: |