63. Orttirma nisbat ma’noni kuchaytirgan so’zni toping.
A) chiqarishdi B) ketkazishdi
C) ishlatishdi D) o’qittirdi
64. Qaysi qatorda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qo‘llanmagan?
A) Bir yildan beri shu mavzu ustida ishlab yuribman.
B) Mashina mayda-chuyda ko’ch-ko’ronga to’lib ketgan.
C) Bo’taboy Samandarovni tutib shivirladi.
D) U hali ham bizga qarab kulib turibdi.
65. Orttirma nisbatidagi fe’l qaysi javobda berilgan?
A) To’xtating, – dedi Mansurov.
B) Qobil bobo bir xo’rsinib qo’ydi.
C) Gulistonga bordilar.
D) Brigadalar dalaga namoyishkorona chiqib ketishdi.
66. Sifatdosh qaysi javobda berilgan?
A) Boshqa mayda ishlar ham bor.
B) Bir necha minutdan keyin otboqar chiqib ketdi.
C) Kirganlar bir-biriga qarab qolishdi.
D) Sen bu yog’idan tashvish qilma.
67. Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh ishtirok etgan.
A) Chinnigul bilan yonma-yon kelayotgan Hasan to`xtadi.
B) Sheriklashib ishlaganning yuragi sherday bo`lar.
C) Qop-qora osmonda yulduzlar charaqlagan.
D) Olti zina bilan chiqiladigan bu yerga nihoyatda go`zal va nafis gilam to`shalgan
68. Qaysi javobda aniq nisbatdagi fe’l berilgan?
A) U aftini burishtirdi.
B) Arizani qoldiring, o’ylaymiz.
C) Har tarafga tinimsiz o’q otilardi.
D) Qirg’oq keyinchalik obod qilinadi.
69. Qaysi javobda ravishdosh berilgan?
A) Bu fikrlardan birini men ham eshitganman.
B) Bekorga bu yerda o’tiribmizmi?
C) Lekin nasoslar bilan suv chiqarish hech gap emas.
D) Gullar o’stirib, daraxtlar ekib, obod manzilga aylantirish mumkin.
70. Qaysi javobda orttirma nisbatdagi fe’llar berilgan?
A) kerildi, oqizdiriladi B) oqlandi, bellashdi
C) to’kildi, yurishdi D) bitkazdi, ko’rsatdi
71. Qaysi javobdagi fe`llarda ikkita nisbat qo`shimchasi qo`shilgan?
A) uqtirdi, to`kishdi, ilindi, olingan
B) so`ratasan, borilgan, terilibdi
C) yuvintiribdi, yozdirildi, ko`rsatilgan
D) kesilguncha, tarqalsa, ilg`ab olmoq
72. Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini sezgach, uni hushnud etish uchun g’azallar o’qib, hayollarini ezgu ishlarga undashga harakat qilardi. Ushbu gapdagi fe’llarning vazifa shakllari qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) 1 payt, 1 holat ravishdoshi,2 harakat nomi,1 sof fe’l
B) 2 payt ravishdoshi, 1 harakat nomi,1 sof fe’l
C) 1 holat ravishdoshi, 2 harakat nomi,1 sof fe’l
D) 2 holat ravishdoshi,1 harakat nomi,1 sof fe’l
73. Qaysi qatorda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan?
A) Buyuk bir donishmand odamzodning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini bir uyga qamab qo'yilgan uch maxluq: odam, to'ng'iz va arslonga o'xshatgan ekan.
B) U odam deganda aql-idrokni, to'ng'iz deganda insonning chirkin istaklarini, arslon deganda esa qahr-u g'azabga tushishini nazarda tutib o'xshatgan ekan.
C) Bu uch maxluqning qaysi biri zo'r chiqsa, qamalgan uyda o'sha ustunlik qilar emish.
D) Bu qissadan hissa shuki, to'ng'iz bilan sher, ya'ni tuban ehtiroslar qanchalik zo'r bo'lmasin, aql-idrok, baribir, yenggusidir.
74. O'timsiz fe'llar qaysi vositalar yordamida o'timli fe'lga aylanadi?
A) tushum kelishigi shakli
B) o'zlik va majhul nisbat shakli
C) ortirma va majhul nisbat shakli
D) orttirma nisbat shakli
75. Qaysi gapda orttirma nisbat shakli yetakchi fe'lga qo'shilgan?
A) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. B) Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o'tirib qolibman.
C) Birdan bozor boshida dod-faryod ko'tarilib qoldi.
D) U eng avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo'natdi.
76. Faqat ko'makchi fe'llar tarkibida qo'llanuvchi shakllarni toping.
1) nisbat; 2) bo'lishsizlik; 3) zamon;
4) shaxs-son; 5) fe'lning vazifa shakllari
A) 3, 4 B) 3, 4, 5
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4
77. Bu gapni eshitib, Bahromning ko'zi charaqlab ketdi. Ushbu gapdagi fe'llar qaysi javobda to'g'ri izohlangan?
A) 3 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe'l, 1 ta ko'makchi fe'l
B) 2 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe'l, 1 ta ko'makchi fe'l
C) 2 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe'l, 1 ta qo'shma fe'l
D) 1 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe'l, 1 ta qo'shma fe'l
Do'stlaringiz bilan baham: |