OLMOSH so`z turkumi
1. Seni xudo bergan menga, mening xalqimga, Bandalari yo‘qotolmas, tortib ololmas, Seni xato baholagan – kulgi har kimga, Senga ola qarabdi kim, ko‘r bo’lmay qolmas. Ushbu she’riy parchada fonetik hodisaga uchragan olmoshlar sonini aniqlang.
A) 1 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta
2. Shu soylarda suvlar urgil yuzingga sen, Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen, Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun? Ushbu she’riy parchada olmoshning necha turi qo‘llangan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
3. Nadir millat qudratining tamadduni? Amir Temur haykalidan so‘rang buni, Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. Ushbu she’riy parchada necha o’rinda olmoshlar qo‘llangan?
A) 6 B) 5 C) 3 D) 4
4. Qaysi gapda olmosh shaxs otiga tobelanib
kelgan?
A) Har qanday go‘zallik zamirida mehnat yotadi.
B) Bizning orzu niyatlarimiz ko‘p va ulug!.
C) Sinfimizdagi barcha o’quvchilar sport to’garaklariga qatnashadilar.
D) Dildorning ba’zi gaplari haqiqat edi.
5. Qaysi qatorda olmosh gap o‘rnida kelgan?
A) Homid toshni o'n marta ko’tardi, men ham shuncha ko'tarishni orzu qilaman.
B) Shuni bilingki, urush qurbonsiz bo‘lmaydi.
C) Maftuna guruhimizdagi eng a’lochi qiz, men ham unga havas qilaman.
D) Toshkent qadimiy va navqiron shahar, u yerda hashamatli binolar qad rostlamoqda.
6. Shu soylarda suvlar urgil yuzingga sen, Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen, Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun? Ushbu she’riy parchada "ichi bo‘sh" so'zlar necha marta ishtirok etgan?
A) 6 B) 4 C) 5 D) 7
7. Qaysi gaplarda olmosh turkumiga, mansub so'z(lar) qo'llangan? 1) Bu gul o'zidan nur taratish xususiyatiga ega ekan. 2) Odilning shu tobda ko'chaga chiqqisi, toza havoda sayr qilgisi keldi.
3) Qachonlardir qarshimdan o'tsang, seni derdim oddiy yo'lovchi. 4) Mehnatsevarlik, rostgo'ylik nima, bilasizmi?
A) 1, 3, 4 B) 2, 3 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
8. Olmoshlarning qaysi turi iboralarning yasalishiga asos bo’la oladi?
A) ko‘rsatish B) gumon C) belgilash D) o‘zlik
9. O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlaydi, uni hech kimga oyoqosti qildirmaydi. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan qaysi turlari qo‘llangan?
A) o’zlik, belgilash, ko‘rsatish, bo‘lishsizlik
B) belgilash, kishilik, bo'lishsizlik
C) belgilash, ko‘rsatish, bo'lishsizlik
D) o‘zlik, belgilash, kishilik, bo‘lishsizlik
10. Baxtni har kim o‘zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni to‘q, ust-boshi but. Shuni baxt sanaydi. O’zi uchun, qorni uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ‘q. Komil inson esa hammaning joni. Ushbu matnda olmoshning ma’no jihatdan qaysi turlari ishtirok ortiqcha odamlardir. Bunday odamlarning bor-yo‘qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo etmagan?
A) gumon, belgilash B) kishilik, so‘roq
C) kishilik, gumon D) ko‘rsatish, o‘zlik
11. Qaysi javobda belgilash olmoshi berilgan?
A) butun B) hech yoqdan C) allaqachon D) har yerda
12. Qaysi olmosh kishilik olmoshlari o‘rnida qo’llanib, ko'pincha shaxsni, ba’zan predmetni ko'rsatadi?
A) belgilash B) bo'lishsizlik C) gumon D) o'zlik
13. Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang.
A) o‘shanday, shunaqa B) har xil, shunchaki
C) o‘zboshimcha, o'zbilarmon D) manmanlik, o‘zboshimcha
14. Ko'plikdagi kishilik olmoshlarining qaysi bir(lar)i uslubiy talab bilan birlikni ko‘rsatuvchi olmosh o'rnida kelishi mumkin?
A) I va II shaxs ko'plikdagi olmoshlar
B) faqat III shaxs ko'plikdagi olmosh
C) har uchala shaxs ma’nosini ifodalovchi ko‘plikdagi kishilik olmoshlari
D) faqat II shaxs ko‘plikdagi olmosh
15. Gumon olmoshi qo’llanmagan gapni toping?
A) Negadir taftishchining ovozi menga
yoqmadi.
B) Ali Qushchi allanimalarni o‘ylab ketdi
C) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi.
D) Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi
16. Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi bor?
A) Sizni ko‘chada bir kishi chaqiryapti.
B) Bir qor yog'adi, bir yomg‘ir.
C) Darsga bir Karim kelmadi.
D) Ertaga bir dam olsam deyman.
17. Bunim yo‘q, unim yo‘q, Uyimda unim yo‘q. Ishimda unum yo‘q, Aytishga unim yo‘q. Ushbu she’riy parchada asosi shakldosh bo’lgan so'zlar qaysi turkum(lar)ga tegishli?
A) ot, olmosh, fe’l B) ot, olmosh
C) ot D) ot, fe’l
1 8. Qaysi turdagi qo'shma olmosh qismlari bir turdagi olmoshlardan tashkil topadi?
A) belgilash B) kishilik
C) so'roq D) ko'rsatish
19. Berilgan olmoshlardan qo'shma olmoshlaming ma'no turini aniqlang. Mana shu, o'sha-o'sha, siz-biz, hech kim, allaqaysi, har bir
A) ko'rsatish, bo'lishsizlik, gumon, belgilash
B) ko'rsatish, kishilik, bo'lishsizlik, belgilash
C) ko'rsatish, bo'lishsizlik, belgilash
D) ko'rsatish, kishilik, bo'lishsizlik, gumon, belgilash
20. Qaysi gapda o’zlik olmoshi predmetni ko’rsatish uchun qo’llangan?
A) O‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish uchun ishlatilmaydi.
B) Rostini aytsam o’zim ham unchalik yomon bola, emasman
C) Olma o’zi pishib, o’zi to‘kildi.
D) Biz o’z tuprog'imizni ko‘z qorachig’iday asraymiz.
21. Qaysi gapda olmosh so‘z ma’nosini aniqlab kelgan?
A) Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz.
B) Hovlini supurish, idish-tovoqlarni yuvish o‘shaning bo‘ynida.
C) Bu cholni butun yurt izzat qilardi.
D) Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy, qayerdan bu qadar qushlar sayrashi?
22. Qaysi olmoshlar yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ham bildiradi?
A) biz, ular B) sizlar, bizlar
C) ular, sizlar D) siz, ular
23. Olmoshlar asosida yasalgan otlar berilgan javobni aniqlang?
A) o‘shanday, shunaqa
B) har xil, shunchaki
C) o‘zboshimcha, o'zbilarmon
D) manmanlik, o‘zlik
24. Quyidagi qaysi so‘zlar ba’zan nutqda men kishilik olmoshi o'rnida qo’llanishi mumkin? 1) kamina; 2) qulingiz; 3) faqir; 4) bandayi ojizingiz
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3
25. "Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari yetaklaydi", – dedi bobo sevinchdan ko'zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so'z turkumidan yasalgan?
A) sifat, son, ot, fe'l B) olmosh, son, sifat, fe'l
C) olmosh, ot, sifat D) ot, sifat
26. Olmoshlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto'g'ri?
A) bir so'zi gumon olmoshi o'mida qo'llanishi mumkin.
B) olmoshlami gap o'rnida almashtirib qo'llash mumkin.
C) yasama sodda olmosh qismlari qo'shib, qo'shma olmosh qismlari esa ajratib yoziladi.
D) barcha hukmlar to'g'ri.
27. Qaysi qatordagi gapda o'zlik olmoshi o'rnida kishilik olmoshini qo'llab bo'lmaydi?
A) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman.
B) Fotiha to'yidan keyin biroz o'ziga kelgan edi.
C) Bu ishlarni qilgan o'zi.
D) Yutuqlar o'zimizniki.
28. Qaysi gapda narsa-hodisa so'rog’i belgi-xususiyat so'rog’i o'rnida qo'llangan?
A) Nega uni otdami, aravadami eltib qo'ymadi?
B) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi? C) Nima ishlari bor ekan? – so'radi Zulayho xola.
D) Yo qudratingdan, bu qanday odam?
29. Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o'rnida qo'llangan?
A) Dildorning bari gaplari haqiqat edi.
B) Har bir inson o'z baxti uchun kurashadi
C) Ovozi har qachongidan ham ta'sirliroq edi.
D) Hamma perronda, hamma o'z jigarini qidiradi.
30. Olmoshlarning qaysi turi affikisatsion usulda yasalishi mumkin?
A) belgilash B) gumon
C) so’roq D) kishilik
Do'stlaringiz bilan baham: |