2 8. Do’konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda . Ushbu gapdagi ko’plik qo’shimchalari qanday ma’noni ifodalamoqda?
A) hurmat ma’nosini
B) grammatik ma’no va tur ma’nosini
C) tur ma’nosini
D) umumlashtirish va jamlash manosini
29. Faoliyat-jarayon otlarini belgilang . 1.uzumchilik 2. tintuv 3. soylik 4.bog’bon 5.soat 6.o’qituvchilik
A) 1, 6 B) 1, 3 , 4, 5
C) 1, 2, 6 D) 2, 5, 6
30. Qaysi qatorda faqat birlikda qo’llanadigan otlar berilgan ?
A) baxt, chidam, ong B) guruch, suv, qum
C) oyoq, qo’l, quloq D) barcha javoblarda
Ravish so`z turkumi
1. Holat ravishini aniqlang.
1) qishin-yozin; 2) qisman; 3) bexosdan; 4) ichkari; 5) olg’a; 6) oz
A) 3 B) 4, 5 C) 1 D) 2, 6
2. Uncha-muncha ozodalik gigiyenasiga odatlanganimiz bois, mikrobdan qo`rqamiz, biroq ilgariroq keladigan, mikrobdan daxshatliroq bo`lgan halollik gigiyenasini hayolimizga ham keltirmaymiz. Ravishning qanday ma`no turlari bor?
A) o`rin, payt, daraja-miqdor
B) holat, maqsad, daraja-miqdor
C) daraja-miqdor, payt
D) daraja-miqdor, o`rin, payt
3. Yasama ravish ishtirok etgan gap(lar) ni toping.
1. Keyin sal hayolimni yig`ib qarasam, o`z-o`zimdan yurib ketyapman.
2. Vodiylarni yayov kezganda, bir ajib his bor edi menda
3. Bu ishga vijdonan yondashdi
4. Archa doim ko`m-ko`k 5. Archa hamisha go`zal.
A) 1, 2, 3 B) 4, 5 C) 1, 3 D) 1, 3, 5
4. Sal, hiyol, har kuni, har bir, ozgina, o`zicha, har on, shu payt, zo`rg`a. Berilgan ravishlarning nechtasi qo`shma ravish?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
5. Keyin sal hayolimni yig`ib qarasam, o`z-o`zimdan yurib ketyapman. Gapda ravishning qanday turlari ishtirok etgan?
A) o`rin, payt, daraja B) holat, sabab, daraja C) payt, daraja, holat D) payt, daraja, o`rin
6. Ravish ishtirok etgan qatorni toping.
A) Olimjon jo'rttaga qattiq ovoz bilan gapirdi.
B) Zalga shoshib Zunnunoy kirib keldi.
C) Moviy osmonda kulrang bulutlar sayr etmoqda.
D) Qiz ona bilan samimiy salomlashdi.
7. Holat ravishi qaysi gap tarkibida qo'llangan?
A) G'ulomjon otasi yoniga turib atrofga qaradi.
B) Kechasi topshiriq o'z vaqtida bajarildi.
C) Oyqiz uning qo'qqisdan g'oyib bo'lgani to'g'risida o'ylab vahimaga tushdi.
D) U noilojlikdan birinchi qatorga kelib o'tirdi.
8. Qaysi gapda ravish ishtirok etgan?
A) Shu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab, o’rniga 4 tup yong’oq ekyapman.
B) Baxilning qo’lida oy bo’lsa, olamni yoritmas.
C) Qishloqdan ancha uzoqlashib ketgandan keyin yana otlariga minib yo’rtib ketdi.
D) Daryo suvi shovillab oqmoqda.
9. Yasama ravishlar qanday usul bilan hosil qilinadi?
A) so’zga qo’shimchalar qo’shib
B) asos qismini juft qo’llash orqali
C) asos qismini takror qo’llash orqali
D) A, B, C
Do'stlaringiz bilan baham: |