10. To’satdan, tubdan ravishlarini ma’noli qimlarga ajratib bering.
A) to’sat+dan, tub+dan
B) to’sat+dan, tubdan
C) to’s+at+dan, tub+dan
D) Bu ravishlarda -dan kelishik qo’shimchasi asos qism bilan mustahkam birikib, ajralmas holga kelib qolgan.
11. Maqsad-sabab ravishlari qatnashgan gapni toping.
A) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so’ng uning tarixini yaxshilab qog’ozga chizajagini
aytdi
B) Sobir ataylab kechga qolib borgan edi .
C) Otamizning o’lganiga ancha yil o’tib ketdi .
D) Tashqariga chiqib, G’ofirjon boydan izn so’radi.
12. Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang .
A) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi.
B) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar .
C) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi .
D) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi .
13. O’rin ravishi qatnashgan gapni aniqlang .
A) Men kecha akam bilan Samarqanddan keldim .
B) Sherqo’ziga ko’zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo’ydi .
C) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi .
D) O’rtancha botir qo’rqmadi, jim turdi .
14. Miqdor-daraja ravishi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Uzoqdan – kunbotish tomondan, g’ira-shira uchqun ko’rinib qoldi .
B) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti.
C) Oldinda Shirinbuloq qishlog’i butun bo’y basti bilan yastanib yotardi .
D) Chol va kampir behad sevinishibdi .
15. Holat ravishi ishtirok etgan gapni aniqlang .
A) Ko’p yaxshi, ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak .
B) Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov olib chiqibdi.
C) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi .
D) Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi .
16. Holat ravishlari berilgan qatorni toping .
A) zo’rg’a, arang, bafurja
B) kecha-kunduz, qishin-yozin
C) tashqari, ichkari, olg’a
D) ancha, kam, ko’p
17. Payt ravishlari berilgan qatorni toping .
A) nari, uzoqdan, oldinda
B) hamon, doimo, dastlab
C) yakkama-yakka, yonma-yon
D) xiyol, sal, picha
18. O’rin ravishlari ishtirok etgan qotorni toping .
A) eskicha, jim, yayov
B) hozircha, endi, so’ngra
C) ichkari, oldinda, orqada
D) qittay, jinday, ozgina
19. Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni aniqlang .
A) ataylab, jo’rttaga, qasddan
B) qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga
C) hamon, hanuz, hamisha
D) ancha, ko’p, xiyol
20. Maqsad-sabab ravishlari qatnashgan gapni aniqlang.
A) Otamizning vafot etganiga ancha yil o’tib ketdi.
B) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi .
C) Bular piyoda asta-sekin bordilar .
D) U noilojlikdan birinchi qatorga borib o’tirdi.
21. Maqsad-sabab ravishlari berilgan qatorni belgilang.
A) jo’rttaga, qasddan, atayin
B) kechalari, avvallari
C) qo’qqisidan, birdan
D) so’ngra, keyin, avvaldan
22. Qaysi qatorda qo’shma ravish ishtirok etgan?
A) Bog’imizda chiroyli gulkaramlar pishib yetildi. B) Suvonqul nabirasiga qimmatbaho uzuk hadya qildi.
C) Men bir ming to’qqiz yuz yetmish sakkizinchi yilda tug’ilganman.
D) Qay vaqt uyga kirmang, kitob ustida o’tirgan bo’ladi.
23. Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang A) yakka, yagona, batamom
B) jindek, jichcha, ozgina
B) sal, picha, ko’p
D) olg’a, oldinda, o’rtada
Do'stlaringiz bilan baham: |