32. Fe’lning noaniq shakli bu…
A) sof fe’l B) harakat nomi
C) sifatdosh D) ravishdosh
33. Bo’lishsizlik shakli orqali bo’lishlilik ifodalangan gapni aniqlang.
A) Sen so’rasang, men bermasmidim?
B) Yordam bersangiz, xalqim uchun kuch-qudratimni ayarmidim?
C) Qolaman-a, qolaman, bir soniya ham qolmayman.
D) Bormasang, borma, o’zim ketaveraman.
34. Gap qaytarmoq fe’li…
A) jismoniy faoliyat fe’li B) aqliy faoliyat fe’li
C) nutqiy faoliyat fe’li D) holat fe’li
35. Borganimizda yaxshi bo’lar edi. Jismoniy faoliyat fe’lining vazifaviy shaklini toping.
A) sof fe’l B) harakat nomi
C) sifatdosh D) ravishdosh
36. Payt ravishdoshi shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalarni aniqlang. 1) -gali, 2) -gach, 3) -a, 4) -gancha, 5) -gani, 6) -y, 7) -guncha
A) 1, 2, 3, 6, 7 B) 2, 4, 7 C) 4, 5 D) 2, 7
37. Holat ravishdoshi shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalarni aniqlang.
1) -(i)b, 2) -gach, 3) -a, 4) -gancha, 5) -gani, 6) -y, 7) -guncha
A) 1, 2, 3, 6, 7 B) 1, 3, 4, 6
C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 7
38. Ajratib ko’rsatilgan fe’lning nisbatini aniqlang. Men bilan tortishmang, baribir yutqizasiz.
A) aniq nisbat B) o’zlik nisbat
C) majhul nisbat D) orttirma nisbat
39. Fe’lning noaniq shaklini belgilang.
A) o’qimoq B) o’qirman
C) o’qib D) o’qilgan
40.Qaysi gapdagi sifatdosh shaklini harakat nomi shakli bilan almashtirish mumkin.
A) O’lmagan qul, mana oshga ham yetib keldik.
B) Meni bozorda ko’rib qolganingni hech kimga aytma.
C) Senday olim bo’lgandan molboqar bo’lgan
yaxshiroq.
D) Bo’lar ish bo’ldi, endi yig’lashdan foyda yo’q.
41. Qaysi gapda qolmoq ko’makchi fe’li harakatning tasodifan, kutilmaganda yuz berishi ma’nosini bildiradi?
A) Qanday qilib bu xat qo’lingga tushib qoldi?
B) Nafas olsa, dilkashidan ayrilib qoladigandek jim eshitdi.
C) Yur tezroq, vagondan joy olib qolaylik.
D) Domla, keling, shu “uch”imni qo’yib bera qoling
42. Qaysi javobda qayd etilgan fe’llar bajaruvchining harakat-holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishiga ko’ra farqlanadi?
A) aytdi, ayttirdi, aytishdi
B) aytdi, aytmoqda, aytar
C) aytsa, aytgin, aytdi
D) aytyapman, aytyapsan, aytyapti
43. Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari bu…
A) munosabat shakllari B) vazifa shakllari
C) mayl shakllari D) nisbat shakllari
44. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan fe’l qo’llangan?
A) Hozir yomg’ir yog’ayapti, shuning uchun keyinroq yo’lga chiqamiz.
B) Oyim fermada ishlagan, o’n uchta sigirni yolg’iz o’zi sog’gan.
C) Bolalar suv bilan to’ldirilgan idishlarni ikkita-ikkita bo’lib tashishdi.
D) Puch yong’oq bilan qo’yin to’lg’azma.
45. Harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin yuz berishini bildiradigan morfologik ko’rsatkichlarni toping.
A) -a(-y) B) -ar(-r) C) -ib(-b) D) -ur(-r)
46. Qaysi javobda fe’lning sifatdosh shakliga xos bo’lmagan xususiyat ko’rsatilgan?
A) Zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi.
B) Otga bog’lanib sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo’llanadi.
C) Shaxs va narsalarning beqaror, bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi bilan bog’liq belgisini ifodalaydi.
D) Sifat kabi darajalanadi
47. Qaysi gapda kelasi zamon sifatdoshi qo’llangan?
A) Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uyning tugmasini bosdi.
B) Jimirlab oqayotgan daryo bo’yiga bordi.
C) Olinadigan ko’ylak menga yoqishi lozim.
D) O’z nafsiga asir bo’lgan odam insoniylikni qo’ldan boy beradi.
48. Qaysi gapda olmoq so’zi ko’makchi fe’l vazifasida qo’llangan?
A) Xolid toshni o’n marta ko’tara oldi.
B) Xolid opasidan xat oldi.
C) Xolid ukasiga muzqaymoq olib berdi.
D) Xolid akasidan xat olib turibdi.
49. Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs tomonidan amalga oshgan harakat-holatni ifodalovchi fe’l nisbatini aniqlang.
A) orttirma B) majhul C) birgalik D) o’zlik
50. Qaysi gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi vositasida bir martalik harakat inkori ma’nosi ifodalangan?
A) Xolmat musobaqalarda qatnashmay qo’ydi.
B) Bu xabarni hech kim eshitmay qolmadi.
C) Aziza menga ertak o’qib bermadi.
D) Onaxon mehmonlar bilan ko’risha ketdi
51. Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini sezgach, uni xushnud etish uchun g’azallar o’qib, xayollarini yaxshilikka, ezgu ishlarga undar edi. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli qo’llanmagan?
A) harakat nomi B) sifatdosh
C) ravishdosh D) sof fe’l
52. Fe’lning qaysi vazifa shakli zamon va shaxs-son shakllari bilan qo’llanmaydi?
A) harakat nomi B) sifatdosh
C) ravishdosh D) sof fe’l
Do'stlaringiz bilan baham: |