Sifatlarning yasalishi



Download 17,45 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi17,45 Kb.
#577021
  1   2
Bog'liq
Sifatlarning yasalishi 4 ma`ruza


Sifatlarning yasalishi

Boshqa so'z turkumlari singari sifatlar ham asosan morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Morfologik usul bilan sifat yasash eng sermahsul usuldir. So'z o'zak, negiziga maxsus sifat yasovchi qo'shimchalar qo'shish orqali yangi sifatlar yasalishi morfologik usul bilan sifat yasalishi deyiladi. O'zbek tilida sifat yasovchi qo'shimchalar boshqa turkumlardan farqli ravishda o'zakdan oldin va o'zakdan keyin qo'shilgan holda ham sifat yasaydi. O'zakdan oldin qo'shilib sifat yasovchi qo'shimchalar tojik tilining ta'siri natijasida yuzaga kelgan.O'zakdan oldin qo'shilib sifat yasovchi qo'shimchalar: 1. -ser. Ot turkumidagi so'zlarga qo'shilib negiz orqali ifbdalangan predmetning ko'pligini ortiqligini bildiruvchi sifat yasaydi: sersuv, serdaromad, sergap kabi.




  1. -be: Otlarga qo'shilib negiz orqali ifodalangan predmetgaega emaslikni bildiruvchi sifat yasaydi: beor, benomus, betayin,bebaxt.


  2. -ba: Otlarga qo'shilib negiz orqali ifodalangan predmetningortiq ekanligini bildiruvchi sifat yasaydi: badavlat, basavlat,baquvvat.


4. -no: Ot va sifat o'zaklarga qo'shilib, negiz orqaliifodalangan predmetning yo'qligini, mavjud emasliginibildiruvchi sifat yasaydi: nohaq, noinsof, noloyiq, noqulaykabi.

5. -bad: Ot negizlarga qo'shilib. salbiy belgi bildiruvchi sifatyasaydi: badbashara, badxulq. O'zakdan keyin qo'shilib sifatyasovchi qo'shimchalar:

1. -li qo'shimchasi. O'zbek tilidagf sifat yasovchi eng mahsuldorqo'shimcha bo'lib, asosan ot, qisman sifatdosh va ravishdoshlargaqo'shilib sifat yasaydi.




  1. o'zakdan anglashilgan ma'noda ega ekanlikni ifodalovchisifat yasaydi: aqlli yigit, mevali bog', bilimli talaba.


  2. -r(-ar) qo'shimchali sifatdosh shakliga qo'shilib. undananglashilgan belgiga ega ekanligini ifodalovchi sifat yasaydi:tushunarli kitob, qiziqarli suhbat.


  3. -sh (-ish) qo'shimchali ravishdoshga qo'shilib o'zakdananglashilgan ish-harakatga ega ekanlikni bildiruvchi sifat yasaydi:borishli, kelishli o'qimishli kabi.


  1. -siz: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmetga ega emaslik ma'nosidagi sifatlar yasaydi: suvsiz, ishsiz,mazasiz, kuchsiz kabi.


  2. -chan: ot, harakat norni va ravishdoshlarga qo'shilib, negizorqali ifodalangan ma'noning ortiqligini bildiruvchi, sifatlar yasaydi:qiziquvchan, talabchan.


  3. -chil: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalangan predmetbelgisini ortiq ekanligini bildiruvchi sifatlar yasaydi: epchil,dardchil.


  4. -aki: ot va sifat negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet belgisining soxtaligini bildiravchi sifatlar yasaydi:qalbaki,zo'raki, yuzaki.


  1. -ag'on: fe'l negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosiga ega ekanlikni bildiruvchi sifatlar yasaydi:bilag'on, topag'on.


  2. -mon (-man): Bu qo'shimcha bilan belgini ortiq ekanliginiifodalovchi sifatlar yasaladi. -mon qo'shimchali sifatlar -ag'onqo'shimchali sifatlarga sinonimdir: bilarmon, toparmon, bilag'on,topag'on


  3. -ma: fe'l negizlarga qo'shilib negiz orqali ifodalanganharakatning natijasida hosil bo'lgan belgini ifodalovchi sifatlaryasaydi: qaynatma sho'rva, qovurma go'sht, yasama tish,uydirma gap.


  4. - in: ot, va fe'llarga qo'shilib sifatlar yasaydi: erkin odam,tekin daromad, to'kin kuz.


  1. -parvar: ot negizlarga qo'shilib negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosi bilan bog'liqlikni ifodalovchi sifatlar yasaydi:vatanparvar, adolatparvar, xalqparvar.


  2. -parast: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosiga moyillikni bildiruvchi sifatlar yasaydi:mansabparast, shuhratparast, uyquparast.


  3. -xo'r: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmetni yaxshi ko'ruvchi, uni xushlovchi ma'nosidagi sifatlaryasaydi: oshxo'r, go'shtxo'r. Bu qo'shimcha orqali yasalgansifatlar ko'chma ma'nolarda ham ishlatiladi: odamxo'r, g'amxo'r,qonxo'r, nonxo'r("hech ish qilmaydigan kishi'' ma'nosida) kabi.


  4. - mang: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosining ortiq ekanligini bildiruvclii sifatlar yasaydi:davlatmand, hunarmand kabi.


  5. -don: Ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosining ortiqligini bildiruvchi sifatlar yasaydi:bilimdon, gapdon,


  6. -dor: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosining ortiqligini bildiruvchi sifatlar yasaydi: bo'ydor,etdor, puldor, moldor.


  7. -dek, -day: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmetga o'xshashlik ma'nosini bildiruvchi sifatlar yasaydi:asalday qovun, gulday qiz, tog'day yelka kabi.


17. -k, -q, -ik, -iq, -uk, -uq, -oq, -ak: fe'l negizlarga qo'shilib.negiz orqali ifodalangan harakat yoki holatining natijasini bildiruvchisifatlar yasaydi: kemtik, qaynoq, bo'Iiq, o'siq, tuzuk, chinqiroq, hurkak.

18. -qoq, g'oq: fe' 1 negizlarga qo'shilib negiz orqali ifodalanganharakat belgisini ortiq ekanligini bildiruvchi sifatlar yasaydi: botqoqyer, tirishqoq odam, urushqoq bola.


Download 17,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish