54. Qaysi songa qo`shimcha qo`shilganda fonetik o`zgarish bo`ladi?
A) ikki, bir B) uch, olti
C) yetti, sakkiz D) o`n, yetmish
55. Sonning qaysi turini hosil qilganda fonetik o`zgarish sodir bo`ladi? 1. chama 2. jamlovchi 3. tartib 4. miqdor 5. sanoq 6.taqsim
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 6
C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 4, 6
56. Nafar hisob so`zi asosan qanday tushunchalarga nisbatan qo’llaniladi?
A) hayvonlarga nisbatan
B) shaxslarga nisbatan
C) mavhum tushunchalarga nisbatan
D) jonli narsalarning hammasiga nisbatan
57. -lab, -larcha qo`shimchalari yordamida sonning qaysi turi hosil bo`ladi?
A) chama B) jamlovchi
C) gumon D) dona son
58. Kasr son berilgan gapni toping
A) U yarim litrcha suv ichdi
B) Havo to`rt gradusga isidi
C) Qaymqoqning uchdan biri uglevoddan iborat edi.
D) A va C
59. uch sonidan sonning qanday ma`no turini hosil qilsa bo`ladi? 1. tartib 2. jamlovchi 3. dona 4. chama 5. taqsim
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5
C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 5
60. Qaysi gapda otlashgan son bor?
1. Tayog`i yo`g`on birni urar, so`zi yo`g`on mingni urar
2. To`qqizda bo`lmagan aql, to`qsonda hambo`lmaydi.
3. Mingta shirin nasihatdan, bitta o`rnak yaxshi.
4. Ikki yomon qo`shilsa, keng dunyoga sig`madi 5. Birni kessang, mingni ek.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 5 D) 3,4
Fe’l so`z turkumi
1 .Qaysi gapda ravishdoshli so’z birikmasi qo’llangan?
A) Xalq zulmga va adolatsizlikka qarshi isyon qildi.
B) Lekin Diyora nimadandir xavotirlanib gapirdi.
C) Chol bir necha daqiqa nevarasining xatti-harakatlarini kuzatib turdi.
D) Donoxon shosha-pisha stolda turgan gazetalarni olib berdi.
2.Qanday fe’llar sodda fe’llar sanaladi?
A) tarkibida fe’l yasovchi qo’shimchasi bo’lmagan fe’llar
B) bir asosli fe’llar
C) tarkibida fe’l yasovchi qo’shimchasi bo’lmagan bir asosli fe’llar
D) tarkibida fe’l yasovchi qo’shimcha bo’lgan bir asosli fe’llar
3.Qaysi qatorda qo’shma fe’llarga xos bo’lmagan xususiyat ko’rsatilgan?
A) Qismlari bitta sintaktik vazifa bajarmaydi.
B) Qismlaridan anglashilgan harakat-holat ketma-ket sodir bo’ladi.
C) Ikki mustaqil fe’ldan tashkil topadi.
D) Qismlari bir turkumga yoki turli turkumga oid so’zlardan tashkil topadi.
4.Qaysi gapda ikkala qismi ham yasama so’z bilan ifodalangan juft fe’l qo’llangan?
A) Bu niyatni Mohlaroyim ham qo’llab-quvvatlar edi.
B) Bola yig’lay-yig’lay yakandoz ustida uxlab qoldi.
C) Uyga qaytdi-yu, shu xususida o’ylay boshladi.
D) Somonsuvoq qilingan devorning pasti namdan nuragan, tepasi bahor yomg’irlarida ko’chib tushgan edi.
5.Shayximning uyida ikki yil yashadim. Alloh u kishiga oltita qiz ato etgan edi.. Allohga qasamki, ularga hatto bir marta ham nazar solmadim, nigoh tashlamadim. Shunda Alloh xotiramni mustahkam ayladi va uch oyda to’qsonta kitobni yodladim. Berilgan parchada qo’llangan yasama fe’llar miqdorini toping.
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
6.Qaysi gapda o’timsiz fe’lni o’timli fe’lga aylantirgan vosita qo’llangan?
A) Qizlar ham, bolalar ham—hamma sinfdoshlarim meni yaxshi ko’rishadi.
B) Suyun do’mbirasini chalib hammani kuldiradi.
C) Shu payt uzoqdan ikki otliq ko’rindi.
D) Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo’lishdi.
7.Qaysi javobda fe’lning sifatdosh shakliga xos bo’lmagan xususiyat ko’rsatilgan?
A) Zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi.
B) Otga bog’lanib sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo’llanadi.
C) Shaxs va narsalarning beqaror, bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi bilan bog’liq belgisini ifodalaydi.
D) Sifat kabi darajalanadi.
8.Qaysi gapda kelasi zamon sifatdoshi qo’llangan?
A) Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uyning tugmasini bosdi.
B) Jimirlab oqayotgan daryo bo’yiga bordi.
C) Olinadigan ko’ylak menga yoqishi lozim.
D) O’z nafsiga asir bo’lgan odam insoniylikni qo’ldan boy beradi.
9.Qaysi ravishdosh shakllari yordamida holat ma’nosini ifodalash mumkin?
1) –a(-y) 2) –guncha 3) –gancha 4) –ib(-b) 5) –gani
A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,4
10.Qaysi gapda olmoq so’zi ko’makchi fe’l vazifasida qo’llangan?
A) Xolid toshni o’n marta ko’tara oldi.
B) Xolid opasidan xat oldi.
C) Xolid ukasiga muzqaymoq olib berdi.
D) Xolid akasidan xat olib turibdi.
11.Qaysi ko’makchi fe’l harakatning sodir bo’lishiga yaqin qolganini ifodalaydi?
A) bilmoq B) tashlamoq C) bo’lmoq D) yozmoq
12.Qaysi so’zlardan fe’l yasalishi jarayonida fonetik o’zgarish sodir bo’lmaydi?
A) past, sust, lov B) yig’i, ong, yosh
C) o’rin, ega, tuf D) yaqin, keng, taq
13.Qaysi so’zlardan uch xil qo’shimcha yordamida fe’l yasaladi?
A) yo’l, zo’r, qon B) ko’z, ko’p, keksa
C) ahd, egov, chang D) siz, bosh, ko’k
14.Qanday fe’llar ikki xil: ajratib, qo’shib yoziladi?
A) ko’makchi fe’llar B) to’liqsiz fe’llar
C) qo’shma fe’llar D) juft fe’llar
15.Qaysi javobda tub fe’llar berilgan?
A) ata, sana, yasha B) quvla, savala, opichla
C) muzla, terla, oqla D) osha, tuna, yo’la
16.Quyida berilgan qo’shimchalarning nechtasi fe’l yasovchi va fe’lning munosabat shakli sifatida shakldosh(omonim) qo’shimchalar sanaladi?
-y, -sa, -r, -la, -ir, -a, -ar
A) 6 tasi B) 5 tasi C) 4 tasi D) 3 tasi
17.Qaysi gapda sodda tub fe’l qo’llanmagan?
A ) Men bobomning maqtovidan kekkaydim.
B) Ichkaridan chaqaloqning yig’isi eshitildi.
C) Daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning so’nggi shu’lalari bilan oltinlanardi.
D) Boshqalar ham bosh tebratib, bu fikrga qo’shildilar.
18.Harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin yuz berishini bildiradigan morfologik ko’rsatkichlarni toping.
A) –a(-y) B) –ar(-r) C) –ib(-b) D) –ur(-r)
19.Qaysi fe’llar bir xil shaxs-son shakllari bilan tuslanadi.
A) yozdi, yozsa B) yozib, yozyap
C) yozmoqda, yoza D) yozgay, yozayotib
20.Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs tomonidan amalga oshgan harakat-holatni ifodalovchi fe’l nisbatini aniqlang.
A) orttirma B) majhul C) birgalik D) o’zlik
21.Qaysi gapda o’zlik nisbat shaklidagi fe’l qo’llanmagan?
A) Daraxtlarning yaproqlari sarg’ayib to’kilmoqda.
B) Daraxtlarning yaproqlari yomg’irda yuvilmoqda.
C) Daraxtlarning shoxlari hosildan egilmoqda.
D) Daraxtlarning mevasi qoplarda terilmoqda.
22.Fe’l nisbatlarining barcha shaklida ham qo’llana oladigan fe’llarni toping.
A) ochmoq, otmoq B) ko’rmoq, chizmoq
C) qaytmoq, yugurmoq D) kutmoq, aytmoq
23.Qaysi gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi vositasida bir martalik harakat inkori ma’nosi ifodalangan?
A) Xolmat musobaqalarda qatnashmay qo’ydi.
B) Bu xabarni hech kim eshitmay qolmadi.
C) Aziza menga ertak o’qib bermadi.
D) Onaxon mehmonlar bilan ko’risha ketdi.
24.Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini sezgach, uni xushnud etish uchun g’azallar o’qib, xayollarini yaxshilikka, ezgu ishlarga undar edi. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli qo’llanmagan?
A) harakat nomi B) sifatdosh C) ravishdosh D) sof fe’l
25.Ko’z yosh to’kib ariq qazisang, kulib-kulib suv ichasan.
Gapda qo’llangan fe’lning munosabat shakllari miqdori nechta?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 tra D) 5 ta
26.Qaysi javobda qayd etilgan harakat-holatning nutq momentiga munosabatiga ko’ra farqlanadi?
A) aytdi, ayttirdi, aytishdi
B) aytdi, aytmoqda, aytar
C) aytsa, aytgin, aytdi
D) aytyapman, aytyapsan, aytyapti
27.Fe’lning qaysi vazifa shakli zamon va shaxs-son shakllari bilan qo’llanmaydi?
A) harakat nomi B) sifatdosh
C) ravishdosh D) sof fe’l
28.Quyidagi fe’llarning nechtasi kelasi zamon ma’nosini ifodalamoqda? borgin, boryapti, borgay, borsa, boray, bormoqchi
A) beshtasi B) to’rttasi C) uchtasi D) ikkitasi
29.Fe’lga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanishiga xoslovchi shakllar bu…
A) munosabat shakllari B) vazifa shakllari
C) mayl shakllari D) nisbat shakllari
30.Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan fe’l qo’llangan?
A) Hozir yomg’ir yog’yapti, shuning uchun keyinroq yo’lga chiqamiz.
B) Oyim fermada ishlagan, o’n uchta sigirni yolg’iz o’zi soqqan.
C) Bolalar suv bilan to’ldirilgan idishlarni ikkita-ikkita bo’lib tashishdi.
D)Puch yong’oq bilan qo’yin to’lg’azma.
31. To’liqsiz fe’l bilan birga qo’llangan yetakchi fe’lni aniqlang.
1) aytgan; 2) borardi; 3) kelayotgan; 4) olarkan; 5) yonib turgan emish; 6) yozgandi; 7) bilsaydi.
A) 2, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5
C) 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 4, 5, 6, 7
Do'stlaringiz bilan baham: |