Morfemikadan umumiy testlar
1. Uning ilmoqdor, sho‘x so‘zlari dillarni
to'lqinlantirar, gur-gur kulgiga sabab
bo'lardi.
Ushbu gap tarkibida nechta sodda yasama
so‘z qatnashgan?
A) 2 ta B) 4 ta
C) 3 ta D) 1 ta
2. Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid
yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor
tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti
gurkirab bo‘y cho‘zadi.
B) Endi uni harbiy mashq va ta’limning
mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi
do‘stlar kutmoqda edi.
C) Tal’at shimining cho‘ntagidan taroq olib,
sochini tekislarkan, tag‘in jilmaydi.
D) Ertalabki choy ustida picha
hangomalashgach hammamiz yo‘lga
otlandik.
3. Qaysi gapda sifat va fe’l turkumiga oid
yasama so‘zlar qatnashgan?
A) Darhaqiqat, shoirning yuragi pok
tuyg‘ulardan oziqlanadi.
B) Qizni bu qo‘rqinchli shubhalar qiynardi.
C) Qo‘lining harakatlari bilan xalqqa
tinchlanishni buyurdi.
D) Shoir bilimsiz tabiblarni jallod shogirdiga
o‘xshatadi.
4. Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat
qatnashgan?
A) Bir vaqtlar sen turtkilagan yigit bugun
senga rahbar bo‘lib kelmoqda.
B) Alisher Navoiy bilimsiz tabiblarni jallodga
o‘xshatardi.
C) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan
kamgap va qaysargina bir bola ekan.
D) Maqtanchoqliging tufayli sen
do‘stlaringning e’tiboridan qolding.
5. Qadimda bir badavlat kishining yolg‘iz o ‘g‘l
bo'lib, и uquvsiz va mol-davlatni foydasiz
ishlarga sarflaydigan bola edi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta
sodda yasama so‘z bor?
A) 3 ta B) 2 ta
C) 5 ta D) 4 ta
6. Sen o ‘z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi,
eng og‘riqlisi - tobelik va mutelik zanjirida;
xalos bo'lding.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z
qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta
C) 4 ta D) 3 ta
7. 0 ‘rik - ra’noguldoshlar oilasiga mansub
mevali daraxt. Mevasi etli, yumaloq,
tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish.
Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘zla
qatnashgan?
A) 4 B) 6
C) 7 D) 5
8. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo'lgan
yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab
gapirishimiz mumkin.
Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama
so‘zlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Gapda sifatdan yasalgan ravish
qatnashgan.
B) Gapda otdan yasalgan sifat qatnashgan.
C) Gapda otdan yasalgan fe’l qatnashgan.
D) Gapda fe’ldan yasalgan ot qatnashgan.
9. Halollikni va pok yashashni o ‘zi uchun
hayotiy e ’tiqod, oliy maqsad deb biladigan
odamlardan yomonlik kutmaymiz.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z
qatnashgan?
A) 2 ta B) 4 ta
C) 5 ta D) 3 ta
10. Onaxon bir zum to'xtab, chorasizlikdan
qiynalayotgan nabirasiga mehribonlik
bilan dalda berdi.
Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar
haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Gapda otdan yasalgan sodda yasama
sifat qatnashgan.
B) Gapda ravishdan yasalgan sodda yasama
fe’l qatnashgan.
C) Gapda sifatdan yasalgan sodda yasama
fe’l qatnashgan.
D) Gapda fe’ldan yasalgan sodda yasama ot
qatnashgan.
11. Hukmdor tortinchoq qora ko‘zlari hamisha
mungli boqadigan qizini juda e ’zozlar,
doim holidan xabar olardi.
Ushbu gapda sodda yasama so‘zlar soni
nechta?
A) 6 ta B) 5 ta
C) 4 ta D) 3 ta
12. Balki, и bugun uyiga vaqtliroq qaytar.
Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri
ma’lumotlarni aniqlang.
1) bir o‘rinda fe’l nisbati qo‘shimchasi
qatnashgan;
2) bir o‘rinda egalik qo‘shimchasi
qatnashgan;
3) bir o‘rinda fe’lning munosabat shakli
qo‘shimchasi qatnashgan;
4) 2 ta so‘z tarkibida ismning munosabat
shakli qo‘shimchasi qatnashgan.
A) 1, 4 B) 2, 3
С) 1, 2 D) 3, 4
13. Yashash uchun foydali mehnat
Do'stlaringiz bilan baham: |