Mavzu: iroda psixologik talqini



Download 26 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi26 Kb.
#611996
Bog'liq
attachment


SEMINAR 14 Jahonov Behruz 5-2 19 Tar 3 kurs

MAVZU: IRODA PSIXOLOGIK TALQINI

Reja:

1. Iroda to’g’risida tushuncha


2. Irodaviy sifatlar
3. Irodaviy harakatning sifatlari
4. Ixtiyoriy irodaviy harakatning tavsifi

Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo’nalishda tashkil qilish,


muammolar yechimini egallash yuzasidan ma'lum bir qarorga kelish, uni amalga
oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordami bilan ro’yobga
chiqadi. Turli eshtiyojlar (shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma'naviy)
tufayli vujudga keladigan, maqsadga yo’nalganlik xususiyatini kasb etadigan
shaxsning faolligi o’zining tuzilishi, shakli rang- barang bo’lgan harakatlar, xatti -
harakatlar va sa'i -harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga
muvofiq kelmaganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat
qildirishga bo’ysundiriladi. Eshtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan
mayllar negizidan kelib chiqadigan barcha ko’rinishdagi harakatlar o’zlarining
yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi.
Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki yetarli darajada
anglanmagan istak, xoshish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki
ta'sirida paydo bo’lishi natijasida ro’yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning
boshqa shakllari impulsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo’zg’olish ma'nosini
anglatadi) xususiyatiga ega bo’lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun
ma'lum ob'ektga qaratish yuzasidan rejalashtirilmagan, shatto ko’zda tutilmagan
bo’ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti,
dashshat, shayajonlanish, ajablanish, shubshalanish va shunga o’xshash boshqa

moshiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin


misoldir. Undagi atamalar ma'nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi shissiyot
to’g’risidagi ma'lumotlarda keng ko’lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyada taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib,
ular maqsad ko’zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta'minlovchi
operasiyalar, usullar va vositalarni shaxs o’z miyasida tasavvur qilishni,
samaradorligini taxminan basholashni taqozo etadi. o’zining moshiyati bilan
tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning aloshida guruhini irodaviy harakatlar
deb ataluvchi turkum tashkil qiladi.
Psixologik ma'lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta'rif berish
mumkin: "Maqsadga erishish yo’lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf
qilish jarayonida zo’r berish bilan uyg’unlashgan, muayyan maqsadga
yo’naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi".
Shaxsning irodaviy faoliyati o’z oldiga qo’ygan anglangan maqsadlarni
bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning
majmuasidan iborat emas. Irodaviy faoliyat o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lib, uning moshiyati shundan iboratki, bunda shaxs o’z oldiga
qo’ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o’zi uchun kamroq
qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo’ysundiradi. Ustivor (etakchi) motivlar
qo’shimcha ko’makchi motivlarni muayyan yo’nalishga safarbar qilib, umumiy

maqsadga xizmat qildiradi.


Shaxs faolligining har xil ko’rishlari mavjud bo’lib, ular funksional
tomondan bir-biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining aloshida o’ziga xos
shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o’z xatti-harakatlarini (xulq￾atvorini) o’zi boshqarishini, u yoki bu xususiyatli intilish va istaklarini
tormozlashni talab qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha harakatlar tizimi
mujassam bo’lishini nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat moshiyati shunda ko’zga
tashlanadiki, bunda shaxs o’zini o’zi boshqaradi, o’zini qo’lga oladi, o’zining
xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat etadi, shatto zarurat tug’ilsa, u
holda ularni tamoman yo’qotadi ham. Irodaning paydo bo’lishi bosh omili-inson
tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakatlarning tizimli tarzda
tatbiq etilishi bunday ish-harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi shaxsning
faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonida keng qo’lamda anglanilgan va ruhiy
jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo’yicha irodaviy zo’r berishni talab
qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar favquloddagi
vaziyatni basholash, kelgusida amalga oshirishga mo’ljallangan harakatlar uchun
vositalar va operasiyalar tanlash, maqsad ko’zlash va unga erishishning usullarini
saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo’lib
shisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operasional tomoni
deb basholanadi.
Shuni aloshida ta'kidlash joizki, ba'zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda
irodaviy faoliyat insonning butun shayot yo’lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy
psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon qiladigan va ma'naviy-axloqiy
qadriyatini ro’yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan
uyg’unlashadi. Shuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish
jarayonida shaxs ongli harakat qiluvchi sub'ekt tariqasida ham ularning

kashfiyotchisi, ham bir davrning o’zida ijrochisi (bajaruvchi) bo’lib ishtirok etadi.


Mazkur holatda shaxs o’zida to’kis mujassamlangan qarashlari tizimiga (dinamik
stereotipiga), iymon-e'tiqodga, ishonch va dunyoqarashiga, qadriyatiga, shayotiy
munosabatlari majmuasiga, aql-zakovatiga, ma'naviyatiga asoslangan holda ongli
yo’l tutadi. Shaxsning umr (shayot) yo’lida qadriy xususiyat kasb etuvchi
javobgarlik shissi irodaviy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga
mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy psixologik hartlangan fazilatlar
(qarash, e'tiqod, qadriyat, ma'naviyat va hokazolar) sog’lom fikr, ustuvor (yuksak
tuyg’u) shissiyot tariqasida faollashadi, mustashkamlanadi hamda basholash,
qarorga kelish, tanlash, ijro etish (bajarish) jarayonlariga ta'sir qilib, umumiy
hamkorlik tizimida o’z izini qoldiradi. Javobgarlik shissi shaxs ma'naviyati,
ruhiyati, qadriyati namoyon bo’lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining
boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko’taruvchisi funksiyasini bajaradi.
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish