Morfologiyadan umumiy testlar
1. Qaysi gapda sodda yasama holat ravishi
ishtirok etgan?
A) Dushman bilan tortishayotganingizda ham
mardlarcha fikr bildiring.
B) Ular asta-sekin ko‘zdan olislab borishardi,
biz esa ularni kuzatib qoldik.
C) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda yanada
tezroq yuguradi.
D) Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi,
Jamila esa oyga termilib zavqlanardi.
2. Barcha shodlik senga bo'lsin, bor sitam,
zorlik menga,
Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik
menga.
Ushbu gapda olmoshning nechta ma’no turiga
oid so‘zlar qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 4 ta
3. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?
A) yugurib, harsillab, shoshib
B) arang, mardlarcha, jim
C) dir-dir, kuyinib, yumshoq
D) olg‘a, qiynalib, ko‘p
4. Unsin qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad
bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi.
Ushbu gapda nechta ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmasi qatnashgan?
A) 2 ta B) 4 ta
С) 1 ta D) 3 ta
5. Qaysi gapda ish-harakatni bajarishga
imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalagan
ko‘makchi fe’l qatnashgan?
A) Qishning yaqinlashganidan xabar beruvchi
shamollar esa boshladi.
B) Pastda katta sokin bir daryo oqib yotardi.
C) 0 ‘g‘illar cho‘plarni osonlik bilan sindirib
tashladilar.
D) Unutmangki, bu muammoni faqat
hamjihatlikdagina hal qila olamiz.
6. Qaysi gapda vubormoq fe’li ko‘makchi fe’l
bo‘lib kelmagan?
A) Shunda ho‘kiz shoxini yog‘layotgan
xojayinini suzib yuboribdi.
B) Ular yerni kovlab kirolmabdilar, lekin bir
zumda allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.
C) Otashkurak xo‘rozga tegib, uni bir necha
marotaba yumalatib yuboribdi.
D) Sinf rahbarimiz, Hasan aka, menga
bildirmay G‘anini uyimga yuboribdilar.
7. Quyidagi qaysi gap(lar)da votmoq fe’li
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibida
yetakchi fe’l bo‘lib kelgan?
1) Yorug‘, keng xonadagi karavotlarning
birida qirq yoshlar chamasidagi ayol yotardi;
2) Atrof ko‘m-ko‘k bo‘lib, yo‘l chetida
qoqigullar, lolalar, chuchmomalar qiyg‘os
ochilib yotar edi; 3) Bola chalqancha yota
olmay qiynaldi.
A) 1, 3 B) 2 C) 2, 3 D) 3
8. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
mavjud emas?
A) Mix bolg‘adan qutulaman deb, taxtaga
kirib ketdi.
B) U boshlagan ishni chala tashlab qo‘ya
olmas edi.
C) Oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin. so‘na boshladi.
D) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib
ishlamoqda.
9. Qaysi gapda birgalik nisbatidagi yasama fe’l
qatnashgan?
A) Otasining Dostonni ishlashga majbur
etish uchun qilgan harakatlari natija
bermadi.
B) Ish safari bilan ketgan Davron aka
va Sodiq aka kecha Toshkentga
kelishdi.
C) Hakim bobo har bir niholni parvarish
qilardi.
D) Keyin yana ular doimgidek men haqimda
gapirishdi.
10. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi yasama fe’l
qatnashgan?
A) U behuda so‘zlarni haddan ortiq ko‘p
gapirdi.
B) Keyin dasturxonni yig‘ishtirayotgan
xotiniga ham o‘shqirdi.
C) Maydonda ot o‘ynatayotgan ikki
chavandoz ko‘rindi.
D) Ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqib
yotardi.
11. Qaysi javobda uchta yasama fe’l qatnashgan?
A) Qiz cholga yaqinlashib salom berdi.
U loqaydgina alik oldi.
B) Dunyoda pok odamlar ko‘paysa, порок
odamlar shunchalik kamayadi.
C) Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi,
cho‘zadi, yassilaydi.
D) Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi
qor g‘irchillaydi.
12. Qaysi gapda fe’l + fe’l tipidagi qo‘shma fe’l
qatnashgan?
A) Majnuntol suvga egilib, salom
berayotir.
B) Oygul turishi bilan saroy charaqlab
ketdi.
C) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma
quvonch bilan tikildi.
D) Kech kuz kelib barglar sarg‘ayib
to‘kilmoqda.
13. Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan
ifodalangan gapni aniqlang.
A) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun
o‘ngga qayrildi.
B) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
C) Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi
quvnadi.
D) Bu bino tez fursatda qayta tiklandi.
14. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan
kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) Kitobxonlarga esdalik uchun sovg‘alar
berildi.
B) Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga
osildi.
C) Temuriylar davrida qayta tiklangan bu
qadimiy obida hali-hanuz o‘z salobatini
yo‘qotgani yo‘q.
D) U ot tagiga to‘kilgan bedalarni bir
quchoq qilib supurib olib keldi.
15. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan
kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) 0 ‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir
xalqqa qo‘shilib ketadi.
B) Yuk orqalagan, og‘ ir qoplar ostida
ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar
edi.
C) Bayram arafasida mahallamizda yangi
to‘yxona ochildi.
D) U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida
qiynaldi.
16. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan
kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) To‘kilsa manglay tering,
Unumli bo‘lur yering.
B) Shundan keyin keksa qul
Darxon zindonga tashlanadi.
C) Tandirdan endigina uzilgan nonning hidi
bo‘lakcha bo‘ladi, albatta.
D) Umid - parvozga otlangan lochin,
umidsizlik - oyoqqa bog‘langan tosh.
17. Kesimi o‘zlik nisbatdagi fe’l bilan
ifodalangan gapni aniqlang.
A) Shu kuni keksa qul
Darxon zindonga tashlanadi.
B) Bu qadimiy obida temuriylar
hukmronligi davrida qayta
tiklangan edi.
C) Quyoshli kunlarda paxtalar qiyg‘os
ochildi.
D) Hozirgi kunda milliy xalq
hunarmandchiligiga katta e’tibor
berilmoqda.
18. 0 ‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan
kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) Keldi ochilur chog‘ing,
0 ‘zliging namoyon qil.
B) Oq va qora marvarid donachalari ajoyib
shaklda ipga tizildi.
C) Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin
xayollar girdobida qiynaldi.
D) 0 ‘rtada o‘rnatilgan bo‘ydor
archaga rang-barang o‘yinchoqlar
osilgan edi.
19. Bunda па g‘am bor, na azob, unda yashash
Do'stlaringiz bilan baham: |