Sintaksis.
Gap bo`laklari
1. Bir ega, bir toʻldiruvchi va ikkita aniqlovchi mavjud gapni toping.
A) Hosilning otasi – suv, onasi – yer.
B) Ozod yuraklarga baxt nuri to‘lgan.
C) Mehmonlar kelsa, biz ularni yaxshi kutib olamiz
D) Bu – siz uchun katta sinovdir.
2. Yordamchi soʻz bilan birga qoʻllangan kesimni toping.
A) Qalb salomat bo‘lsa, aql ham, fikr ham salomat bo‘ladi.
B) Aravalar bugun yetib borishsa, ular ertaga qaytib kelishlari mumkin.
C) Havo bulut bo‘lsa ham, yomg‘ir yog‘madi.
D) Sen yig‘lasang, men ham qo‘shilib yig‘lab yuboraman.
3. Qatorida yordamchi soʻzi boʻlgan nomustaqil kesim qaysi gapdaligini aniqlang.
A)Yomg‘ir yog‘sa, cho‘llar yashnaydi.
B) Agar shu ko‘rganlarini hikoya qilib bersa, ular
ishonmaydilar.
C) Razm solsangiz, bu rasmda ko‘p narsani ko‘rolasiz.
D) Mehmonlar kelsa, biz ularni yaxshi kutib olamiz.
4. Gap boʻlaklarining barchasi ham kesimga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlana olmaydigan qatorni belgilang.
A) Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin.
B) Ishlamoq – ishtaha ochar.
C) O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar.
D) Aziz o‘sha kitobni o‘qidi.
5. Doimo bosh kelishik shaklida bo‘lib, egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin boʻlgan sintaktik birlik qaysi qatorda otlashgan?
A) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi.
B) O’qish jafoli, oqibati vafoli.
C) Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.
D) So‘raganning bir yuzi qora, bermaganning ikki yuzi qora.
6. Turlanmay otlashgan soʻz qaysi gapda qatnashgan?
1) Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
2) Bor so‘zlaydi, yo‘q oʻylaydi.
3) Uning dod-voyi falakka yetdi.
4) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi.
A ) 1 B) 4 C) 3 D) 2
7. Fe’lning vazifa shakli otlashgan qatorda necha xil soʻz turkumi mavjud?
1. O‘lmas kechqurun juda horg‘in uyga qaytib keldi.
2. Yugurish sportning bir turidir.
3. Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar.
A) 3 B) 5 C) 4 D) 2
8. 1. Fikrlar o‘zingniki bo‘lsin.
2. Hammasini aytib berishing darkor.
Ushbu ikki gapning taqqoslangani boʻyicha toʻgʻri hukm(lar)ni toping.
1) biri egasi mavjud gap, ikkinchisi egasi mavjud boʻlmagan gap; 2) biri fe᾽l kesimli, ikkinchisi ot kesimli gap; 3) biri faqat bosh boʻlakli, ikkinchisi, bosh va ikkinchi darajali boʻlakli gap;
4) biridagi soʻzlarning barida koʻmakchi morfema bor, ikkinchisida esa hammasi ham koʻmakchi morfemali emas.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 3, 4
9. Xursand edi, qiziqarli bo‘ldi, ozod bo‘ldi, oz emish, xursand bo‘ldi, ko‘p edi. Yuqorida berilganlardan nechtasini ot kesim vazifasida qo‘llab, gaplar tuzsa boʻladi?
A) uchtasini B) beshtasini
C) oltitasini D) toʻrttasini
10. 1. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz – do‘stini.
2. O‘lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga qaradi.
3. Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.
4. Mastura Mashrabning ko‘zlariga qadalib qaradi.
5. Yalqov bilan anqov – dushman uchun katta ov.
6. Kamtarlik kishiga zeb-u ziynatdir.
7. Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar.
8. Qo‘shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi.
Nechta gapda ega yasama soʻz bilan ifodalangan?
A ) 7 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
11. Yugurish – sportning bir turi. Bundagi tirening qoʻllanish sababining toʻgʻri izohini toping.
A) ega ta᾽kidlangani uchun
B) bosh boʻlak harakat nomi shaklida boʻlgani bois
C) koʻrsatish olmoshi ta᾽kidlanganda
D) ot kesim kesimlik shakllarisiz holda qoʻllangani uchun
12. Shaxsi noma᾽lum gap qaysi qatorda berilgan?
A) Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring.
B) So‘zimning ustidan chiqaman.
C) Yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan o‘tamiz.
D) San-manga bormaylik, masalani odillik bilan hal etish kerak.
13. “Bunday gaplarning kesimi, odatda, I va II shaxs shaklida bo‘ladi”.
Yuqoridagi qoidaga binoan berilgan gapni belgilang.
A) Musobaqada yutish shart.
B) Avtobusga orqa eshikdan kiriladi
C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
D) Sermanzara bog‘ni tomosha qilib yurgan edim.
14. 1. Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma.
2. Onalarimizni avaylaylik!
3. O‘ylab qarasam, haq ekansiz.
4. Boshing osmonga yetgan bo‘lsa ham, kallangni xam qil. Nechta gapda ega ifodalangan?
A ) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) ega ifodalanmagan
15. Egasi ma᾽lum, ammo ifodalanmagan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Ko‘ngilda armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga to‘g‘ri keldi.
B) Ko‘p o‘tmay tandir kabobni ochish marosimini boshlashdi.
C) Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak.
D ) Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir.
16. Asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o‘tgan zamon shakllaridagina keladigan gapga misol qaysi gapda mavjud?
A) Amu–Buxoro kanali. Qaqragan ming-ming gektar yerlarga hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot.
B) O‘ylamasdan berilgan topshiriqni bajarish shart emas.
C) Sermanzara bog‘ni tomosha qilib yurgan edim.
D) Sog‘liq tilasang, ko‘p yema.
17. Mana, uy ham qurildi, suv quvurlari o‘tkazildi,
elektrlashtirish va gazlashtirish ishlari bitkazildi.
Ushbu misolning kesimi majhul nisbati shaklidan holi qilinsa, ega qanday sintaktik vazifada keladi?
A) vositali toʻldiruvchi B) egaligicha qoladi
C) qaratqichli aniqlovchi D) vositasiz toʻldiruvchi
18. Bir soat o‘tar-o‘tmas hovli supurildi, so‘rida xontaxta va dasturxon tuzaldi, hovli yuziga suvlar sepildi, hovuz bo‘yi, xontaxta ustiga ko‘chma chiroqlar o‘rnatildi.
Gapdagi egalar tarkibida oʻrniga koʻra til undoshi boʻlmagan nechta undosh mavjud?
A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta
19. Qaysi gapda bo'lishsizlik olmoshi ega vazifasida kelgan?
A) U haqda hech qanaqa xat-xabar yo'q.
B) Hech narsa yeyishni xohlamayman.
C) Ustun bo'lgan emas dunyoga hech kirn.
D) Haqing berma hech kimga.
20. Qaysi javobda atov gap berilmagan?
A) Hovli jimjit. Uydagilar ketib qolishgan.
B) Bahor. Dalada ish qizg‘in.
C) Yodimdadir: gul chog‘i erdi.
D) Yam-yashil o'tov. Hulkar kelsa sevinadi.
21. Qaysi javobda sodda kesim(lar) qatnashgan gap berilgan?
A) Toshkent O'zbekiston Respublikasining poytaxti hisoblanadi.
B) Bugun to'garakka borishimiz lozim.
C) U birdaniga to'nini teskari kiyib oldi.
D) Mingbuloq o'zi yaxshi, suvi serob, lekin u qarovsiz.
22. Bir kun ko‘zlarimdan qochdi uyqular,
Bir kun yuragini ochdi tuyg‘ular.
Men seni esladim entikib, yonib,
Men seni izladim baridan tonib.
Ushbu she’riy parchadagi egalarni aniqlang.
A) bir kun, bir kun, seni, seni
B) bir kun, bir kun, men, men
C) uyqular, tuyg'ular, seni, seni
D) uyqular, tuyg’ular, men, men
23. Nomustaqil kesim shakli qaysi gapda qo‘llanmagan?
A) Mehnat qilsang, baxting ochiladi.
B) Kimki ulug’ bo‘lsa, unga xizmat kerak.
C) Hamma ham sizday aqlli bo’lsa edi.
D) Yerga ursang, ko’kka sapchiydi.
24. Quyida berilgan gapdagi ibora qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan? Daladagi hosilni ko’rib, raisning boshi osmonga yetdi.
A) ega B) to'ldiruvchi C) kesim D) aniqlovchi
25. Biror chaqirim yurilsa, bu yo’l katta guzarga olib chiqadi. Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l shakli qanday sintaktik vazifada kelmoqda?
A) kesim B) to'ldiruvchi C) hol D) ega
26. Berilgan gapdagi qulog'iga quydi birikmasi qaysi qatorda to'g'ri izohlangan?
1. Shifokor dorini bolaning qulog'iga quydi.
2. Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini o'glining qulog‘iga quydi.
A) har ikkala gapda: qulog'iga – to'ldiruvchi,
quydi – sodda kesim
B) 1-gapda: qulog'iga – to'ldiruvchi, quydi – sodda kesim;
2-gapda qulog'iga quydi – sodda kesim
C) 1-gapda: qulog'iga – to'ldiruvchi, quydi – sodda kesim;
2-gapda qulog'iga quydi – murakkab kesim
D) har ikkala gapda: qulog'iga quydi – murakkab kesim
27. She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi nechta sodda gapning kesimi yasama so‘z bilan ifodalangan?
A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |