shoirning qabristonga yaqinlashganda
otdan tushishi sababini so'rabdilar.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi
to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar
sanaladi.
B) Gapda fe’l nisbatlarining ikki turi
qatnashgan.
C) Gapdagi barcha fe’llar tub fe’llar
sanaladi.
D) Gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turi
qatnashgan.
72. Nafis chayqaladi bir tup na’matak
Yuksakda shamolning belanchagida,
Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o ‘shshaygan qoya labida.
Ushbu she’riy parchada qatnashgan fe’llar
haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda barcha fe’llar o‘timsiz
fe’llar sanaladi.
B) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining
to‘rt turi qatnashgan.
C) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi
qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda
yasama fe’llar sanaladi.
73. U giloslar ostiga qo‘yilgan panjaralari
ko‘k bo‘yoq bilan sirlangan katta
yog‘och karavotda yonboshlab
o'tirar edi.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri
ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining
faqat bir turi qatnashgan.
B) Ushbu gapda o‘timli va o‘timsiz fe’llar
qatnashgan.
C) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi
qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda
yasama fe’llar sanaladi.
74. Haqiqat tikanli gulga o ‘xshaydi, shuning
uchun ham и hidlashni bilmaganlarning
burniga sanchiladi.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri
ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi
qatnashgan.
B) Ushbu gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz
fe’llar sanaladi.
C) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda tub
fe’llar sanaladi.
D) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turigagina oid fe’llar qatnashgan.
75. Haqiqat tikanli gulga o ‘xshaydi, shuning
uchun ham и hidlashni bilmaganlarning
burniga sanchiladi.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid qaysi
ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapda o‘timli va o‘timsiz fe’llar
qatnashgan.
B) Ushbu gapdagi tobe bog‘lanishda fe’lning
fe’lga bog‘lanishi kuzatiladi.
C) Ushbu gapdagi barcha fe’llar tobe
bog‘lanishlarda faqat hokim qism
vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapda fe’lning otga bog‘lanishi
kuzatiladi.
76. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni
hamjihatlikka, birodarlikka va
samimiyatga chorlaydi.
Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid
to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapdagi otlar aniqlovchi, ega,
to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
B) Ushbu gapdagi barcha otlar mavhum
otlar sanaladi.
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida
yasama otlar hokim qism va tobe qism
vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapda tub va yasama otlarning
qatnashishi kuzatiladi.
77. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni
hamjihatlikka, birodarlikka va
samimiyatga chorlaydi.
Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid qaysi
ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapda aniq va mavhum otlar
qatnashgan.
B) Ushbu gapdagi barcha otlar
tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir turga oid
hisoblanadi.
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida
hokim qism vazifasini bajargan ot
qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi otlar ega va to‘ldiruvchi
vazifasini bajargan.
78. Hayot go‘zal, hayot maroqli,
Shuning uchun erka ko‘ngil shod.
Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar
haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Ot turkumidan yasalgan asliy sifat
ishtirok etgan.
B) Tub va yasama sifatlar ishtirok etgan.
C) Aniqlovchi vazifasida qo‘llangan yasama
sifat ishtirok etgan.
D) Kesim vazifasini bajargan sifatlar
ishtirok etgan.
79. Hayot go'zal, hayot maroqli,
Shuning uchun erka ko‘ngil shod.
Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar
haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) Asliy va nisbiy yasama sifatlar ishtirok
etgan.
B) Tub sifatlar tobe bog‘lanishlarda faqat
hokim qism vazifasida qo‘llangan.
C) Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan.
D) Ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida
qo‘llangan nisbiy sifat ishtirok etgan.
80. Hayot go‘zal, hayot maroqli,
Shuning uchun erka ko'ngil shod.
Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Otdan yasalgan sifat ishtirok etgan.
B) Faqat oddiy darajadagi sifatlar ishtirok
etgan.
C) Egani aniqlab kelgan nisbiy sifat ishtirok
etgan.
D) Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan.
81. Qaysi gapda kesim vazifasida kelgan
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?
A) 0 ‘ym-kulgi, askiya yarim kechagacha
cho‘zilib ketdi.
B) So‘zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi
haqida faxrlanib gapirardilar.
C) El suygan xonanda o‘zgacha qiyofada
televideniyeda chiqar edi.
D) Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma
kunga borib kelsin.
82. So‘ri oldida chiroyli, xushbo‘y, ко‘т-ко‘к,
sariq gullar o ‘sib yotardi.
Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan
qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Otlashgan sifat qatnashgan.
B) Sifatlar uyushiq aniqlovchi vazifasini
bajargan.
C) Tub va yasama sifatlar qatnashgan.
D) Sifatlar ma’noviy jihatdan uch turga oid.
83. Qaysi gapda 2 o‘rinda buyruq-istak
maylidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan?
A) ≪ 0 ‘rningdan tura qol, do‘stim,
tashqariga chiqaylik≫, - dedi u.
B) Yomg‘ir tezroq tinsa edi, qishloqqa
qiynalmay yetib olardik.
C) Akangni chaqir, bugungi ishi uchun
javob bersin.
D) ≪Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab
qo‘yay≫, - dedi zavqi oshib.
84. Hosildan bo‘shagan kuzgi dalalarda ishlash
maroqli.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqida
berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Fe’l yasovchi qo‘shimchaning otga
qo‘shilishi kuzatiladi.
B) Yasama sifat 2 o‘rinda qatnashgan.
C) Sifat yasovchi qo‘shimchalarning otlarga
qo‘shilishi kuzatiladi.
D) Yasama fe’l faqat bir o‘rinda qatnashgan.
85. Uyning qiya ochiq eshigi oldida turgan
bolakay sekingina ichkariga kirdi.
Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Gapda asosi o‘z shakldoshi bilan turli
turkumga oid bo‘la oladigan kesim
vazifasidagi fe’l qatnashgan.
B) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la
oladigan ega vazifasidagi ot qatnashgan.
C) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh
bo‘la oladigan qaratqich aniqlovchi
vazifasidagi ot qatnashgan.
D) Gapda asosi ot bilan shakldosh bo‘la
oladigan sifatdosh qatnashgan.
86. Charchamang, ko‘zlarim, boqay
to'yguncha,
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko'ngil.
Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi
qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapdagi kesim vazifasida
kelgan fe’llar buyruq-istak maylida
qo‘llangan.
B) Ushbu gapda hokim qismga bitishuv
usulida tobelangan fe’l qatnashgan.
C) Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan
ravishdosh qatnashgan.
D) Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l
qatnashgan.
87. ≪Institutni bitirgan yilim meni
aspiranturaga qabul qilishdi va men yana
shaharda qoldim≫, - deb so‘zini davom
ettirdi и biroz o'ylangandan so‘ng.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi
qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Gapdagi sifatdoshlar 2 xil nisbatda.
B) Sof fe’llarning faqat 2 tasi xabar
maylidagi fe’l sanaladi.
C) 0 ‘timli fe’llarning 1 tasi birgalik
nisbatida.
D) 1 o‘rinda orttirma nisbatdagi sof fe’l
qatnashgan.
88. Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular
o'ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar,
ammo ularning indamay qilgan
razilliklari tufayli, afsuski, yer
yuzida haligacha sotqinlik va qotillik
yashamoqda.
Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Kesim vazifasida kelgan fe’l + fe’l
tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan.
B) Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan
qo‘shma sifat qatnashgan.
C) Kesim vazifasida kelgan sodda yasama
so‘z qatnashgan.
D) Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda
yasama otlar qatnashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |