Gapda so`zlarning o`zaro bog`lanishgi.
1. Qaysi gapda ham vositali to‘ldiruvchi, ham vositasiz to‘ldiruvchilarni bevosita tobelantirib kelgan kesim qatnashgan?
A) Insonning haqiqiy qadr-qimmati
shundaki, uni hatto hasadchilar
ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
B) Uquvsiz insonga qattiqqo‘llik bilan
bilim yo hunar o‘rgatib bo‘lmaydi.
C) Odamlarni bir-biridan ajratadigan
so‘zni aytishdan saqlaning.
D) Derazaning ochiq tabaqasidan
kirayotgan mayin shamol darpardani
xomiishgina silkitardi.
2. Tobe boglanishlarda ham tobe,
ham hokim qism vazifasini bajargan
vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni
aniqlang.
A) Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni
aytishdan saqlaning.
B) Tilda xalqning bor-yo‘g‘ i, uning vatani
butkul gavdalanadi.
C) So‘z - inson qudratining qo‘mondoni, u
hayotning buyuk qurolidir.
D) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi,
faqat aqlli kishigina uni aytmaydi.
3. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga
tobelanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi
qatnashgan?
A) Yaxshi insonni hatto hasadchilar
ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
B) Ey farzand, hamisha fozillar bilan
hamsuhbat bo‘lishni o‘zingga
odat qil.
C) Bema’ni fikrlar har kimda ham
bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni
aytmaydi.
D) Til do‘stlik va hamjihatlikni
qaror toptirishning eng muhim
vositasidir.
4. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan
ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi
qatnashgan gapni aniqlang.
A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan
kamgap va qaysargina bir bola edi.
B) G‘ulomjon tabiatan quvnoq, sho‘x yigit edi.
C) Shoir do‘stlikni ulug‘lab ko‘plab she’rlar bitgan.
D) Qollarining keskin harakati bilan xalqqa
tinchlanishni buyurdi.
5. Qaysi gapda tobe va hokim qismlari yasama
so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi
uchraydi?
A) Tabobatda achchiqtoshdan juda unumli
foydalaniladi.
B) Cho‘lning, yillar o‘tsa ham, eskirmagan
tartib-qoidalari bor.
C) Darhaqiqat, shoirning yuragi sof
tuyg‘ulardan oziqlanadi.
D) Insonlarga qilingan yaxshilik umrga sayqal
beradi.
6. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan
ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi
qatnashgan gapni aniqlang.
A) Kitob mutolaasi inson aqlini charxlaydi.
B) Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach,
hammamiz yo‘lga otlandik.
C) Xalq achchiqtoshdan davo sifatida foydalanadi.
D) G‘ulomjon ertalab atayin sizni izlab kelgan
ekan.
7. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan
bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan gapni
aniqlang.
A) Har birimiz bilimlarimizni muntazam
boyitishga intilishimiz kerak.
B) Keng moviy dengizlar va baland tog‘ lar
bag‘rida sayr etish inson aqlini charxlaydi.
C) Mutafakkirlarimiz ilmsiz insonlarni
mevasiz daraxtga o‘xshatganlar.
D) U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar,
gapni gapga ulab yuborar edi.
8. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan
bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni
aniqlang.
A) Sababsiz kulgi yomon tarbiya
natijasidir.
B) U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, sira
to‘xtamas edi.
C) Ezgulik yo‘lida qilingan yaxshilik umrga
sayqal beradi.
D) Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat
keltiradi.
9. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan
bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni
aniqlang.
A) Dilozordan Xudo bezor.
B) U kuyovining bachkana qiliqlariga ichida
bir g‘ ijinar edi.
C) Serdaraxt o‘rmonni suv olmas.
D) Lekin u bu haqda tirnoqcha ham
qayg‘ urmayapti.
10. Faqat hokim qismigina yasama
so‘z bilan ifodalangan bitishuvli
so‘z birikmasi qatnashgan gapni
aniqlang.
A) U kuyovining bu qiliqlariga ichida
g‘ ijinar edi.
B) Ko‘ksim tog‘ etgan - Vatan sevgisi.
C) Lekin u bu haqda tirnoqcha ham
qayg‘urmayapti.
D) Mevasiz daraxt faqat o‘tinlikka
yaraydi.
11. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan
ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi
qatnashgan gapni aniqlang.
A) Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham
darrov fahmlaydi.
B) Mevali daraxtga tosh otadilar.
C) Darhaqiqat, shoirning yuragi sof
tuyg‘ulardan oziqlanadi.
D) Kitob bilan do‘stlashgan insondan
yomonlik chiqmaydi.
12. Hokim qismigina yasama so‘z bilan
ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi
qatnashgan gapni aniqlang.
A) Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat
keltirishi mumkin.
B) Kitob bilan do‘stlashgan insondan
yomonlik chiqmaydi.
C) U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar,
- sira to‘xtamas edi.
D) Do‘stlari uning asl niyatini darrov
fahmladilar.
13. Tobe qismigina yasama so‘z bilan
ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi
qatnashgan gapni aniqlang.
A) Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham
darrov fahmlaydi.
B) Men o‘zimni kulgidan to‘xtata
olmadim.
C) Bemaza qovunning urug‘ i ko‘p.
D) Kitob mutolaasi inson tafakkurini
rivojlantiradi.
14. Tobe qismi ham, hokim qismi
ham yasama so‘z bilan ifodalangan
boshqaruvli so‘z birikmalarini
aniqlang.
1) yutuqdan ruhlanmoq;
2) bilimdon o‘quvchi;
3) ta’sirli so‘zlamoq;
4) tuyg‘ularni his qilish;
5) yurtdoshlarga g‘amxo‘rlik.
A) 1, 4, 5 В) 1, 3, 5
С) 1, 2, 4 D) 2, 3, 4
15. Faqat hokim qismi yasama so‘z bilan
ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalarini
aniqlang.
1) qat’iy ishonch;
2) jadal rivojlanmoq;
3) o‘tkir o‘roq;
4) aniq fikrlash;
5) gul taqdim etmoq.
A) 2, 3, 4 В) 1, 2, 5
C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 4
16. Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama
so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z
birikmalarini aniqlang.
1) chiroyli gapirmoq; 2) tez harakatlanmoq;
3) bilimdon o‘quvchi; 4) ta’sirli so‘zlamoq;
5) kitobxonlar ishtiroki.
A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 5
С) 1, 3, 4 D) 3, 4, 5
17. Haqiqat tikanli gulga o'xshaydi, и hidlashni
Do'stlaringiz bilan baham: |