28. Qulog‘im sizlarda, mehmonlar. Gapning egasini toping.
A) mehmonlar B) sizlarda
C) qulog'im D) ega ifodalanmagan
29. Ayol qalbi tosh bo'lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq,
ipakdan mayin bo'ladi. Ushbu gapda gumon olmoshi qaysi gap
bo'lagi vazifasida kelgan?
A) o'rin holi B) to'ldiruvchi
C) ega D) aniqlovchi
30. Qo’llari ketmon, o‘roq, ayri ushlayverganidan g‘adirbudur, haqiqiy dehqon edilar.
Ushbu gapda sifatlar qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) ega, kesim
C) kesim, aniqlovchi D) aniqlovchi, hol
31. Qaysi gapda olmosh turkumiga mansub so‘zlar faqat ega va aniqlovchi vazifasida kelgan?
A) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi.
B) Nima ro‘zg’orga kerak bo‘lsa, dadam o’shani bozordan keltiraverar edi.
C) Har kim o’z og'zining qorovuli bo’lsa, uning nafasi hech qachon bo’g‘ilmaydi.
D) Kimki shoshilmay, aql-u tad bir bilan ish tutsa, u o‘z maqsadlariga oson erishadi.
32. Quyida berilgan gapda nechta aniqlovchi qatnashgan? Mustaqillik – chinakam fidoyilar tufayli boqiydir. Chunki bu ozod kunlarni orzu qilgan, buning uchun kurashgan,jonni fido qilgan insonlar nomini tarix hech qachon unutmaydi
A) 4 ta B) 6 ta C) 2 ta D) 7 ta
33. Qaysi gapda asosi yasama sifat bo’lgan ot aniqlovchi vazifasida kelgan?
A) Vafoli odamning do’stlari ham samimiy bo’ladi. B) Sergaplik dushmaningizdir, chunki u sening aybingni ochib tashlaydi.
C) Senga beradigan maslahatim shuki, umidsizlikka tushma.
D) Andishasizlikning hosili – xijolat.
34. Toshlar orasidan mo‘ralab asta, Ko‘kargan maysani ko’rdim yuqori. Ushbu she’riy parchada yasama so’z qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?
A) hol B) kesim C) to’ldiruvchi D) aniqlovchi
35. Butoqlarda minglab qushlar chax-chax sayraydi. Ushbu gapda tagiga chizilgan so’z qaysi turkumga mansub va qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajargan?
A) undov so’z, hol B) undov so‘z, aniqlovchi
C) taqlid so‘z, aniqlovchi D) taqlid so‘z, hol
36. Quyida berilgan gapdagi ibora qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? Daladagi hosilni ko’rib, raisning boshi osmonga yetdi.
A) kesim B) ega C) aniqlovchi D) to‘ldiruvchi
37. Vatanimizni jon-dildan sevamiz. Ushbu gapda juft so’z qaysi gap bo’lagi vasifasini bajargan?
A) vositali to’ldiruvchi B) vositasiz to’ldiruvchi
C) tarz holi D) daraja-miqdor holi
38. Qaysi gapda daraja-miqdor holi ishtirok etgan.
A) Ko‘p ota-onalar buni bilishmadi.
B) Paxta to’g‘risida ko’p yozdi.
C) Bu voqea ko‘plarni quvontirdi.
D) Bu ko‘pchilikning fikri edi.
39. Qaysi gapning kesimi o‘tgan zamon ijro maylidagi fe’l bilan ifodalangan?
A) 16 asr oldin toshga o‘yib bitilgan O‘rxun bitiklarini o‘qing.
B) Tushimda qayerlargadir borib qolibman.
C) O‘rtog‘ingni quruq jo’natmaylik, qizim.
D) Har holda menga o’xshagan o’yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak topiladi.
40. Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati, – deb yozadi A.Avloniy, – yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir. Ushbu gapda sifatlovchi-aniqlovchilar qaysi gap bo’laklariga bog’langan.
A) vositasiz to'ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi
B) vositali to'ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi
C) vositali to'ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi va kesim
D) qaratqich aniqlovchi va kesim
41. Undov so‘zlar otlashib, gapda qaysi bo'lak bo‘lib kela oladi? 1) ega; 2) kesim; 3) to'ldiruvchi; 4) aniqlovchi
A) 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
42. Samarqandda kecha ming kishilar jamoa fuqaroligini orzu etib, bizni hujra eshigini qoqdilar. Gapdagi qaysi bo'lakda xato yozilish mavjud?
A) ega B) qaratqich aniqlovch
C) vositasiz to‘ldiruvchi D) sifatlovchi-aniqlovchi
43. Quyidagi gapda nechta o‘rinda aniqlovchi qo’llangan? Uning nurlarida qishning poyonsiz oq ko‘rpasi mayda oltin uchqunlatib, hamma yoqni chuqur jimjitlik bilan o’rab yotardi.
A) 4 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5 ta
44. Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. Belgisiz qo’llangan qaratqich aniqlovchi qaysi gap bo’lagiga bog’langan?
A) aniqlovchiga B) to‘ldiruvchiga
C) kesimga D) egaga
Do'stlaringiz bilan baham: |