yutuqlari ko‘rgazmasida oltin medalni
qo‘lga kiritdi.
Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar
haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni
aniqlang.
A) Yasama so‘zlarning barchasi fe’ldan
yasalgan.
B) Ushbu gapda ot va sifat turkumiga oid
yasama so‘zlar qatnashgan.
C) Yasama so‘zlar ega va aniqlovchi
vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapdagi yasama otlarning
barchasi o‘rin-joy otlariga mansub.
65. Qaysi gapda ega vazifasida kelgan belgilash
olmoshi qatnashgan?
A) Agar otaxon guzardan hassasini
do‘qillatib o‘tib qolsa, hamma barobar
qalqib turardi va to o‘tib ketguncha
ta’zim qilardi.
B) Har birining navkarlari o‘zlariga
qarashli yuklarni tuya qo‘shilgan .
og‘ir aravalarga ortib kelmoqda
edilar.
C) Shu tariqa hech kim hech qachon
adashib ketmas, hamma ishtirokchilar
sahnaga o‘z vaqtida chiqardi.
D) Har qaysi millatning o‘ziga xos
ma’naviyatini shakllantirish va
yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning
o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
66. Qaysi javobdagi olmoshlar haqida berilgan
ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ko‘rsatish olmoshlariga egalik va
jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi
qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush
orttirilishi kuzatiladi.
B) So‘roq olmoshlariga alia- yoki -dir
qo'shimchasini qo‘shish yo‘li bilan
hosil qilingan olmoshlar bo‘lishsizlik
olmoshlari hisoblanadi.
C) To‘pdan ajratilgan yoki jamlab
ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi,
harakat-holatlarni ifodalaydigan
olmoshlar belgilash olmoshlari
sanaladi.
D) Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi
olmoshlar kishilik olmoshlari
hisoblanadi. Ayrim kishilik olmoshlariga
-ni, -nine, -niki qo‘shimchalari
qo‘shilganda tovush tushishi kuzatiladi.
67. Qaysi javobda o‘zaro bir xil turkumga oid
so‘zlar bilan ifodalangan uyushiq ravish holi
qatnashgan?
A) U hayajon bilan, tez-tez, bo‘g‘ilib so‘zlar
edi.
B) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda,
bo‘g‘otlarda chumchuqlar chirqillashadi.
C) Podsho goh kulib, goh jiddiy, goh o‘y
bilan quloq soldi.
D) Qush goh ko‘tarilib, goh pastlab bir
joyda uchib turdi.
68. Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan
o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan
olmosh qatnashgan?
A) Vatan sajdagoh kabi muqaddas
sanaladi. Uni hamisha asrab-avaylaymiz.
B) Do‘stimdan juda minnatdorman: undan
irodali bo‘lishni o‘rgandim.
C) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho
ma’naviy mulki. Ulardan hamisha
foydalanishimiz mumkin.
D) Yigitning lablari pir-pir uchar edi, u
qo‘rquvdan atrofga alanglar edi.
69. Kitoblar - insoniyatning eng bebaho
ma’naviy mulki, mislsiz xazinasi.
Ulardan har birimiz foydalanishimiz,
aqlimizni xohlaganimizcha ularning
dur-u javohirlari bilan to‘ldirishimiz
mumkin.
Ushbu parchada qatnashgan olmoshlarga
oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu parchadagi olmoshlarning
to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zga ishora
qilishi kuzatiladi.
B) Ushbu parchadagi olmoshlar to‘ldiruvchi
va hoi vazifasini bajargan.
C) Ushbu parchadagi olmoshlarning
barchasi tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir
turga oiddir.
D) Ushbu parchadagi olmoshlar olmoshning
ikki ma’noviy turiga oiddir.
70. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat,
ham dadillik baxsh etardi.
Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim
qismga bitishuv usulida birikkan.
B) Gapdagi mavhum otlar otlarning
tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir.
C) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap
bo‘lagi vazifasida kelgan.
D) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil
turkumga oid so‘zdan yasalgan.
71. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar
Do'stlaringiz bilan baham: |