Aynabekov Oybekning



Download 2,04 Mb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#722607
  1   2
Bog'liq
2 5188368751820544102






Toshkent Viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti
Tabiiy Fanlar Fakulteti Geografiya va Iqtisodiy Bilim


Asoslari Ta`lim Yo`nalishi 20/2 Guruh Talabasi


Aynabekov Oybekning


Pedagogik Amaliyotdan Hisoboti
Bajardi: Aynabekov O.
Qabul qildi: Djumaboyeva S. K.
Chirchiq 2022
Reja :


  • Amaliyot hujjatlar bilan ishlash.

  • Reja ishlab chiqarish.

  • Fan oyligiga tayyorgarlik.

  • O`qituvchining me`yoriy hujjatlari.

  • Darsga tayyorgarlik

  • Dars tahlili.

  • Tadbir va viktorinalar.

  • O`quvchilar bilan ishlash.

  • Fan oyligi yopilishi.

  • Sayohat.

  • Dala amaliyoti.

  • Dars tahlili.

  • Ochiq dars o`tkazish.

  • Me`yoriy hujjatlar bilan ishlash.

  • Amaliyot hujjatlarini yakunlash.

Pedagogik amaliyotga amaliyot rahbarimiz bilan borgan birinchi kunimiz ta`lim muassasa haqida umumiy ma`lumotlar, bizga biriktirilgan sinf, fan o`qituvchisi, ilmiy bo`lim mudiri va vazifalarimiz, majburiyatlarimiz haqida tushunchalar berilib o`tildi.


Amaliyotning o`quv – tarbiyaviy ishi, rejalarning taqvimi, kundalik bajaradigan ishlarni, tadbirlar, fan oyligi mavzulari haqida ham tanishdik. Dars taxlili, dars o`tilayotgan payt nimalarga ahamiyat berilishi haqida ham o`rgandik.
Amaliyot davomida fan o`qituvchining o`quv rejalari, bir yil davomida qilinadigan ishlari, sinf yoki guruh jurnalini to`ldirish qoidalari, fan o`qituvchilari o`zlarining konspekt daftarlari, oraliq, yakuniy nazorat olinish tartiblari, o`quvchilar daftari tutilish tartibi, o`quvchilarni hozirda yangi elektron kundaligi bo`lmish ya`ni “ Kundalik.com ” sayti orqali baxolash, ularni davomat qilish, ota – onalari bilan aloqada bo`lish tartiblarini o`rgatishlarini ta`kidladilar.
O`quvchilarning e`tibori va diqqatini tortish usullari, ularni fanga qiziqishlarini aynan qaysi usul bilan tezroq amalga oshirish, faol o`quvchilar bilan qanday ishlash, qoloq – tortinchoq, boshqalarga qo`shilmaydigan, passiv o`quvchilar bilan qanday murosaaga kelib, darsga qaytarish va qatnashtirish haqida keng suhbatda bo`ldik.
Bolalarni rag`batlantirish, ularni shijoatini ko`tarib ruhlantirish, bilimiga ishonishimiz va bu bilimlarni yanada ko`paytirishimizni bot – bot takrorlasak, ularni yaxshi, faol o`quvchi bo`lishini sezdik. Ularni yanada diqqatini oshirish va tushuncha paydo qildirish uchun ko`rgazmali qurollar, slayd yoki rangli tarqatmalardan foydalanishimiz maqsadga muvofiqligi tushuntirdilar.
Aynan fanga qiziqmaydigan, darsga, o`quvchilarga va o`qituvchilarga xalaqt beradigan o`quvchilar bilan ko`proq ishlashimiz, ularni rag`batlantirishimiz, birinchi onson keyinchalik murakkablashgan topshiriqlar bilan o`quvchilar bilan ishlashni yo`lga qo`yish haqida fikr almashdik.
Yuqorida sanalgan pedagogik metodlarni amaliyot davrida qo`llaymiz va bilim, ko`nikma, malakamizni oshiramiz.

Pedagogik amaliyot davrimiz ham boshlandi. Bugun 7 – “A” sinf o`quvchilari xonasida geografiya fani darsida amaliyot qildim.


Dars 11:25 dan 12:10 gacha vaqt oralig`ida bo`lib o`tdi. O`qituvchi tomonidan davomat qilindi. 23 nafar o`quvchining hammasi bor. Xonada darsga tayyorgarlik yaxshi. Har bir o`quvchida daftar, kitob, o`quv qurollari mavjud. Xarita olib kirilgan. Xona gigienik talabdan toza, doska artilgan. Navbatchi o`rnidan turib bugungi sana, ob-havo, o`tilgan mavzu haqida ma`lumot berdi.
O`quvchilar bilan salomlashib tanishib oldik. Fan o`qituvchisi meni tanishtirdi, bolalarga meni o`rnak qilib ko`rsatib, o`qish kerakligi, o`zlarining kuchi bilan oliy ta`limga qabul qilina olishi haqida biroz to`xtaldi. So`ng, darsga qaytildi. Jahonda va yurtimizda bo`layotgan yangiliklar haqida aytib o`tildi. Bugungi yangi mavzu Chirchiq-Ohongoron tabiiy geografik okrugi edi. O`quvchilarga mavzu tushuntirildi. Mavzu yuzasidan qiziqarli ma`lumotlar berib o`tildi. Nega aynan Chirchiq-Ohongoron tabiiy geografik okrugi asosan ikkta viloyatdan va unga tutash tog’lardan tashkil topganligi, atrofini o’rab olgan tog’lar tabiati ham xilma-xilligi, uning boshqa tabiiy geografik okrugdan farqi, tabiiy geografik okrugi sifatida qaralishi haqida tushuncha berildi.
Mavzu yuzasidan tezkor savol javob o`yini o`ynaldi. Savollarga o`quvchilar dadil va tez javob berishdi. Bundan ko`rinib turibdiki o`quvchilarga yangi mavzuni yaxshi tushuntirilgan. O`quvchilarga uy vazifasi qilib, yozuvsiz xaritada Chirchiq-Ohongoron tabiiy geografik okrugi bo`yab kelish, dars mavzusi bo`yicha blits savollar va faktlar tayyorlab kelish, mavzuni kanspekt va atamalarni yozib chiqish berildi.
Kamchiliklari : dars davomida bolalar shovqin qilishdi, rag`batlantirishga ulgurmadi. Yutuqlari : barcha o`quvchilar faol, savol javob o`ynashni o`zlari taklif qilib berishdi va o’qituvchi tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan tadbirlar amalga oshirildi, o’quvchilar kerakli bilim va ko’nikmalarga ega boldi.

Pedagogik amaliyotimiz davom etmoqda. Bizning amaliyotimiz asosan kuzatish, taxlil qilish va o`rganishga qaratilgan. Shu sababli darslarni kuzatishda davom etmoqdamiz. . Bugun 7 – “A” sinf o`quvchilari xonasida geografiya fani darsida amaliyot qildim.


Dars 11:25 dan 12:10 gacha vaqt oralig`ida bo`lib o`tdi. O`qituvchi tomonidan davomat qilindi. 23 nafar o`quvchidan 3 nafari darsda yo`q. 2 nafari sababli.
Xonada darsga tayyorgarlik yaxshi. Har bir o`quvchida daftar, kitob, o`quv qurollari mavjud. Xarita olib kirilgan. Xona gigienik talabdan toza, doska artilgan. Navbatchi o`rnidan turib bugungi sana, ob-havo, o`tilgan mavzu haqida ma`lumot berdi. Biroz o`quvchi hayajonlandi.
Bugungi yangi mavzu Farg’ona tabiiy geografik okrugi. Uning geografik o`rni, chegaralari, boshqa rayonlardan ajralib turuvchi xususiyatlari va hokozo haqida alohida to`xtalindi.
Dars davomida o’qituvchi darsni qiziqarli va mazmunli o’tkazish maqsadida darsda qatnashayotgan o’quvchilarni ikkta guruhga bo’ldi va Farg’ona tabiiy geografik okrugi haqida bilgan malumotlar yuzasidan savol javob tashkil etdi dars juda qiziqarli boshlandi va o’quvchilarning bilimi ham ortib bordi, xatto savol javobga ozim ham qoshilib kettim. S
Dars oxirida okrugning tabiiy geografik o’rni, ichki suvlari, atrofini o’rab olgan tog’lar va tuproq qatlami, osimlik hamda hayvonot olami haqidagi savollarga javob yozib kelish. Shartli belgilarni va yozuvsiz xaritani boyash hamda to`ldirish.
Kamchiliklari : dars davomida bolalar shovqin qilishdi, rag`batlantirishga ulgurmadi.
Yutuqlari : barcha o`quvchilar faol, passiv o`quvchilar ham guruhi yutishi uchun faktlar o`zlari tayorlab aytishdi, savol javob o`ynashni o`zlari taklif qilib berishdi.

Pedagogik amaliyotimiz davom etmoqda va darslarni kuzatishda davom etmoqdamiz. Bugun 7 – “A” sinf o`quvchilari xonasida geografiya fani darsida amaliyot qildim.


Dars 11:25 dan 12:10 gacha vaqt oralig`ida bo`lib o`tdi. O`qituvchi tomonidan davomat qilindi. 23 nafar o`quvchidan 2 nafari darsda yo`q. 2 nafari ham sababli.
Xonada darsga tayyorgarlik yaxshi. Har bir o`quvchida daftar, kitob, o`quv qurollari mavjud. Xarita olib kirilgan. Xona gigienik talabdan toza, doska artilgan. Navbatchi o`rnidan turib bugungi sana, ob-havo, o`tilgan mavzu haqida ma`lumot berdi.
Bugungi yangi mavzu Mirzachol tabiiy geografik okrugi mavzusi. O`quvchilarning hayollarini darsga qaytarish maqsadida darsni noodatiy boshladik. Hamma o`quvchi o`rnidan turdi. Oxirgi harfdan mavzuga oid atamalar aytish o`yini zik – zak usulida o`ynadik. Undan so`ng hamma o`tilgan mavzuni takrorlash uchun o`tgan mavzu ya`ni Farg’ona okrugi haqida 1 tadan ma`lumot aytib stullariga o`tirishdi.
Yangi mavzu 2 ta viloyatdan iborat bo`lganligi uchun, 2 ta qator o`quvchilariga bo`lib berildi. Bir – birlari bilan savol javob o`ynashdi.
Har bir viloyat haqida qisqacha faktlar yozildi. Masalan: Maydoni, aholisi, shahar markazi, ma`muriy – hududiy bo`linishi, iqtisodining tutgan o`rni, foydali qazilmalari, tabiati, transporti, haqida har bir viloyat uchun to`xtalindi.
Okrukga oid qiziqarli ma`lumotlar ham o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan qo`shimcha qilib aytildi.
Uyga vazifa qilib, okrukni o`rganib kelish, yozuvsiz xaritani bo`yash va faktlar to`plab kelish.
Kamchiliklari : dars davomida bolalar shovqin qilishdi, ayrim o`quvchilar formasiz, o`qituvchi baholashga ulgurmadi.
O`quvchilar faol qatnashdi.

Pedagogik amaliyotimiz davom etmoqda. Bizning amaliyotimiz asosan kuzatish, taxlil qilish va o`rganishga qaratilgan. Shu sababli darslarni kuzatishda davom etmoqdamiz. . Bugun 7 – “A” sinf o`quvchilari xonasida geografiya fani darsida amaliyot qildim.


Dars 11:25 dan 12:10 gacha vaqt oralig`ida bo`lib o`tdi. O`qituvchi tomonidan davomat qilindi. 23 nafar o`quvchining hammasi bor.
Xonada darsga tayyorgarlik yaxshi. Har bir o`quvchida daftar, kitob, o`quv qurollari mavjud. Xarita olib kirilgan. Xona gigienik talabdan toza, doska artilgan, o`quvchilar formada Navbatchi o`rnidan turib bugungi sana, ob-havo, o`tilgan mavzu haqida ma`lumot berdi.
Bugun o`quvchilar bilan mustahkamlash darsi o`tkazdik. Darsni noodatiy boshladik. Kitob daftarni yopishdi. O`zlarining nutqi va tushunchasi bo`yicha savollarga javob berishdi. Bu miyaning tez ishlashiga va nutq ravonligiga o`z ta`sirini ijobiy ko`rsatadi.
Ularga quyidagi savollar tezkorlik bilan berishdi:
tabiiy geografik okrugi nima ? okruklar ketma – ketligini to`liq aytin. Biz qaysi tabiiy geografik okrugda yashaymiz ? Eng katta tabiiy geografik okrug qaysi ? Eng kichigi qaysi ? tabiiy geografik okrugning xaritadagi rangi ?
Bu savollarga javob beraolmagan o`quvchilar bolalar biron – bir fakt aytish yoki xaritada tabiiy geografik okrugni chegaralab aytib berishi kerak.
Uyga vazifa qilib, tabiiy geografik okrugning iqlimi, tuproq qatlami, atrofini o’rab olgan tog’lar, o’simlik va hayvonot olomai va qo’riqxonalari geografik o’rni va boshqalar haqida malumot to’plash va daftarga atamalarni yozib kelish yuklatildi.
Kamchiliklari : dars davomida bolalar shovqin qilishdi, ayrim o`quvchilar formasiz, o`qituvchi baholashga ulgurmadi.
Yutuqlar: O`quvchilar faol qatnashdi.

Pedagogik amaliyotimiz davom etmoqda. Bizning amaliyotimiz asosan kuzatish, taxlil qilish va o`rganishga qaratilgan. Shu sababli darslarni kuzatishda davom etmoqdamiz.


Bugun 11 – “A” sinfning Tadbirkorlik asoslari faniga kuzatish uchun amaliyotga kirdim. Geografiya bevosita iqtisod bilan bog`liqligi uchun shu fanni ham kuzatishim maqsadga muvofiq deb bildim. O`qituvchi darsga kirib keldi va bugungi mavzu va u haqida tushunchalar bera boshladi.
Dars 9:40 dan 10:25 gacha vaqt oralig`ida bo`lib o`tdi. O`qituvchi tomonidan davomat qilindi. 28 nafar o`quvchidan 2 nafari darsda yo`q. 2 nafari ham sababli.
Xonada darsga tayyorgarlik yaxshi. Har bir o`quvchida daftar, kitob, o`quv qurollari mavjud. Xarita olib kirilgan. Xona gigienik talabdan toza, doska artilgan, o`quvchilar formada Navbatchi o`rnidan turib bugungi sana, ob-havo, o`tilgan mavzu haqida ma`lumot berdi.
Bugungi mavzu biznes reja ishlab chiqish. Dars boshlandi va o’quvchilarga mavzuni tushunish onson bolish maqsadida o’zining yoshlikdagi orzulari haqida so’raldi. Xar-bir o’quvchi o’z orzulari bilan o’rtoqlashdi va bu orzularning o’zi bitta biznes reja bo’lishi mumkinligi va ularni amalga oshirish uchun bilim va ko’nikmalar zarurligi, kelajakda o’z biznesni egallash uchun qattiyatli va oziga ishonishi lozimligi haqida tushuncha berildi.
Bolalarning e`tiborini qaratish, darsdan chalg`imaslik uchun, xar bir o’quvchini biznesmen insonlarning ismlari qo’yib chiqildi. Ular bundan g`ururlanib darsni yanada maroqli tinglashdi.
Uyga vazifa qilib Men biznesmen bo’lmoqchiman shiori ostida o’z biznes rejasi haqida kichik insho yozish yuklandi, va mavzuni chuqur organib kelish berildi.
Kamchiliklar: bir muddat o`quvchilar darsga qiziqishmadi, biroz shovqin bo`ldi.

Pedagogik amaliyotimiz davom etmoqda va darslarni kuzatishda davom etmoqdamiz. Bugun 7 – “A” sinf o`quvchilari xonasida geografiya fani darsida amaliyot qildim.


Dars 11:25 dan 12:10 gacha vaqt oralig`ida bo`lib o`tdi. O`qituvchi tomonidan davomat qilindi. 23 nafar o`quvchidan 1 nafari darsda yo`q 1 nafari ham sababli. Xonada darsga tayyorgarlik yaxshi. Har bir o`quvchida daftar, kitob, o`quv qurollari mavjud. Xarita olib kirilgan. Xona gigienik talabdan toza, doska artilgan, o`quvchilar formada. Navbatchi o`rnidan turib bugungi sana, ob-havo, o`tilgan mavzu haqida ma`lumot berdi.
O`tilgan mavzu yuzasidan tezkor savol javob o`yini o`ynaldi. Savollarga o`quvchilar dadil va tez javob berishdi. Bundan ko`rinib turibdiki o`quvchilarga o`tilgan mavzuni yaxshi tushuntirilgan.
Yangi mavzu : Qashqadaryo tabiiy geografik o’krugi. Uning xaritadagi rangi, tabiiy geografik okrugning iqlimi, tuproq qatlami, atrofini o’rab olgan tog’lar, o’simlik va hayvonot olami va qo’riqxonalari, geografik o’rni haqida ko`pgina ma`lumotlar berildi.
So`ng, har bir qatorga tabiiy geografik o’krugi 3 viloyat bo`linib berildi va ular o`zlariga berilgan viloyatlarni okrugdagi o`rni va xususiyatlarini sanashdi. Dars qiziqarli va baxsli bo`ldi. Uyga vazifa qilib har bir qator o`zlariga bo`lingan viloyat bilan yaxshi tanishib, faktlar, ma`lumotlar to`plab kelishi kerak.
Kamchiliklari : dars davomida bolalar shovqin qilishdi, ayrim o`quvchilar formasiz, o`qituvchi baholashga ulgurmadi. O`quvchilar faol qatnashdi.

Pedagogik amaliyotimiz davom etmoqda. Bizning amaliyotimiz asosan kuzatish, taxlil qilish va o`rganishga qaratilgan. Shu sababli darslarni kuzatishda davom etmoqdamiz. . Bugun 7– “A” sinf o`quvchilari xonasida geografiya fani darsida amaliyot qildim.


Dars 11:25 dan 12:10 gacha vaqt oralig`ida bo`lib o`tdi. O`qituvchi tomonidan davomat qilindi. 23 nafar o`quvchining hammasi bor.
Xonada darsga tayyorgarlik yaxshi. Har bir o`quvchida daftar, kitob, o`quv qurollari mavjud. Xarita olib kirilgan. Xona gigienik talabdan toza, doska artilgan, o`quvchilar formada Navbatchi o`rnidan turib bugungi sana, ob-havo, o`tilgan mavzu haqida ma`lumot berdi.
Tashkiliy qismga o`tildi. Jahonda va yurtimizda bo`layotgan yangiliklar haqida aytib o`tildi. Yangi mavzu : Surxondaryo tabiiy geografik o’krugi
: Surxondaryo tabiiy geografik o’krugi xaritadagi rangi, tabiiy geografik okrugning iqlimi, tuproq qatlami, atrofini o’rab olgan tog’lar, o’simlik va hayvonot olami va qo’riqxonalari, geografik o’rni haqida keng ma`lumotlar berildi. O`quvchilarni qiziqtirgan yoki tushunarsiz bo`lgan savollarga javob berildi.
Dars oxirida rayonning okrug geografik o’rni chegaralari va iqlimi haqidagi savollarga javob yozib kelish. Shartli belgilarni va diogrammani to`ldirish.

Kamchiliklari : dars davomida bolalar shovqin qilishdi, ayrim o`quvchilar formasiz, o`quvchilar o`rnidan turib ketishdi, o`qituvchi baholashga ulgurmadi.


O`quvchilar faol qatnashdi.

Pedagogik amaliyotimiz davrida faqat kuzatish bilan cheklanib qolmadik. 7 – “A” Sinf o`quvchilarini institutimiz binosidagi muzeyga olib kelishni taklif qildik. Fan o`qituvchilari o`quvchilarning ota – onasiga bu taklifni berishdi va ruxsat bergan o`quvchilar tomonidan muzey sayohatini olib bordik.



O`quvchilarga gitlik vazifasida o`zimiz hamda fan o`qituvchilari bilan birgalikda tushuncha va ma`lumotlar berib yurdik. Ularni qiziqtirgan savollariga javob topdik. Ayrim o`quvchilar eshitgan lekin ko`rmagan ko`rgazmalar bilan tanishtirdik.
Fanimizning tarixi chuqur va keng ekanligi, yer sayyorasi paydo bolishidan to hozirgi kungacha bo`lgan davri va bir qator ajoyib, qiziqarli bo`lgan faktlar bilan tanishishdi.
O`quvchilarga bu sayohatimiz juda yoqdi. Ular yana o`zlari qiziqishlari bilan kelishini aytishdi. Sinf xonasida emas, ochiq xavoda yoki shunday tabiiy ko`rgazmalar bilan fan mavzularini yanada chuqur va tezroq o`rganganlarini aytishdi.

Bugungi amaliyotimiz fan oyligi uchun ko`rgazmali qurollar, devoriy gazetalar, fangga bog`liq bo`lgan qiziqarli faktlar hamda, fan oyligi burchagi tayorlashga qaratildi.
Burchak atrofida fanga qiziqqan o`quvchilar uchun maxsus testlar, savol va topshiriqlar qo`yilgan. Ana shu savollarda eng birinchi javob bergan o`quvchilar rag`batlantirildi. Geografiya tarixiga xissa qo`shgan buyuk allomalarimiz nomlarini rag`batlantirish sifatida ularni atadik.
Undan so`ng o`quvchilarni maktab bog`iga olib tushildi. U yerda tarqalgan tuproq qatlami, ranggi, gumus foizi, maktab relyefi, necha metr dengiz sathidan balandda ekanligi, shaharning aynan qaysi qismida joylashganligi haqida misollarni topdik. O`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarni barchaga aytishdi va javob topishdi.
Geografiyaga atalgan yashil maydoncha tashkil etildi. Bu maydoncha o`quvchilar bilan ularning xoxish – istaklariga ko`ra bezatildi. Qaysi hududlarni qaysi sinf bezatgan bo`lsa o`zlarini bildirib turuvchi taxtalarga sinf raqamlari yozildi. O`quvchilarni fangga bo`lgan e`tiborini yaxshiladi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish