8. Qaysi so’z imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) qurol-aslaxa B) qurol-yaroq C) qurt-qumirsqa D) qadam-baqadam
9. Sodda yasam fe’l qatnashgan gapni belgilang. A) Qorday oppoq, parday yumshoq. B) Qat-qat quloq, dum-dumaloq. C) Qush emas, qanoti bor, chiroyli savlati bor. Unga lochin yetolmas, yengilmas quvvati bor. D) G‘it-g‘it deydi, ishlaydi, yerga kukun tashlaydi.
10. Qaysi so’z imloviy jihatdan noto’g’ri yozilgan. A) taajjub B) taalluqli C) taassurot D) tatqiqod
11. Qaysi qatorda yasama so’z qatnashmagan? A) Boyliging ko‘p bo‘lmasa ham, biliming ko‘p bo‘lsin. (Maqol) B) Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi. (Maqol) C) Yaxshilik insonning umrini ziyoda qiladi. D) Sizni eshitsak, aqlimizga aql qo‘shiladi, otaxon, so‘zlayvering. (Said Ahmad)
12. Qo’l sendadur, til senda, Tikan senda, gul senda. Har on imtihondasan, Yig’lasang-da, kulsang-da. (Jaloliddin Rumiy) Yuqoridagi gapda nechta ismlar qatoriga kiradigan so’z mavjud? A) 7 ta B) 9 ta C) 6 ta D) 8 ta
13. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo‘lmaydi. Yuqoridagi qoidaga muvofiq kelmaydigan gapni belgilang. A) Yig‘ilishda ta’lim samaradorligini oshirish haqida gapirildi. B) Do‘stning aybini yuziga aytish kerak. C) Bu mavzuni o‘qishing shart emas. D) Endi qattiq o‘qishga to‘g‘ri keladi.
14. Xushmuomalalik zamirida mehnatsevarlik bilan bir qatorda mehribonlik va g‘amxo‘rlik qaynab tursa, odam umrbod baxtli hayot gashtini suradi. (H. Ziyoyev) Yuqoridagi gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha bilan yasalgan so’z qatnashgan? A) 5 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 7 ta
15. Tarkibida fonetik hodisa kuzatilgan qatorni belgilang. A) Hayotda halol, to‘g‘riso‘z bo‘lish kerak. B) Qo‘rqoq oldin musht ko‘taradi. (Maqol) C) Uning dadil harakatini ko‘rib, sal yengil nafas oldim. (Sh. Xolmirzayev) D) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. (Maqol)
51-variant
1. “Meniki-seniki – ko‘ngil torligi” Fonetik o’zgarishlar qanday qo’shimchalar qo’shilishi natijasida
yuzaga kelgan? 1) so’z yasovchi; 2) egalik qo’shimchasi; 3) lug’aviy shakl yasovchi; A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 3 D) faqat 2
2. Avtomobillar shaharda paydo bo`lgan dastlabki vaqtda ko`chalarining “Neksiya” xilini qurshab olgan odamlarda tabassum va quvonch alomatini ko`rdim... Ushbu gapdagi qaysi gap bo`laklari tarkibida bir tovushdan iborat ko`makchi morfemalar qatnashgan? A) vositasiz to`ldiruvchi, hol, qaratqich aniqlovchi, kesim B) vositasiz to`ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi, ega, kesim; C) vositasiz to`ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi qaratqichli aniqlovchi, kesim D) vositasiz to`ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim.
3. Qizig’i shundaki, shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi. Ushbu qo’shma gapning turini aniqlang. A) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap B) kesim ergash gapli qo’shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap D) ega ergash gapli qo’shma gap
4. Gumon munosabatini bildirgan modal so`z qaysi gapda qo`llangan? A) Abduqodirning ham tomog`iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi. B) Shorahim ko`z yoshidan hech narsani ko`rmay, allanimalar deb g`udrandi. C) Allaqayerdan oyim paydo bo`ldi. D) Barcha gaplarda gumon ma`noni bildiruvchi so`zlar qatnashgan.
5. Qaysi gapda -lar qo`shimchasi hurmat ma’nosini ifodalab kelyapti? A) Mustaqilligimizning dastlabki yillardanoq sog`lom avlod tarbiyasi eng
ustuvor vazifa deb belgilanadi. B) Zulxumor oyimlar qayerda bo`lsalar, so`zga o`rgatilgan mayna ham shu yerda. C) Ma’naviyat va jismoniy barkamol avlodlarni tarbiyalash umumdavlat ahamiyatga molik masala. D) Vatan, ona, farzand muqaddas tushunchalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |