11. Fe’lning noaniq shakli berilgan qatorni toping. A) o‘qimoq B) ishlamoqda C) yozsa D) bilgan edi
12. Ravishdoshning sabab ma’nosini ifodalaydigan turi berilgan javobni toping. A) musiqa tinggach, ko‘rgani bormoq B) qorong‘i tushguncha, yugurib kelmoq C) qo‘rqib kirmadi, qaynayvermagach kuchaytirdi D) yig‘lay-yig‘lay uxlamoq, tikilgancha o‘ylanib qolmoq
13. Rivojlanmoq, zavqlanmoq, ajablanmoq fe’llari qaysi nisbatda ekanligini toping. A) orttirma nisbat B) majhul nisbat C) aniq nisbat D) o‘zlik nisbat
14. Yer yuzida hamma joyning o‘z atamasi mavjud. Geografik joyning nomi kishilik jamiyati uchun katta ahamiyat kasb
etadigan faktordir. Ushbu parchada fe’llar soni nechta? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) fe’lga oid so‘z qatnashmagan
15. Qaysi gapda -ar qo‘shimchasi bilan hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan? A) Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan terisi oqardi. B) Ko‘klam. Barcha mavjudotlar qaytadan yasharmoqda. C) O‘roq mahali o‘roqchilarga go‘ja, ayron olib chiqardik. D) Ey volida, duolaringning sharofatidan Alloh o‘g‘lingga ko‘zlarining nurini qaytardi.
48-variant
1. Ibora qatnashgan gapni aniqlang. A) Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. B) Bir soat nari-berisida yetti uxlab tushga kirmaydigan voqealar bo‘ldi. C) O‘z ko‘zim bilan ko‘rgan-kechirganlarimni yozdim. D) Zangori olovga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
2. Qaysi qatorda imloviy xato yozilgan so‘z mavjud? A) Dehqon jo‘xorini quritibdi, To‘qmoqlar donini ajratib olibdi. B) Bo‘stondagi atirgul va rayhonlar eng yoqimli gullardir. C) Ellik yil ezildik, tahqir etildik. Qo‘limiz bog‘landi, huquqimizga tajavvuz bo‘ldi. D) Kesim hukmni ifodalovchi gapning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lak.
3. Qaysi gapda tinish belgilarini qo‘llash qoidalariga amal qilingan? A) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o‘sha cho‘qqida quchganman zafar. B) Asli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishing, demak o‘zingdan nafratlanishingni bildiradi. C) Qaysi ishni qilmoqchi bo‘lsang eng avvalo, o‘z ko‘ngling bilan kengashib ko‘r. D) Hozir Humoyunning fili yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda.
4. Ravish so‘z turkumiga oid ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping. A) do‘st, oshna, birodar, o‘rtoq B) ko‘p, ancha, bisyor, serob C) tushunmoq, anglamoq, fahmlamoq, ilg‘amoq D) chiroyli, suluv, go‘zal, sohibjamol
5. Jigarrang jemper kiyib, kichkina qora sherst ro‘moli... dahani... bog‘lab olgan novcha, qotma bir ayol ostona... kira solib u bilan quchoqlashib ko‘rishdi. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying. A) -ning, -ni, -dan; B) -ni, -dan, -dan; C) -ni, -ga, -dan; D) -ga, -ni, -dan;
6. Qaysi gapda so‘zlar bog‘lanishidagi moslik buzilgan? A) Titroqni bosishga chiranganidan peshanasi va yuzlarida sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi. B) Momoqiz o‘rog‘ini yerga qadab, ro‘molini boshiga yelvagay qilib o‘radi. C) Zarkosani etaklari ancha tekis, yilqilarni yozda boqish uchun juda bop yaylov edi. D) U o‘ziga kelganida mashinaning qizil chiroqlari uzoqlashgan, yo‘l chekkasida
to‘planib turgan odamlar allaqachon tarqalib ketgandi.
7. Quyidagi qaysi qatorda ot (ism), ot (hayvon), ot (fe’l) so‘zlarining noto‘g‘ri tavsifi berilgan? A) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z B) bir xil shakldagi alohida ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar C) o‘zaro omonim so‘zlar D) bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z
8. Ajratib ko‘rsatilgan qaysi so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) Toshkent - O‘zbekistondagi eng chiroyli va qadimiy shahar. B) Bu og‘ir kunlar ham bir kuni o‘tib ketadi. C) Qanotlaring mallarang, Jussang kichikligidan ko‘rinarkansan arang. D) Hamma uylarda chiroq bor, ikkinchi qavatdagi bir xona qop-qorong‘i.
9. O‘rtamiyona odam vaqtni tez o‘tkazish payida bo‘ladi, iste’dod sohibi esa undan foydalanib qolishga urinadi. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar qanday vosita yordamida bog‘langan? A) ko‘makchili qurilma yordamida B) ohang C) esa so‘zi yordamida D) bo‘ladi fe’li yordamida
10. Qaysi qatordagi gapda paronimlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq xato mavjud? A) Ot chopsa, gumburlar tog‘ning darasi. B) Butun qishloq ahli hasharga chiqib, jonbozlik ko‘rsatdi. C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch, bolaginam. D) Majlisda kamchiliklar birma-bir
sanalib, ularni tezda bartaraf etish kerakligi qayt etilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |