Abdulhakimova Sohibjamol 314-guruh talabasi
5-MAVZU: Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga ta’sie etuvchi omillar. (ommaviy madaniyat, axborot tahdidlari, diniy ekstremizm va boshqalar).
REJA:
Globallashuv haqida tushuncha.
Jamiyat globallashuvi tushunchasi, mohiyati va aksil globallashuv.
Globallashuv jarayonida milliy g’oyaga ehtiyoj.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi va milliy madaniyat.
Milliy g’urur, milliy o’zlikni anglash qadrlay olish va shaxsiy e’tiqod-ma’rifiy taraqqiyot omili.
Globallashuv bu-turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Fransuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekanligiga urg’u beriladi:
Globallashuv - muttasil davom etadigan jarayon;
Globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
Globallashuv – milliy chegaralarning jarayoni.
Rossiyalik A. Parshev globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: . Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va manaviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: . Shuning uchun milliy istiqlol g’oyasi bugungi kunda globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan to’ldirib, ayni paytda, dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin. Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati va ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri murakkabligi nsababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bo’lgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2) aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr-dunyo g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir. Butun yer yuzi odamzod uchun yagona makon bo’lib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o’zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo’lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muayyan takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir yoki ikki davlat yoxud mintaqa o’rtasida bo’lgan. XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir nechta qit’a mamlakatlari ishtirok etgan. Xullas, urush qurollari takomillashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin balki, butun yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga harakat qilishadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib, bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasida o’zaro ta’sir shunchalik kuchayib kettiki, globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi – g’oyaviy ta’sir ko’rsatish imkoniyatlarining kengashi oqibatida unga yer yuzining barcha mintaqalari tortilganligini, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganligini ifodalovchi tushuncha. Bugungi kunda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Masalan, internet tizimi orqali axborot almashuv, binobarin, g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda. Aslida, axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o’zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan farq qiladigan ikki yo’nalish, tendentsiya mavjud. Bu jarayonning muhim xususiyatlaridan biri turli mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g’oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan qo’shilishib ketganidir. Mafkuraviy globallashuv saviyasi past audio va videokassetalar, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ’ib qiladigan ham keng tarqalishiga sabab bo’lmoqda. G’oyaviy-mafkuraviy tazyiq va tajovvuzlarning oldini olish uchun esa har bir millat, davlat o’zining g’oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ko’rishi zarur bo’lmoqda.
Globallashuv jarayonida milliy istiqlol g’oyasining eng muhim funksiyasi, ya’ni milliy va ma’naviy o’zlikni himoyalash alohida ahamiyat kasb etadi. Aslida milliy g’oyaning 1) bilish; 2) tarbiyaviy, 3) regulyativ, 4) kommunikativ, 5) normative, 6) safarbar etish, yo’naltirish, 7) himoya, 8) g’oyaviy bandlik kabi funksiyalarni bajarishi uchun yoshlar va aholi ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e’tiqod sifatida shakllanishi lozim. Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda ma’naviyatni rivojlantirishda asosiy yondashuv ma’rifiy yondashuv bo’lsa ham bu jarayon milliy istiqlol g’oyasining xususiyatlari bilan bog’liq. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g’oyaga bo’lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi. Aslini olganda, globallashuv jarayoni bo’lmasa, milliy g’oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. Chunki globallashuv bo’lmaganda har bir xalq va millatning ma’naviyati o’zicha mavjud bo’lar va imkoniyat darajasida rivoj topar edi. Tashqi ta’sir va tahdidning yo’qligi esa milliy g’oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi. Milli istiqlol g’oyasining mohiyati shundaki, u odamlar ongida, xotirasida g’oyaligicha qolmay, amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy istiqlol g’oyasi bo’lishi mumkin. Shundagina u globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatni va ma’naviy o’zlikni tashqi nosog’lom g’oyaviy tahdidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi. Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning xotira maydonida hukmronlik qilishiga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o’ziga qaram qilishga bo’layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin.
Diniy aqidaparastlik ham shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib, ularni yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g’oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko’rinib turibdiki, bu ideologiya diniy asosda birlashuv g’oyasini birinchi o’ringa qo’yadi.
Ammo, jiddiy e’tibor beriladigan bo’lsa, birinchidan, ular milliy suverenitetdan voz kechish hisobiga yagona davlat tuzishni ko’zlayotganliklari ma’lum bo’ladi. Ikkinchidan, xalifalikni tiklashga, uning to’g’ri ekanini asoslashga urunuvchilar, bu hol aynan millat sifatida o’zligimizni anglashga yo’l qo’ymasligini yashiradilar.
Bu g’oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg’u beradilar. Bundan tashqari, bu oqim tarafdorlari xalifalik bayrog’I ostida birlashishni noislomiy dunyoga qarshi turish maqsadi bilan bog’lashlarini ham takidlash zarur.
Bunday yondashuv o’ta xavfli hech kimga sir emas. Zero, u insoniyatning diniy asosda qarama-qarshi qutblarga bo’linib ketishiga, ba’zan deb ataladigan hodisaning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin.
Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan, demokratik, huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega bo’lib qolmoqda. Zero, ko’zlangan maqsadlarga ushbu orzu-umid va intilishlarni o’zida mujassamlashtirgan g’oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo;lmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiyaga tizimsiz erishish mumkin emasligi aniq.
degan fikrni ko’p mushohada qilaman.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozrirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir>.
Milliy g’urur-shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o’z-o’zini anglashi asosida shakllanadigan, ajdodlari qoldirgan moddiy, ma’naviy merosdan. O’z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi, millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro’-e’tiboridan faxrlanish xissini ifodalovchi tushuncha. Ommaviy axborot vositalarida milliy g’urur, milliy faxr, milliy iftixor tushunchalari keng qo’llanilib, ular asosan, bir ma’noda ishlatilmoqda, ya’ni, milly iftixor (faxr) bu – milliy g’ururdir. Umuman, milliy ruhiyatni shakllantirishda: , , , kabi tushunchalar ham muhim o’rin tutadi.
Milliy g’urur – shaxs g’ururi – bu faxrdir. Har bir shaxs o’z yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi, ota-ona farzandlaridan, ustoz iste’dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog’bon so’lim bog’idan faxrlanadi va hokazo. O’zligicha qola bilgan odamning g’ururi – bu butundir.
Milliy g’urur – insonlarga xos his-tuyg’u sifati – tushunchaning ifodasidir. Keng ma’noda milliy g’urur ijtimoiy-ma’naviy hodisa tarzidagi talqindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |