13. Ikkinchi qo‘shimchasi so‘z yasovchi bo‘lgan so‘zni toping. A) bo‘lmasa B) aqlimizga C) muzlatgich D) o‘zicha
14. Quyidagi birikmalarning qay birida ikkinchi qism ko`chma ma’noda qo‘llangan? A) iliq munosabat B) chuqur tekshirmoq C) buloqning ko‘zi D) sovuq xabar
15. Turdosh otlar qatorini aniqlang. A) lola, Shavkat, Ahmad, malika B) rayhon, gazeta, qilich, urish C) qalam, bola, terak, ko‘ylak D) sevinch, taskin, vafo, iboli
47-variant
1. O‘timsiz fe’llar qaysi vosita(lar) yordamida o‘timli fe’lga aylanadi? A) tushum kelishigi B) o‘zlik va majhul nisbat C) bosh kelishik shakli D) orttirma nisbat
2. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qanday nomlanadi? A) fe’lning nisbat shakllari B) fe’lning ma’noviy guruhlari
C) fe’l mayl shakllari D) fe’lning harakat tarzi shakli
3. So‘z tarkibidagi -ma qo‘shimchasiga urg‘u tushmasa, u qanday vazifa bajarishi mumkin? A) sifat yasovchi B) ot yasovchi C) ot va fe’l yasovchi D) fe’lning bo‘lishsizlik shakli
4. Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo‘shimchasi bor? A) qurdirdi, yozdirildi, keltirdi B) sevintirdi, yozdirildi, so‘rattirdi C) surishtirdi, o‘tkazdi, o‘zgartirdi D) yozdirildi, urindi, o‘zgartirdi
5. Fonetik o‘zgarishga uchragan fe’l qatnashgan gapni toping. A) O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir. B) Aybsiz do‘st axtargan, do‘stsiz qolar. C) Andishali muloqot – ulug‘lik belgisi. D) Anvar bir yoshda sanashni o‘rgandi.
6. Qofiya she’riy asarning ohangdorligi va ta’sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar necha o‘rinda ishtirok etgan? A) 5 B) 7 C) 8 D) 6
7. So‘zlar tarkibida ismlarning va fe’llarning munosabat shakllari o‘zaro omonimlikni namoyon qilgan gapni aniqlang. A) Mevali daraxt yerga engashar. B) Onangni kaftingda tutsang, singlingni kiftingda tut. C) Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam – dilim. D) Chin do‘st - tug‘ishganing bilan teng.
8. Shart maylidagi fe’llarni toping. A) tozalaysan, yig‘ishtirasan,
tushuntirasan B) ochilsa, ko‘rsangiz, sezmasak C) unutma, uyg‘otma, shoshilmaylik D) boryapman, eriyapti, qatnayapti
9. Bitta o‘choqqa o‘tin g‘amlashdan ko‘ra ikkita o‘choq qurish yengilroq. Ushbu gapda nechta sof fe’l ishtirok etgan? A) 1 ta sof fe’l, 1 ta harakat nomi B) sof fe’l qatnashmagan, 2 ta harakat nomi C) 1 ta sof fe’l, 2 ta harakat nomi D) 2 ta sof fe’l, 3 ta harakat nomi
10. Quyidagi gaplarning qaysi birida sifatdoshning bo‘lishsiz shakli qo‘llangan? A) Bilmaslik ayb emas, uni bo‘yniga olmaslik ayb. B) Tog‘ga yetkach, qo‘ylarni o‘z holiga tashlab qo‘ydi. C) Bilim o‘qish va takrorlash mevasidir. D) Keng fe’l, ketmas davlat bersin.
Do'stlaringiz bilan baham: |