8. Nutqda biri ikkinchisini izohlamaydigan bog’lanish berilmagan qatorni belgilang. A) o’qidi va yozdi B) oy-u quyosh C) yalqovga begona D) otam va onam
9. Qisqa yozishga vaqti yo’q kishi uzun xat yozadi. (Paskal) Yuqoridagi gapda qanday so’z birikmasi ishtirok etmagan? A) bitishuvli so’z birikmasi B) moslashuvli so’z birikmasi C) boshqaruvli so’z birikmasi D) barchasi ishtirok etgan
10. Tub so’z berilgan qatorni belgilang A) ikkilanmoq B) tinglamoq C) egallamoq D) senlamoq
11. Quyidagi so’zlarning nechtasi tutuq belgi bo’lmasa ham ma’no anglatadi? ta’sir, qa’ri, ta’na, sa’va, za’far, tal’at, shu’ba, qur’a, nash’a, a’lam A) yettitasida B) to’qqiztasida C) sakkiztasida D) barchasida
12. Qo’l sendadur, til senda, Tikan senda, gul senda. Har on imtihondasan, Yig’lasang-da, kulsang-da. (Jaloliddin Rumiy) Yuqoridagi gapda nechta sodda gap mavjud? A) 7 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 8 ta
13. O’tmishdan saboq ol, bugun bilan yasha, kelajakdan umid qil. (Nelson Mandela) Ushbu gap…? A) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap B) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap C) bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap D) aralash turdagi murakkab qo’shma gap
14. Aybsiz do’st qidirgan yolg’iz yashaydi. (Shayx Sha’roviy) Yuqoridagi gapda qanday gap bo’laklari ishtirok etgan? A) kesim, ega, aniqlovchi B) kesim, aniqlovchi, hol, ega C) kesim, aniqlovchi, hol, ega, to’ldiruvchi D) kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol
Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’ya qoladi, yaxshi o’qituvchi esa haqiqatni topishga o’rgatadi. (A. Disterveg) Yuqoridagi gap qo’shma gapning qaysi turiga mansub? A) bog’lovchisiz qo’shma gap B) ergashgan qo’shma gap C) bog’langan qo’shma gap D) murakkab qo’shma gap
50-variant
1. Quyidagi so’zlardan qaysilari imloviy jihatdan noto’g’ri yozilgan? 1) muomala; 2) durrang; 3) do’zah; 4) jon-u dil A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) faqat 3 D) 2, 3, 4
2. Teng bog’lanish berilmagan qatorni beelgilang.
A) olma va anor B) o’qidi va yozdi C) Salim, Halim D) dalada ishlash
3. Qor sovug’i qo’llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursa-da, menga juda yoqimli tuyuldi. Yuqoridagi gapda qaysi gap bo’laklari uyushgan? A) ega va aniqlovchi B) aniqlovchi va to’ldiruvchi C) faqat to’ldiruvchi D) faqat aniqlovchi
4. Ko’makchi qatnashmagan qatorni belgilang. A) Siz bilan hamsuhbat bo’lmasdan avval boshqacha xayolda edim. (O.Yoqubov) B) Bu kitob qo’liga tushgandan keyin bosh ko’tarmay mutolaaga tushdi. (H.Hasanov) C) Duo bilan el ko’karar, yomg’ir bilan yer ko’karar. (Maqol) D) Avval o’yla, keyin so’yla. (Maqol)
5. Qaysi gapda sifatdosh bilan ifodalangan to’diruvchi qatnashmagan? A) Bo‘zchi bilganin to‘qir, Baxshi bilganin o‘qir. B) Boqqaning ikki echki, O‘shqirganing yer tebratar. C) Mulla bilganin o‘qir, Tovuq ko‘rganin cho‘qir. D) Chin do‘st tug‘ishganingdan afzal.
6. Vazifadosh modal so’z qatnashgan qatorni belgilang. A) Xullas, ana shu ajriqzordan sal o‘tgandan keyin qishloqcha boshlanadi. (Sh. Xolmirzayev) B) Abduqodirning ham tomog‘iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi. C) Karimberdi otasiga bir qaradi-yu, nimadandir xijolat bo‘ldi, shekilli, darrov
ko‘zini olib qochdi. (X. To‘xtaboyev) D) Aftidan, u yolg‘on gapiryapti.
7. O’zlik olmoshi qatnashmagan qatorni belgilang. A) O‘zining ovozi o‘ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi. (Abdulla Qahhor) B) Qimirlamang, biroz o‘zingizga keling, – dedi yigit mehribonlik bilan, – uyingizga o‘zim kuzatib qo‘yaman. (S. Zunnunova) C) Qurvonbibi fotiha to‘yidan keyin biroz o‘ziga kelgan edi. D) Bu ishlarni qilgan o‘zi. (Cho‘lpon)
Do'stlaringiz bilan baham: |