52-variant
1. Qaysi qatorda berilgan ma’nodosh so’zlar ravish turkumiga oid hisoblanadi? A) do’st, o’rtoq, oshna, yor B) go’zal, suluv, chiroyli, barno C) talay, bisyor, ko’p, ancha D) anglamoq, fahmlamoq, idrok qilmoq, tushunmoq
2. Og‘zing qani desa qulog‘ini ko‘rsatadigan iborasining ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A) yuvosh B) hovliqmoq C) lallaygan D) xursand
3. Kelasi zamon fe’lining -ajak qo’shimchasi ko’proq qaysi uslubga xos? A) publitsistik B) rasmiy C) so’zlashuv D) ilmiy
4. Tabiatning betakror go‘zalliklari yuragimga juda yaqin. (M. Ulug‘ova). Ushbu gapda qaratqich aniqlovchi qaysi gap bo’lagiga nisbatan tobe hisoblanadi? A) to’ldiruvchi B) kesim C) aniqlovchi D) ega
5. Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadiga ko‘ra insho necha xil bo‘ladi? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5
6. Fe’lli so’z birikmasi berilmagan javobni aniqlang. A) tez yugurgan B) ohista gapirish C) ta’sirli so’zlab D) o’qdan tez
7. Ravishdoshning qaysi qo’shimchasi ravishdoshni gapda kesim sifatida
shakllantira olladi? A) -b (ib) B) -gani ( -kani, -qani ) C) -gach ( -qach, -kach ) D) -guncha ( -kuncha, -quncha )
8. Qaysi javobda asosdosh so‘z berilmagan? A) tinch, tinim, tinimsiz, notinch, notinchlik B) gulli, guldor, gulchi, gulchilik, sergul C) shoxning, shoxni, shoxcha, shoxlarga D) obro‘li, obro‘siz, baobro‘, beobro‘
9. Quyidagi qo‘shimchalar shakldoshligidan qaysi biri lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘rtasida yuz bergan? A) oqish – kelish B) otam – ko‘rdim C) ukang – bording D) qizcha – erkakcha
10. Ko‘ra, qaramay, yarasha, asosan, doir, muvofiq kabi ko’makchilar qaysi kelishik shaklidagi ismlarga qo’shiladi? A) tushum kelishigi B) bosh va jo’nalish kelishigi C) jo’nalish kelishigi D) chiqish kelishigi
11. Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo‘g‘in borligini aniqlang. Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas. A) 12 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 9 ta
12. Qaysi gapda ko‘chma ma’noli so‘z qo‘llangan? A) Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi. B) U ko‘l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi. C) Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo‘lsa ham xuddi o‘smirlarday
yengil qadam tashlardi. D) Berilgan barcha gaplarda
13. Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘z qaysi gapda mavjud? A) - Xudovando! Bu na ko‘rgilik. Endi netaman? To‘qqiz og‘izni qanday boqaman? (S.Siyoyev) B) Yurt bu kun ohuday xo‘p ishvakordir, Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor. (A.Oripov) C) Uning buvasi oppoq soqolli, har bir so‘zini salmoqlab aytadigan odam edi. D) Mahkam ko‘zini yumib yotgan bo‘lsa-da, butun vujudi sergak.
14. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog‘liq quyidagi qaysi qoida noto‘g‘ri? 1) undalmalar gap bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi; 2) kiritmalar ikki nuqta bilan ajratiladi; 3) ajratilgan bo‘laklar ko‘p nuqta bilan ajratiladi; 4) gapning kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, bog‘lamasiz qo‘llanganda ega va kesim o‘rtasiga tire qo‘yiladi. A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 2, 3 D) 2, 3, 4
Bog‘langan qo‘shma gapning payt, sabab-natija munosabati ifodalangan qismlarini qaysi bog‘lovchilar bog‘lab keladi? A) biriktiruv bog‘lovchisi B) zidlov bog‘lovchisi C) ayiruv bog‘lovchisi D) inkor bog‘lovchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |