6. Atamashunoslik so'zi tarkibidagi ikkinchi ko'makchi morfema qaysi so'z turkumini yasash xizmat qilgan? A) sifat B) fe'l C) ravish D) ot
7. Qaysi javobda berilgan barcha so'zlar to'g'ri yozilgan? A) xalqum, xijolat, xandaq B) halqum, hijolat, handaq C) halqum, xijolat, xandaq D) xalqum, hijolat, xandaq
8. Insonlar istaydiki, yer yuzi gulbog'ining musaffo havosidan hamma bo'lsin bahramand. Ushbu gap haqida to'g'ri fikrni aniqlang. A) Ergash gapning ham, bosh gapning ham egasi bir xil so'z turkumiga oid. B) To'diruvchi ergash gapli qo'shma gap hisoblanadi. C) Qaratqich aniqlovchilar faqat qaratqich aniqlovchiga tobelangan. D) Ergash gap qismida barcha gap bo'laklari kesimga bevosita bog'langan.
9. Berilgan so'zlardan nechtasi yasama ravishlar sanaladi? birin-ketin, saharlab, olg'a, har gal, vaqtincha, ertalabki, tiriklayin, bir mahal A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
10. Egasi shaxs oti bilan ifodalangan gani aniqlang. A) Kitobxoni yo’q asar egasi tashlab ketgan uyga o’xshab fayzsizdir.
B) Qalbi qog’ozdek oppoq, qog’ozdek lovullab yonadigan odamgina chinakam san’at asari yarata oladi. C) Yaxshi farzand ota umrini davom ettirishi azaldan ma’lum, yaxshi asar esa yozuvchi umrini davom ettiradi. D) Haqiqiy haykaltarosh o’lik toshdan yasagan haykal tirikka o’xshaydi.
11. Berilgan so'zlardan nechtasi modal so'z hisoblanmaydi? xayriyat, xalos, xullas, avval, birdan, afsuski, haqiqatdan, barakallo A) beshtasi B) uchtasi C) oltitasi D) to'rttasi
12. Qaysi javobdagi juftlik o’zaro bir umumiy ma’noni ifodalay olmaydi? A) tanti-mard B) ganch-boylik C) gangimoq-esankiramoq D) norg’ul-barzangi
13. Qaysi vazifadosh bog‘lovchilar bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi? A) ham, na ... na, bilan, -u(yu), -da B) -u(yu), -da, balki, na ... na C) hamda, va D) ham, na ... na, bilan, -u(yu), -da, balki, hamda
14. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Bugun yumushlarim ko'payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim. B) O'g'il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar C) Sap-sariq qovunlarning xushbo'y hidi anqib turardi D) Onam qo'y go'shtini o'z yog'iga qovurib berdilar
15. Berilgan morfemalarning qaysilari so`z yasovchi va lug`aviy shakl yasovchi
qo`shimchalar orasida shakldoshlik munosabatiga ega? 1) -ma; 2) -chak; 3) -choq; 4) -k; 5) -lab; 6) -m A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |