53-variant
1. Mehmon jiddiylashdi, bir narsani isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi.
Ushbu gapdagi yasama so'zlaming qaysi so'z turkumidan yasalganligini aniqlang.
A) fe'l, ot, ravish B) ot, ravish
C) fe'l, ot, sifat D) ot, fe'l
2. 1) sayroqi-tutatqi 2) otashin-g'ishtin 3) qishlik-yoshlik 4) chizg'ich-yulg'ich 5) oqshomgi-sezgi 6) erinchoq-maqtanchoq Berilgan juftliklarning qaysilarida ot va sifat yasovchi omonim (shakldosh) qo'shimchalar ishtirok etgan?
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5
C) 1, 2, 4, 5 D) barchasida omonim qo'shimchalar ishtirok etgan
3. Ismlarning lug'aviy shakllari qo'llangan javobni belgilang.
A) kitobning, kitobim, o'quvchilar
B) uycha, odamlar, Oyxon, quyoshdek
C) daftarcha, koptokka, qalamim
D) farzandmiz, bolam, mushukcha
4. Qaysi yasama so'zda lab undoshi ishtirok etgan?
A) bomdod B) vafo
C) bilimdon D) oshiq
5. Qaysi harf til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi?
A) ch B) sh C) j D) k
6. jo'ja va jirafa so'zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o'zaro farqlanadi?
A) til qismlarining harakatiga ko'ra
B) jarangli va jarangsizhgiga ko'ra
C) portlovchi va sirg'aluvchiligiga ko'ra
D) talaffuzida lahning ishtirokiga ko'ra
7. Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo'g'in borligini aniqlang. Go'zallik tuyg'usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish
mumkin emas. A) 12 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 9 ta
8. 1, n tovushlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub emas? A) sirg'aluvchi undoshlar B) jarangli undoshlar C) til oldi undoshlari D) jarangli va til oldi undoshlari
9. a yoki i unlisi bilan tugagan fe'l asoslariga qaysi qo'shimcha qo'shilsa a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi? A) -sh B) -v C) -t D) -moq
10. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Berilgan gap tarkibida so'zlarga qo'shimcha qo'shilishi natijasida qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan? A) tovush tushishi B) tovush almashishi C) tovush orttirilishi D) tovush orttirilishi va o'zgarishi
11. Madaniy axloq kishining yurishida, so’zlashishida, ovqatlanishida, odamlar bilan xayrlashishida, ularni raqsga taklif etishida aks etadi. Berilgan gapdagi ismlar guruhiga kiruvchi yasama so’zlar tarkibida qo’llangan lug’aviy shakl yasovchilar sonini aniqlang. A) 5 ta B) 11 ta C) 6ta D) 8 ta
12. Abdulla qalami bilan ming-minglab o’quvchilari, ixlosmandlari, shogirdlari yuragiga chiroq yoqib ketdi. Berilgan gapda ostiga chizilgan so’zda qaysi usulda ma’no ko’chgan? A) metonimiya B) metafora C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
Do'stlaringiz bilan baham: |