Ii. Bob. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan ishlashning pedagogik shart-sharoitlari



Download 67,41 Kb.
bet1/6
Sana29.05.2022
Hajmi67,41 Kb.
#615915
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5404381095430986269



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA” KAFEDRASI

Ijtimoiy pedagogika” fanidan


KURS ISHI
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o'rni” mavzusidagi


Talaba: 2-kurs “PP-201” guruh talabasi
Mustafoyeva Farangiz Shuhrat qizi
Ilmiy rahbar: “Pedagogika” kafedrasi
TOSHKENT-2022
Mundarija:
KIRISH………………………………………………………………..…..3
I.BOB. MEHRIBONLIK UYLARI TARBIYALANUVCHILARI BILAN ISHLASHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1.Mehribonlik uylarida olib boradigan ijtimoiy pedagogik faoliyat…….7
1.2.Mehribonlik uylarida milliy g’ururni shakllantirishning shakl va usullari…………………………………………………………………….14
II.BOB.MEHRIBONLIK UYLARI TARBIYALANUVCHILARI BILAN ISHLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
2.1.Mehribonlik uylarida olib boriladigan reabilitatsiya ishlari…………..22
2.2.O’smirlarni tarbiyalashda mehribonlik uyi va otaliq tashkilotlarini o’zaro hamkorligi…………………………………………………………40
XULOSA …………………………………………………………….......48
FOYDALANILGAN ADABIYOTLARI RO`YXATI…………………50

Kirish
Mavzu dolzarbligi. Mustaqillik yillarida fuqarolarni ijtimoiy himoyalashga alohida e‘tibor qaratilib kelinmoqda. Mazkur sohani davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e‘tirof etilishi esa jamiyatda bozor ishlab chiqarishiga asoslangan ijtimoiy qaror topayotgan va ijtimoiy munosabatlar mazmunida raqobat yetakchi o‘rin egallayotgan mavjud sharoitda fuqarolarni moddiy va ma‘naviy jihatdan qo‘llab- quvvatlash imkoniyatini yaratdi.
Hukumat tomonidan amalga oshiriladigan asosiy himoya choralari, engavvalo, nogironlar, yetim-yesirlar, qariyalar, ko‘pfarzandli onalar, talabalar va maktab o‘quvchilari manfaatlariga xizmat qiladi. Yetim-yesirlarni har tomonlama himoya qilish,ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta‘lim-tarbiya berish kabi muhim masalalar bilan bevosita bog‘liqdir. Yetim-yesirlarga g‘amxo‘rlik deganda, birinchi navbatda, Mehribonlik uylarini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Boquvchisidan mahrum bo‘lgan yetimlarga g‘amxo‘rlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida maxsus Qonun bilan kafolatlanib qo‘yilgan. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashning puxta asoslangan mexanizmini yaratish, keng jamoatchilik e‘tiborini mazkur masalaga tortish, bu borada samarali sanalgan omillarni aniqlash, yangi imkoniyatlarni izlab topish muammolarini hal etishga bo‘lgan ehtiyojning mavjudligi tadqiqotning dolzarbligini asoslaydi. Тarbiyalanuvchilarni jamiyatning yetuk a‘zosi sifatida ijtimoiy hayotga samarali tayyorlash,ular tomonidan muayyan kasb yoki hunar sirlarini o‘zlashtirilishiga erishish,keskin raqobatlarga bardosh bera oladigan darajada ruhan kamol topishlari uchun zarur pedagogik sharoitlarni yaratish,mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish chora tadbirlarini belgilash tadqiqot muammosi sifatida tanlangan.Mehribonlik uylarida ta‘lim- tarbya ishlarini tashkil qilish va olib borishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish,shakl va metodlarini ishlab chiqish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan dolzarb masaladir.Biroq,Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilarida milliy iftixor va milliy g‘ururni tarkib toptirish,shakllantirish takomillashtirish va tarbiyalashga bag‘ishlangan ilmiy kuzatish ishlari yetarlicha emas. Zero,milliy g‘ururni yuksaltirish orqali vatanga,xalqqa,kelajagi buyuk davlat istiqboliga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish va tarbiyalash mumkin.
Mustaqillik yillarida Mehribonlik uylari faoliyatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ular asosida -Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi Nizom qabul qilindi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevralda 59-sonli qarori aynan -Mehribonlik uyi‖ to‘g‘risida qabul qilinib, u o‘zining amaldagi ijrosini ta‘minladi. Ushbu tarixiy qaror har tomonlama muhim ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa bu qaror o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan milliy qadriyatlarimizni, an‘analarimizni o‘zida namoyon etib, ajdodlarimiz merosiga asoslanadi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga har tomonlama yordam bera oladi. Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorini amaldagi ijrosini ta‘minlash maqsadida -Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi Nizom qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi-Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida gi 230-sonli qarori ijro uchun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov buyuk davlatning kelajagini belgilab beruvchi islohotlarimizning asosiy besh tamoyilni ko‘rsatib berdi. Ular xalqimizning o‘ziga xos ruhiyati, hayot va turmush tarzi hamda milliy qadriyatlari va an‘analariga asoslanganini alohida ta‘kidlash lozim.
Ayniqsa, islohotlarning to‘rtinchi tamoyili kam ta‘minlangan oilalar, nogironlar, yetim-yesirlar, qariyalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, u xalq ruhiyatini mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonunning 20-moddasida shunday deyilgan: Yetim bolalar va ota-onalarning yoki boshqa qonuniy vakillarning qarovsiz qolgan bolalarning ta‘limi va ta‘minoti to‘laligicha davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Yetim bolalar qonun bilan belgilangan tartibda davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi‖. Bu mustqillik tantanasi va respublika hukumati olib borayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning sharofatidir.
Shuningdek, boquvchisidan u yoki bu sabab bilan mahrum bo‘lgan yetim – yesirlarga g‘amxo‘rlik qilish muqaddas Avestolda va Qur‘oni Karimda ham, Muhammad payg‘ambarimiz hadislarida ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Qolaversa, al-Buxoriy, at-Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro kabi allomayu ulomalarimiz ham yetim-yesirlarga ko‘mak qilish , hayr sadaqa in‘om etish savob ekanligidan ta‘limot berishgan.
Demak, boquvchisidan mahrum bo‘lgan bolalarga ko‘maklashish, ularni tarbiyalash o‘zbek xalqining azal- azaldan urf-odati va an‘anasiga aylangan. Shu ma‘noda Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolalarni hae tomonlama muhofaza qilishni davlat tasarrufiga olish kabi muruvvatli siyosatga , milliy qadriyatlar va an‘analarimizga asoslangan bo‘lib , bu olam humul tarixiy ahamiyatga egadir.
Mustaqillik yillarida mehribonlik uylari faoliyatini yaxshilashga doir maxsus qonunlar chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining Qonun hamda qarorlari , normativ hujjatlari e‘lon qilindi. Shu hujjatlar asosida Mehribonlik uyi to‘g‘risida nizom‖ ishlab chiqildiki, bu tarixiy ahamiyat kasb etadi.
5 O‘sha Nizomning 1-qism 3- moddasida shunday deyilgan:
- Mehribonlik uyinig asosiy vazifasi oilaviy muhitdan mahrum bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni to‘liq ruhiy sog‘lomlashtirishga, ijtimoiy mehnat moslashuviga va ijtimoiy-huquqiy himoya qilishga ko‘maklashuvchi uy sharoitiga eng ko‘p darajada yaqinlashtirilgan muhitni yaratishdir. Bu vazifani amalga oshirishda , eng avvalo ta‘lim-tarbiyaning roli benihoya kattadir.
Shunday ekan, nogironlik uylarida ta‘lim –tarbiyani ilmiy asosda tashkil etish muhimdir.
Demak Mehribonlik uylarida ta‘lim tarbiya ishlarini olib borishning ilmiy nazariy asoslarini tadqiq etish , shakl va usullarini ishlab chiqish davlat ahamiyatiga
ega bo‘lgan dolzarb masaladir
To‘g‘ri, yuqori sinf o‘quvchilarini ma‘naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash va oilaviy tarbiya muommolariga bagishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Chunonchi , M.Ochilov , K.Hoshimov , O.Musurmonova , Safo Ochil, M/In‘omova, To‘rayeva , A.Munavvarov, G‘.Shoumarov, R.Jo‘rayev, M.Haydarov singari olimlarning ilmiy kuzatishlari shular jumlasiga kiradi.
Biroq mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni tarbiyalashga bag‘ishlangan hech bir ilmiy kuzatish olib borilmagan. Zero, milliy g‘ururni tarkib topdirish va uni tarbiyalash o‘z-o‘zini anglash, kimligini tarixini bilish bilan bevosita bogliqdir. Darhaqiqat, g‘ururi yo‘q, o‘z qadrini bilmagan kishidan ezgu ishlarni kutish qiyin.

Download 67,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish