7-MAVZU. YANGI O’ZBEKISTONDA SHAXS KASBIY MA’NAVIYATINI
YUKSALTIRISH OMIL VA VOSITALARI
Reja:
1.
Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va
jismonan sog’lom etib tarbiyalash. “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi.
2.
Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot
g’oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar.
3.
O’qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzi pasayib ketganligi, ularni
moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tizimi.
4.
Pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma’naviy
va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
1. Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va
jismonan sog’lom etib tarbiyalash. “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi.
Xalqimizda “ta'lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so‘z bor. Faqat
ma'rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.
Shu sababli, ta'lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi prinsipiga asoslanishi,
ya'ni, ta'lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda ta'limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya'ni, bola 3
yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e'tibor beriladi.
Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu
ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Buyuk
yunon olimi Aristotelning
“Vatan taqdirini
yoshlar tarbiyasi hal qiladi”
, degan so‘zlari bor. Qarang, bu fikrlar miloddan avval aytilgan.
Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta’lim va tarbiya masalasi,
doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Bir o‘ylab ko‘raylik, dunyodagi rivojlangan davlatlar qanday qilib yuksak taraqqiyot va
turmush farovonligiga erishmoqda? Eng avvalo, ilm-fan va ta’limga qaratilgan ulkan e’tibor
tufayli emasmi?
Shuning uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har
tomonlama taraqqiy ettirish, yangi
O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib
borilmoqda.
Bu borada o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani sizlarga yaxshi
ma’lum. Mana, kuni kecha tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun ushbu soha taraqqiyotida,
hech
shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy,
inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet
va o‘quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o‘qituvchilarga mualliflik dasturi
va o‘qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o‘qitish
va tarbiya usullarini
erkin tanlash huquqi berildi.
Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali
O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni
o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo,
uchinchi
Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak.
Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz
azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning
boy ilmiy-madaniy merosi, toshga
muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar,
nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran
ildizlaridan dalolat beradi.
Men yuqorida Aristotelning fikrlarini bejiz eslamadim. Hammangizga yaxshi ma’lum,
antik davrda Yunonistonda yongan ilm mash’alasi to‘qqizinchi – o‘n ikkinchi asrlarda Markaziy
Osiyo hududida qayta porladi. Bu davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va
u butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Xususan, Muhammad
Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy
singari o‘nlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat
taraqqiyoti rivojiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.