Sana :
Sinf : 5
Fan : Ona tili
Mavzu : Sifatlovchi aniqlovchi
Darsning maqsadi :
1. O'quvchilarga sifatlovchi aniqlovchi haqida ma'lumot berish
2. Yoshlarga vatanparvarlik , insonparvarlik fazilatlarini mujassam ettirish orqali yuksak didli , aqlan barkamol ma'naviyati yetuk komil insoni shakllantirish .
3. Bilimli va oqil , mustaqil fikrlay oladigan kishilar bo'lishga undash
Darsning tipi : Yangi bilim berish
Darsning usuli : O'yinlar orqali mashqlar bajarish
Darsning jihozi : darslik , o'quv qo'llanmalari , ko'rgazmali qurollar , rag'bat kartochkalari
Darsning borishi :
1. Tashkiliy qism
2. Psixologik iqlim yaratish
3. Yangi mavzu bo'yicha topshiqriq va mashqlar bajarish
4. Darsni mustahkamlash
5. Uyga vazifa
Darsning shiori :
Toma - toma ko'l bo'lur ,
Hech tommasa cho'l bo'lur
Darsning o'quvchilar bilan salomlashishdan boshlaymiz , so'ng o'tgan mavzu yuzasidan savol - javob o'tkaziladi . Bunda o'quvchilarni guruhlarga bo'lib olamiz va " Tez yurar " o'yinini o'tkazamiz . Har bir guruh a'zosi 3 lahza ichida savollarga javob berishlari shart .
1. Aniqlovchi deb nimga aytiladi ?
2. Aniqlovchi ma'nosiga ko'ra necha xil ?
3. Aniqlovchining ostiga qanday chiziq chiziladi ?
4. Oppoq mashina keng ko'chadan o'tmoqda . Gapidan aniqlovchini toping ?
5. Toshkent juda chiroyli shahar . aniqlovchini toping ?
6. O'qigan odam hayotda qiynalmaydi . Gapidan aniqlovchini toping?
So'ng yangi mavzu bo'yicha topshiriq va mashqlar bajariladi .
1 - topshiriq
Nuqtalar o'rniga quyida berilgan so'zlarning sifatlovchilarini topib ko'chiring .
...... gul , ..... olma , ...... uy , ...... ko'cha
2 - topshiriq
Quyidagi berilgan kataklarni mos so'zlar bilan to'ldiring .
chiroyli --------- , zebo ---------- , so'lim ----------
O'quvchilar bilib oling rukni ostida berilgan qoidani yoddan aytib beradilar . Har bir guruhdan bittadan o'quvchi aytadi .
155 - mashq
Bajarishda " Topqirlar bellashuvi " o'yinidan foydalanamiz .
Matnni o'qib , mazmunini so'zlab berishga harakat qiling . Ajratib ko'rsatilgan so'zlarning qanday so'roqqa javob bo'lishini hamda qaysi gap bo'lagi bo'lib kelayotganini aniqlang .
Bugunga kelib ekologik muammo hayotimizning eng dolzarb masalasiga aylandi . UZOQ yillar davomida BU muammolarni hal etish uchun JIDDIY ish olib borishga yo'l berilmadi . U davrlarda BEPAYON o'lkamizninbg beqiyos boyliklarini asrash butunlay yot tushuncha edi . Natijada SERUNUM yerimiz kasallandi , BEG'UBOR havo , MUSAFFO suvlar bulg'andi .
156 - mashq
Hayvonlar , qushlar hamda o'simliklar dunyosiga munosabatingizni ifodalab ber necha gap tuzing . ULarda sifat , son , olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchilarni qo'llang .
Birinchi guruh sifat bilan ------ifodalangan sifatlovchi aniqlovchilarga gap tuzadilar .
Ikkinchi guruh son bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchilarga gap tuzadilar .
Uchinchi guruh olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchilarga gap tuzadilar .
157 - mashq
Sifatlovchi aniqlovchini topib , izohlang .
O'zbekistonda qish ko'pincha uzoq davom etmaydi -------- ikki oydan oshmaydi . Ko'pincha havo nam , bulutli , sovuq bo'ladi . Tez - tez tuman tushadi , ba'zan qor yog'adi . Bu yerda qattiq sovuq kunlar ham bo'ladi . Yomg'irli kunlar tez - tez iliq kunlar bilan almashinib turadi .
Savol va topshiriqlar
1. Sifatlovchi anilqovchi deganda nimani tushunasiz ?
2. Narsaning belgisi deganda nimani tushunasiz ?
3. Sifatlovchi aniqlovchi ishtirok etgan gap tuzing ?
Darsning yakunida qaysi guruh ko'p rag'bat kartochkalarini qo'lga kiritgan bo'lsa , o'sha guruh g'olib deb e'lon qilinadi .
Uyga vazifa : 158 - mashq . Tabiat manzarasi haqida kichik hikoya yozing . Tabiqtning qanday va qaysi jihatlari diqqatingizni jalb etadi .
5 " B" sinfda o'tkazilgan tadbir qatnashchilari
Hamsasi ko'ngilni shadek yoritgan
Ona tilimizni yo'qdan bor etgan
Tilimizni ko'rkam boy etgan
Alisher bobomlar qutlug' qadamlar
5 " B" sinfda o'tkazilgan ochiq darsdan lavha
Nayni labga olibdi ,
Hayrat , garang qolibdi
- " Voydod , dunyolar shohi
Iskandarning bor shohi "!
- " Iskandar Zulqarnayn " ertak - dostonidan lavha
Ustarangni tayyorla
Sochlarimni qirq tashla
Sartarosh ochsa qalpoq
Boshda ko'rdi qo'sh shohni
5 " B" sinfda " Bahorda hamnafas shoira mavzusida o'tkazilgan bellashuvdan " Zulfiyaxonim izdoshlari " .
Salom mening aziz dugonalarim
Azizim , lobarim , chevarim qizlar !
Do'stlaringiz bilan baham: |