Ta’limga investitsiya kiritishni rag‘batlantirish yo‘llari


-rasm. 2030 yilda dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo‘ladigan davlatlar, (trln.doll.)



Download 5,4 Mb.
bet7/19
Sana17.07.2022
Hajmi5,4 Mb.
#814178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Diplom ishi

2-rasm. 2030 yilda dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo‘ladigan davlatlar, (trln.doll.)
Prognoz ko‘rsatkichlariga asosan AQSh liderlikni saqlab qoladi va mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 2030 yilga kelib 24,8 trln. dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinni Xitoy egallaydi, uning yalpi ichki mahsuloti hajmi 22,2 trln. dollardan iborat bo‘ladi. Kuchli uchlikka esa Hindiston 6,6 trln. dollar yalpi ichki mahsulot bilan kiradi. Xalqaro Valyuta Fondining shuni qayd etadiki so‘nggi 15 yilda Hindiston jahonda ishlab chiqarish kuchi bo‘yicha eng baquvvat mamlakatga aylanadi. Investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishda yana bir dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri bu Xitoy hisoblanadi. Ularning investitsiyalarni boshqarishda olib borayotgan siyosati taxsinga sazovordir. Chunki Xitoy hozirgi kunda investitsiyalarni jalb qilishda jahonda birinchi o‘ringa ko‘tarilib, bir necha asrdan beri o‘z o‘rnini hech kimga bermay kelayotgan AQShni keyingi o‘ringa tushirib qo‘ydi. 1978 yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotlar o‘tkazila boshlangan.
Mamlakatlar o‘z hududida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning bir qancha uslublarini ishlab chiqqan bo‘lib, ular quyidagilar:
1) investorning o‘z moliyaviy resurslari va ichki xo‘jalik rezervlari (foyda,
amortizatsiya ajratmalari, maxsus zaxira fondlari);
2) investorning qarz mablag‘lari (bank krediti, byudjet krediti, obligatsiya
bo‘yicha qarzlar);
3) jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat jamoasining
pay va boshqa ko‘rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va
boshqa badallari);
4) byudjetdan investitsion assignatsiyalari (mahalliy, davlat va byudjetdan
tashqari fondlar mablag‘lari).
5) chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el
investitsiyasi, qo‘shma korxonalar ko‘rinishida);
6) lizing va seleng (investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turi
bo‘lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga yoki
intellektual mulkdan foydalanish huquqini berish).
Ta’lim sohasini investitsiyashda esa yuqoridagi usullardan boshqa usulardan ham foydalaniladi. Xususan, dunyo miqyosida olib qaralgan ta’lim asosan davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Hozirgi vaqtda oliy ta’limni moliyalashtirish bilan bog‘liq bir nechta tendensiyalarni farqlash mumkin. Birinchi – mazkur sohaga xarajatlar tarkibida davlat ulushining qisqarishi. Bu hol rivojlanayotgan mamlakatlardagina emas, balki iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham kuzatiladi. Masalan, xarajatlar sezilarli darajada qisqarishi Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda yuz berdi. Ba’zi mamlakatlarda moliyalashtirishning pasayishi yuz bergani yo‘q, ayrim mamlakatlarda esa, u amalda hatto ko‘paydi (Avstraliya, Shvetsiya, Portugaliya).
Ikkinchi tendensiya oliy ta’lim odatda bepul bo‘lgan mamlakatlarda o‘qish uchun haq to‘lash tartibini joriy etish hisobiga mablag‘larning qaytishini ko‘paytirish yoki mazkur amaliyot mavjud bo‘lgan mamlakatlarda haq miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq. Ilgari ko‘pgina mamlakatlarda oliy ta’limdan erkin bahramand bo‘lish imkoniyatini ta’minlangan bo‘lsa, endilikda ayrim mamlakatlarni (masalan, Braziliya, Shri-Lanka, Tanzaniya va Evropaning bir qator mamlakatlarini) istisno etganda aksariyat oliy o‘quv yurtlari o‘qish uchun haq olmoqda. Natijada ko‘pgina o‘quv yurtlari bozorda talab mavjud bo‘lgan faoliyat turlarini rivojlantirmoqdalar, chunonchi: xizmatlar (asosan maslahat xizmatlari), buyumlar, patentlarni sotmoqdalar.
Misol tariqasida Yaponiyada oliy ta’limni moliyalashtirishning asosiy yo‘nalishlarini keltiramiz. Yaponiyada ta’limni moliyalashtirish milliy hukumat tomonidan ham, prefekturalar va munitsipalitetlarning ma’muriyatlari tomonidan ham amalga oshiriladi. Bu sohaga hukumat xarajatlari milliy ta’lim muassasalarini ta’minlashga mablag‘lardan va mahalliy darajada ta’limni quvvatlashga va xususiy o‘quv yurtlari uchun ajratiladigan subsidiyalardan tarkib topadi. Mahalliy darajada ta’lim xarajatlarini moliyalashtirish hajmi bevosita prefekturalar va munitsipalitetlarning ma’muriyatlari tomonidan yig‘ilgan soliqlar va boshqa daromadlardan belgilanadi.
Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun talabalar ma’lum miqdorda haq to‘laydilar. Milliy oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun haq to‘lash darajasi Ta’lim, fan, sport va madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi. Prefekturalar va munitsipalitetlarning o‘quv yurtlarida o‘qish qiymati mahalliy qonunlar bilan belgilanadi.
Majburiy ta’lim tizimida band bo‘lgan o‘qituvchilar maoshiga vazirlik budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hajmi 46,5% ni tashkil etadi. Bu o‘qituvchilar ish haqi fondining yarmi hisoblanadi, ikkinchi yarmi esa mahalliy budjetlarning mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Oliy ta’lim vazirligi universitetlar joriy xarajatlarining taxminan yarmini yaxlit grant sifatida moliyalashtiradi. Mablag‘larning ikkinchi yarmini esa universitet markazlarining ishidan, o‘qishga to‘langanhaqdan, raqobatbardosh loyiha yechimlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar, ayrim shaxslarning ehsonlari va hokazolar tashkil etadi. Bu daromadlarning barchasidan universitet o‘z ixtiyoriga qarab foydalanishi, tejab qolishi, navbatdagi yilga o‘tkazishi mumkin.
Ta’lim oluvchilar ko‘p sonli tashkilotlardan, shu jumladan Yaponiya stipendiya jamg‘armasidan moliyaviy yordam olishlari mumkin. Turli davlat muassasalari va jamoat tashkilotlaridan madad oluvchi mazkur jamg‘arma talabalarga foizsiz qarz berish va kam foizli (3% gacha) kreditlash amaliyotini keng qo‘llaydi. Foizsiz kreditlar barcha darajadagi ta’lim oluvchilarga berilishi mumkin. Kam foizli kredit universitetlar, kichik kollejlarning talabalari, magistrlik dasturlari va maxsus tayyorlov maktablarining tinglovchilari uchun mo‘ljallangan. U yoki bu turdagi stipendial kreditlar o‘quv yurti ma’muriyati tomonidan tavsiya etilgan ta’lim oluvchilargagina beriladi.
Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, bu borada xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashish, o‘quv-reja va dasturlarni modernizatsiyalash va takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xorijiy texnik yordam hajmi o‘tgan davrda 500 mln. dollardan oshib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining 290 mln. dollar mablag‘i Janubiy Koreya hukumatining 110 mln.dan ortiq, Jahon bankining 33 mln., OPEK fondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 mln., Germaniya hukumatining “KfV” banki orqali yo‘naltirilgan qariyb 20 mln. va boshqa donorlarning 100 mln. dollardan ortiq yordami ko‘rsatildi.
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSH, Fransiya, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular, garchi, umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin mavjud mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi. Masalan, Yaponiya ta’lim tizimida «Oila» omiliga katta e’tibor berilgan. Amerika yoki Fransiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar joriy etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda o‘zini oqlagan va samara bergan modellarni o‘zga davlatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab yoki tatbiq etib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, milliy hamda O‘zbekiston respublikasiga xos bo‘lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tizimlari yaxlit ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-ma’naviy ierarxiyasi (hukmronligi)ning uzviy mushtarakligidan tashkil topgan.
Respublika oliy ta’lim tizimining universitet va institutlarini Xalqaro ta’lim instituti bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy, amaliy va ularni malakalarini oshirish bo‘yicha aloqalarini kuchaytirish zarur. Xalqaro ta’lim instituti 1919 yilda tashkil topgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi oliy ta’lim yo‘nalishida mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish ularga akademik erkinlikni tashkil etish, xalqaro ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash o‘qituvchilarni malakalarini oshirish, xalqaro darajada ilmiy ishlarni chop etish vazifalarini oshiradi.



Download 5,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish