I bob. Ta’limga investitsiya kiritishning iqtisodiy mohiyati va nazariy-amaliy asoslari 1.1 Ta’limga investitsiya kiritishning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Yaqin vaqtga qadar dunyo iqtisodchilari moddiy kapitalni mamlakatlar iqtisodiy o‘sishini belgilovchi eng muhim omil deb hisoblab kelishgan va iqtisodiy o‘sish jarayonini jadallashtirish va xalq turmush farovonligini oshirish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda moddiy kapitalni shakllantirish sur'atini oshirish zaruriyati mavjudligini ta’kidlab kelishdi. Ammo so‘nggi o‘ttiz yillik davmida o‘tkazilgan iqtisodiy tadqiqotlar ta'limning iqtisodiy rivojlanishning hal qiluvchi omili sifatida ahamiyatini ochib berdi. Ta'lim deganda esa odamlar yoki ishchi kuchining insoniy qobiliyatlari va bilimlarini rivojlantirish tushuniladi.
Iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili nafaqat ta'lim imkoniyatlarini miqdoriy kengaytirish, balki ishchi kuchiga beriladigan ta'lim turini sifat jihatidan yaxshilashdir. Iqtisodiy taraqqiyotga qo‘shgan salmoqli hissasi tufayli ta'lim inson kapitali, xalq ta'limiga sarflangan mablag‘ esa inson yoki inson kapitaliga investitsiya sifatida atalgan.
Inson kapitali va mehnat resurslari samaradorligi g‘oyasi iqtisodiyot taraqqiyot bosqichlarining ilk davridanoq insoniyat rivojida yuqori ahamiyat kasb etishi anglab yetilgan va bunga jiddiy ahamiyat berib kelingan. Xususan yillar davomida chuqur bahs-munozaralarga sababchi bo‘lgan iqtisodiyotda inson omili va uni rivojlantirish konsepsiyasi natijasida iqtisodiy atamalarda inson kapitali tushunchasi paydo bo‘ldi va bu inson ya’ni iqtisodiyotning barcha bosqichlarida faol ishtirok etadigan mehnat resusrslari va ularning malaka va qobiliyatlarini oshirish, ularni ham ma’nan, ham jismonan yuksaltirish masalasi to‘g‘risidagi fikr va qarashlar paydo bo‘ldi. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak inson kapitali nazariyasi neoklassik tadqiqot dasturlari doirasida vujudga kelgan bo`lib, u chuqur metodologik ildizlarga ega. XVIII-XIX asr mashhur iqtisodchi klassiklar ishida ijtimoiy ishlab chiqarish doirasida inson faoliyatining joyi, roli va o`ziga xos tomonlarining asosiy, bazis qoidalari shakllangan va rivojlantirilgan. Shunga qaramay inson kapitali konstepstiyasiga qiziqish, uning shakllanishi va intensivlik darajasi ko`p hollarda jamiyat tarixiy rivojlanishining ob’ektiv shart-sharoitlari bilan belgilanadi.
Ingliz klassik siyosiy iqtisod namoyandalari tomonidan inson unumdor
qobiliyatlarini miqdoriy va sifatiy baholash va iqtisodiyot taraqqiyotida uni o`rnini
aniqlash sohasida birinchi fundamental tadqiqotlar qilindi. Ular birinchilardan
bo`lib ta’lim, malaka, millat sog`ligini yetakchi rolini ko`rib bilganlar. Bu
masalalariga U.Petti, A.Smit, D.Rikardoning ishlari bag`ishlangan.
Iqtisodiy ta’limot tarixida birinchilardan bo`lib U.Petti inson qadr-qiymati
haqida aytgan. O`zining mashhur asari “Siyosiy arifmetika”da (1676-yil) u yetarli
darajada batafsil “hunarmand, moryak, soldat, insonlar qiymati...”ni analiz qilgan
va “har bir inson qiymatini hisoblash metodi”ni taklif etgan, unga muvofiq
“insonlarning asosiy massasi xuddi yer kabi keltiradigan-yillik daromadlarining
yigirma marta ko`paytirgan darajasiga teng”3. Shunga qaramay U.Petti insonga xos
bo`lgan alohida ijobiy, bunyodkor qobiliyat va qimmatli ko`nikmalarini alohida
ajratmagan.
Adam Smit ta’limni yuqori iqtisodiy ahamiyatini ta’kid etib, uni mamlakat
boyligini oshiradigan faktorlarga kiritadi. Hozirgi nazariyalarda Adam Smit
tomonidan ilgari surilgan moddiy kapitalni qayta ishlab chiqarish jarayoni bilan
inson qobiliyati o`rtasidagi analogiyaga oid fikrlari juda muhimdir. Adam Smit
aytadiki, “inson ma’lum kasb-hunar yoki ixtisoslikni o`rganish uchun katta mehnat
va vaqt sarflab uni egallaydi. Uni qimmatli mashina bilan tenglashtirish mumkin”.
Bu mehnat “unga o`qishga ketgan xarajatlarini qoplaydi, ko`pincha kapitaldek
foyda keltirishi mumkin”.
Bu masalada A.Smit fikriga ingliz klassik siyosiy iqtisodiyoti namoyandasi
bo`lgan David Rikardo ham qo`shiladi. U o`zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning ibtidosi” kitobida mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotda orqaga qolish sabablari qatoriga “aholining barcha qatlamlarida savodlilikni yetarli bo`lmaganini”4 kiritadi.
K.Marks ta’kid etganki, insonning jismoniy, aqliy va ijodiy bunyodkorlik
quvvatlarining oshishi “jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi” sifatida
namoyon bo`ladi. U “haqiqiy boylik”dir, boshqa moddiy boyliklar “ijtimoiy ishlab
chiqarishning o`tkinchi lahzalari”dir. Ayniqsa inson qobiliyatining oshishini,
asosiy kapitalni ishlab chiqarish sifatida qarash mumkin. Chunki bu asosiy kapital
insonni o`zi hisoblanadi5.
Shunday qilib mashhur klassik iqtisodiyotchilarning asarlari inson kapitali
nazariyasining metodologik asoslarini yaratdi. Barcha iqtisodchi klassiklar tadqiqotlari shunga asoslanadikim, insonning malakali mehnati kapitalistik ishlab chiqarishning asosiy harakatlantiruvchi faktoridir. Bunday inson mehnati unga sarflangan investistiyaga nisbatan ko`proq qiymatni vujudga keltiradi.
Insonni ta’lim olish, tajribalarni egallash va malakali bo`lishi uchun
sarflanadigan xarajatlarning investistion tabiati haqidagi g`oya moddiy kapitalni
ishlab chiqarish jarayoni va insonni unumdor qobiliyatlari o`rtasida analogiya
o`tkazish uchun metodologik asosni tashkil etardi.
Iqtisodchilar bahslarda eng avvalo shu masalada kelisha olmadilar.
“Nimani kapital deb hisoblash kerak?” “Insonni jismoniy mavjudot sifatida kapital
deyish lozimmi yoki insonni unumdor qobiliyatini kapital deyish kerak-mi?
Inson kapitali masalasiga ilmiy qiziqish pasayishiga ob’ektiv sabab mavjud:
olimlar intuzazmiga ijtimoiy-siyosiy quvvatlarning adekvat reakstiyasi
kuzatilmadi. Tasdiq etish mumkin emaskim, rivojlangan mamlakatlar hukumatlari
migrastiya, sog`likka muddatidan oldin o`limlarni oldini olish va ta’limga
kiritilayotgan investistiyalarning iqtisodiy foydasini anglamas edilar. Agar XVII-XVIII asrlarda “kapitalning umumiy miqdoriga inson kapitali 10% oshmagan
bo`lsa 1913-yilda u 33%ga ko`tarildi. Ammo hozirgi zamon investistion siyosat
nuqtai nazaridan bunday proporstiyalar juda ham qoniqarsizdir.