Ta’limga investitsiya kiritishni rag‘batlantirish yo‘llari


-rasm. Ta’limga investitsiya kiritish rentabelligi egri chizig‘i



Download 5,4 Mb.
bet3/19
Sana17.07.2022
Hajmi5,4 Mb.
#814178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Diplom ishi

1-rasm. Ta’limga investitsiya kiritish rentabelligi egri chizig‘i.
Iqtisodchilar Beker va Minser XX asrning 60-70 yillarida inson kapitaligi, uning ta’limiga kirtiladigan investitsiyalarning samaradorligini tadqiq qildilar va quyidagicha xulosaga keldilar: ta’limning yuqori darajalarini egallagan ishchi kuchi ta’limning quyiroq darajasini bitirgan ishchilarga nisbatan yoshga nisbatan ish haqlari anchagina baland. Ya’ni insonning bilimi va malakasi oshgan sayin uning ish-faoliyati uchun to‘langan ish haqi shunga monand ravishda o‘sib brogan6.
XX asr boshida ta’lim iqtisodiyoti va chet el iqtisodiyot fani boshida
Garvard universiteti professori dj.R.Uolsh turardi. U birinchi bo`lib kasbiy ta’limni
AQSh milliy daromadiga ta’sirini hisoblab chiqdi. Bu jarayonda birinchi marta
“ishlab chiqarishning alternativ saqlaguvchisi” va “vaqtga nisbatan - ezgu
daromad – xarajat afzalligi” tushunchalari qo`llanildi. Bu tushunchalar hozirgi
zamon inson kapitali tushunchalari sifatida keng qo`llaniladi.
Dj.R.Uolsh oliy ta’limning iqtisodiy ahamiyati masalasi bilan qiziqdi.
Dj.R.Uolshning ta’lim iqtisodiyoti sohasidagi ishlari faqatgina o`sha davr uchun
novatorlik ishi bo`lib qolmay kelgusi tadqiqotlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Uolshning amaliy natijalari va nazariy ishlanmalaridan necha o`n-yillar
o`tgandan keyin T.Shulst va G.Bekker inson kapitali nazariyasini yaratishda
foydalandilar.
Keying davrlarda Ijtimoiy progressning bosh yo`nalishi deb
insonni o`zini ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, iqtisodiy progressda
ishchi kuchidan foydalanishni samaradorligini oshirish mo`ljallandi. Bular fan,
ta’lim, sog`likni saqlash xizmat sohasi va dam olish intensiv o`sishini
rag`batlantirdi.
Aynan shu davrda g`arb iqtisodiyot fanida inson kapitali konstepstiyasi
vujudga keladi va amerikalik neoklassik olimlar “chikago maktabi”
namoyandalari: G.Bekker, B.Veyebrod, E.Denisson, Dj.Minster, I.Fisher,
M.Fridment, T.Shulst kabi iqtisodiy yo`nalishdan turli-yillarda Nobel mukofoti
lauriyati bo`lganlarning ishlari chop etildi.
Inson kapitali nazariyasining shakllanishida iqtisodiy o`sish qonuniyatlarini
tadqiqotlari muhim rol o`ynadi. G.Bekker shunday sharhlardi: “Asosiy
harakatlantiruvchi faktor shu narsa bo`ldiki, ko`pchilik mamlakatlarda moddiy kapitalni o`sishi daromadning nisbatan ko`rinmaydigan qismini tashkil etishini
angladilar. Qoniqtiradigan tushunchalarni axtarish, texnik va progress va inson
kapitali kabilarga qiziqishni hosil qildi”7.
Shuning uchun iqtisodchilar asosiy diqqat ob’ektlari iqtisodiy
o`sishga ta’limni ta’siri bo`ldi. Ta’lim iqtisodiy o`sishning vositali manbai sifatida
sharhlanardi.
“Chikago maktabi”ning markaziy nazariy qoidasi iqtisodiy fanda neoklassik
yo`nalishi sifatida iqtisodiy jarayonlarni individning maksimallashtiruvchi
tamoyillar asosida tushuntirishdir. “Chikago maktabi” konstepstiyasi taxmin
qiladiki, ta’lim, sog`liqni saqlash, migrastiya va faoliyatning boshqa shakllariga
xarajatlar rastional asosida o`ylab hisob-kitob qilib amalga oshiriladi. Keng
ma’noda inson kapitali insonga bilim olishi, sog`liqni saqlash, migrastiya, baho va
daromadlar haqida axborotni izlashga ajratiladigan investistiya yo`li bilan
shakllanadi. Bunda asosiy e’tibor miqdoriy tahlilga berilgan.
Shunday qilib, inson kapitali nazariyasining shakllanishida XX asrning 60-
yillarida barcha zaruriy sub’ektiv va ob’ektiv shart-sharoitlar vujudga keldi.
Bu kabi barcha tadqiqotlarning asl maqsadi mamlakatda insonlar aqliy va ma’naviy, shuningdek jismoniy jihatdan yuksak darajaga ega bo‘lishining mamlakatlar taraqqiyotida egallagan ahamiyatini ommaga oshkor etish va isbotlashdan iborat edi. Xususan, bu o‘rinda mamlakat aholisining savodxonlik darajasi va kasbiy-malakaviy yuksakligi eng muhim omil sifatida qaralgan.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo‘naltirish hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg‘or pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko‘lamdagi islohotlarni o‘z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.
Darhaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
Ta’lim to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalarining uch turi farqlanadi:
- taiimga, shu jumladan, umumiy va maxsus, rasmiy va norasmiy taiimga, ish joyida tayyorgarlikka va malaka oshirishga xarajatlar;
- sog‘liqni saqlash (umr ko‘rish davomiyligi va mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan kasalliklar profilaktikasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, parxez taom, mehnat va turar joy sharoitlarining yaxshilash)ga xarajatlar;
- xodimlaming mehnat faoliyati samarasi past joylardan samara yuqoriroq joylarga migratsiya qilish imkoniyatini beradigan mobillikka xarajatlar.
K. Makkonel va S. Bryu inson kapitaliga investitsiyalar - «ishchilarning malakasini va bu bilan mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan har qanday faoliyatdir. Kimningdir mehnat unumdorligini oshiradigan xarajatlarga investitsiya sifatida qaralishi mumkin, zero ana shu chiqimlar kelajakda daromadlar oqimi bilan ko‘p marotaba kompensatsiya qilinadi», deb ko‘rsatgan8.
Inson kapitalini rivojlantirish uchun ta’limga investitsiyalar manbalari oila, korxona va davlatning xarajatlari hisoblanadi. Oilada farzandni tarbiyalash va unga ta’lim berish uchun xarajatlar uning kelgusida samarali mehnat faoliyati natijasida yuqori daromad olishi hisobga olingan holda qilinadi. Korxona ham inson kapitaliga investitsiya kiritilishidan manfaatdor. Chunki bilimi, malakasi, ko‘nikmalari yuqori bo‘lgan xodim korxonada samarali mehnat qilishi natijasida ish beruvchi daromadlarining ko‘payishiga salmoqli hissasini qo‘shadi.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asosan, yalpi milliy mahsulotdagi axborot texnologiyalari sohasining ulushi bugungi kunda qoniqarli ko‘rsatkichga ega bolmasa ham, bu borada katta miqyosdagi yuqori marra sari amaliy ishlar olib borilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Innovatsion iqtisodiyotga Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kirib borishi jamiyatning raqamlashuviga olib keladi. Inson kapitalining barcha ko‘rsatkichlarida Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining (АКТ) rivojlanishi natijasida ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etuvchilarning ulushi eng ko‘p bo‘ladi, ushbu ulush yuqori texnologiyalar yechimlarining joylarda tarqalganligining muhim omili bo‘lib chiqmoqda.
BMT malumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 33 % dan ortiq qismi yashirin
ochlik, ya’ni quyidagi mikroelementlar: kaltsiy, magniy, temir, yod yetishmasligi
tufayli intellektual rivojlanish boimasligidan aziyat chekmoqda. Buning natijasida
bilim olishga qobiliyat sust bo‘lib, o‘z kasbida tegishlicha yutuqlarga ega bo‘la
olmaydi. Buning uchun iste’mol savatchasidagi mahsulotlar sifatini yaxshilash orqali hozirgi kunda kichik aholi, ya’ni yoshlarda bu kamchiliklami bartaraf etish lozim.
Davlat ham ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi sifatini oshirishga xarajat qilishi
natijasida o‘z milliy inson kapitalini boyitadi, bu esa mamlakat iqtisodiyotining
barqaror o‘sishi va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishning asosiy
omilidir.
AQShda olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar (3100 tadan ko‘proq ish joylari tahlil qilib chiqilgan) xodimlaming ta’lim darajasi 10,0 % ga ortishi natijasida jamlanma mehnat unumdorligi 8,6 % ga o‘sishini ko‘rsatgan. Taqqoslash uchun asosiy fondlar shu darajaga ko‘paytirilganda mehnat unumdorligi atigi 3,4 % ga ortishi aniqlanganligini keltirish mumkin. Boshqacha aytganda, inson kapitaliga investitsiyalardan olinadigan foyda texnikaga kapital qo‘yilmalardan olinadigan foydadan uch barobar yuqoridir.
Buni Jahon banki ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda dunyodagi
umumiy boylikning uchdan ikki qismi - 66 foizini (365 trln AQSh dollari) inson
kapitali tashkil etadi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ushbu nisbat yanada
yuqoriroqdir.
Hozirgi davrda jahonning deyarli barcha mamlakatlarida inson kapitalining
asosiy tarkibiy qismi - ta’limni rivojlantirishga e’tibor ortgan. Bundan 100 yil
muqaddam ta’lim uchun davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotining 1,0 % ni
tashkil etar edi. Hozirga vaqtda bu ko‘rsatkich 5,1 % ga yetgan. Natijada dunyoda
boshlang‘ich ta’limga ega bo‘lganlar soni jami aholining 94,0 % dan ortib ketdi.
Ilmiy ishlanmalarga xarajatlar ham inson kapitaliga investitsiyalar hisoblanadi. Fanning rivojlanishi jarayonida faqat innovatsiyalar, o‘ta yuqori unumli mashina-uskunalar yaratilib, ular asosida ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari
shakllanibgina qolmasdan, balki yangi qobiliyat va extiyojlarga ega bo‘lgan
odamlarning o‘zi ham sifat jihatidan o‘zgaradi. Axborot jamiyatida ilm-fan o‘ziga
xos «inson kapitali generatori»ga aylanadi.
Talim va ilm-fan bilan birgalikda inson salomatligiga mablag‘ kiritish ham
nihoyatda muhimdir. Inson kapitalini jamg‘arish uchun salomatlikning iqtisodiy
qiymati va ahamiyati shubhasizdir. Umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish uchun
salomatlikni saqlashga investitsiyalar kiritish ustuvor xarajatlar qatoridan o‘rin
olgan. Bu esa inson hayotini uzaytirishga, demak, inson kapitali amal qiladigan
davrni uzaytirishga ko‘maklashadi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida milliy ta’lim tizimi sifatini
oshirish hisobiga yuqori malakali, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashni takomillashtirish markaziy o‘rinlardan birini egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek,
«Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon
talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb
bilamiz».
Keyingi paytlarda qabul qilingan Prezidentning 70 dan ortiq farmon va
qarorlari milliy ta’lim tizimini tub isloh qilishning mustahkam huquqiy asosini
yaratdi. Mamlakatda yangi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim
bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning
tuman(shahar)lardagi bo‘limlari tashkil etildi.



Download 5,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish