O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
«ISSIQLIK ENEGETIK JARAYONLARNI MODELLASH
VA OPTIMALLASHTIRISH»
fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU:ENERGETIK QURILMALAR
BAJARDI: BAHRIDDINOV BOBURBEK ________ F.I.O
QABUL QILDI: ______________ B.M.TOSHMAMATOV
QARSHI-2021
T/r
|
MUNDARIJA
|
bet
|
|
KIRISH
|
3
|
1
|
QUYOSH ENERGETIK QURILMALARI
|
4
|
2
|
SHAMOL ENERGETIK QURILMLARI
|
8
|
3
|
GEOTERMAL ENERGETIK QURILMAR
|
12
|
|
XULOSA
|
19
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
20
|
|
|
|
KIRISH
Energetika kishilik jamiyatining faoliyati sferasi bo`lib-muhim bir tizimni tashkiletadi. Bu tizim o`rab turgan muhitni bir tizimi bo`lib, har xil xalq xo’jaligitarmoqlarining bir qismi deb - shunday katta yagona (tabiiy) va sun'iy (inson tomonidanyaratilgan) tizimlar yig`indisi bo`lib, ularning elektr energiya ishlab chiqarishi, o`zgartirish(bir qiymatdan yoki boshqa bir qiymatga almashtirish) taqsimlanish, issiqlik energiyasini ishlab chiqishi va is’temolchilarga etkazib berishi hamda xalq xo’jaligidaenergetikaning barcha turdagi resurslaridan foydalanish tizimlari tushiniladi.Energetika kishilik hayotida muhim o`rin to`tadi. Uning taraqqiyoti darajasijamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va ilmiy-texnik progressda (taraqqiyotda)namoyon bo`ladi.
Energetika sohasining rivojlanishida va malakali energetik-muxandislar tayyorlashda akademiklar: X.F.Fozilov, M.Z.Xamudxonov, T.X.Nosirov, R.A.Zoxidov, Q.R.Allayev, professorlar: R.R.Avezov, N.R.Avezova, B.U.Umarov O.O.Xoshimov, T.M. Kodirov, X.G. Karimov, N.X.Bozorov, M.Muxammadiev, D.N.Muxiddinov, M.I.Ibodullaev, A.B.Vardyashvili, G’.N.Uzoqov larning xizmatlari beqiyosdir.
1.1 QUYOSH ENERGETIKA QURILMASI ---- quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib ,uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr Quyosh energetika qurilmasi bor. Issiqlik Quyosh energetika qurilmasida issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasi energiyani oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (q. Quyosh batareyasi), termoelektrik, termoemission yoki mashina siklli Quyosh energetika qurilmasi boʻlishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) Quyosh energetika qurilmasi koʻpincha Quyosh energetika st-yasi (quyosh elektr st-yasi) deb ataladi. Quyi t-rali Quyosh energetika qurilmasida tabiiy zichligi — – 0,8 kVt/m2 quyosh radiatsiyasidan foydalaniladi. Mas, bunday Quyosh energetika qurilmasi yordamida olinadigan 60—70° li issiq suv binolarni isitishda, past t-rada qaynaydigan suyuqliklar (fre-on, xlor, etil va b.) ning bugʻi maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich mashinalarida qoʻllaniladi. Yuqori t-rali Quyosh energetika qurilmasida quyosh radiatsiyasi zichligi tabiiy zichlikka nisbatan 102—104-marta kattalashtirilib, bir joyga toʻplanadi (fokuslanadi); buning uchun bir yoki bir necha ko'zgu yoxud linzalar toʻplamidan foydalaniladi (q. Geliokonsentrator). Quyosh energetika qurilmasi yerda va kosmosda qoʻllaniladi. Yerdagi Quyosh energetika qurilmasi tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik Quyosh energetika qurilmasidan yer sunʼiy yoʻddoshlari va b. kosmik apparatlarini mustaqil energiya bilan taʼminlashda foydalaniladi. 1.2 YOQILG'I MABALARIDAN TEJAB foydalanish mexanik energiyani, binobarin, elektr energiyasini olish narxini kamaytirishga intilish, uzliksiz tiklanuvchi energiya manbai bo‘lgan shamol energiyasidan keng ko‘lamda foydalanishga olib keldi. Hozirgi davrda O‘zbekiston energetika sistemasi 19 ming sanoat, 80 ming qishloq xo‘jaligi, 19 ming kommunal va 3,5 million maishiy
iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi.
1.3 QUYOSH ENERGIYASI HAQIDA
Quyosh nurlari har yili yerga bag‘oyat ulkan energiya, ya’ni 621016 kvt soatga teng
energiya olib keladi. Bu energiyaning 60 foizi yer atmosferasi, 25,5 foizi okean va dengiz,
14,5 foizi quruqlikni isitishga sarf bo‘ladi. Bundan 2,5 foizi shamolning mexanik
energiyasiga, 0,14 foizi daryolar harakatining mexanik energiyasiga, 0,12 foizi turli xil
yoqilg‘i o‘tin, torf, toshko‘mir, neft va yonuvchi slanetsning kimyoviy energiyasiga
aylanadi. Yerning ko‘ndalang qismi yuzasi 127,6106 km2 ekanligini e’tiborga olsak, yerga tushadigan quyosh nurining energiyasi 176,61012 kVt, demak bir yilda yerga 1,561018 kVt soat 1,61018 kVt soat quyosh energiya tushadi.
Quyoshning zarrin nurlari yerimizga yiliga 150000 milliard kVt soat shamol energiyasini, 33000 milliard kVt soat suv energiyasini olib keladi. O‘rmonlarda esa quyosh nurlari tufayli yiliga 220000 milliard kVt soat energiya to‘planadi. Bundan tashqari, quyosh energiyasi tufayli ming-ming yillar mobaynida yer bag‘rida ulkan energiya zahiralari jamg‘arilgan. Chunonchi, sayyoramiz bag‘rida yotgan toshko‘mirda 3580000 milliard kVt soat, torfda 480000 milliard kVt soat, yonuvchi slanetslarda 700000 milliard kVt soat, tabiiy gazda 80000 milliard kVt soat energiya zahirasi mavjud. Hozirgi vaqtda insoniyat yiliga bu ulkan zahiralarni mingdan bir qismidan ham kamrog‘ini ishlatadi. Bugungi kunda quyosh ulkan yadro reaktoriga o‘xshashligi ma’lum, unda yuqori bosim va haroratda yadro reaksiyasi sodir bo‘ladi. Bu reaksiya tufayli vodorod geliy yadrosiga aylanishi jarayonida esa quyosh reaktorining aktiv zonasidagi harorat 10 million darajadan ham ortib ketadi.
Quyoshdagi bu reaksiya sekundiga 560 million tonna geliy ishlab chiqarib, 4 million tonna vodorod energiyasiga aylantiradi. Quyosh energiyasidan foydalanishga olis o‘tmishda ham urinib ko‘rishgan. Qadimgi yunon olimi Arximed quyoshning nurini ko‘zgular sistemasi orqali tushirib, rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani to‘g‘risida tarixda yozib qoldirgan. Quyosh energiyasidan chet mamlakatlarda keng miqyosda foydalanilmoqda. Shimoliy Fransiyaning Odeysda degan joyida fizik-ximik Feleks Tremba boshchiligida quyosh elektrostansiyasi qurilgan bo‘lib, uning quvvati 1100 kVt, hosil qiladigan harorat esa 3800 darajaga yetadi. 1816-yil islandiyalik Robert Stirling gelioqurilmadan foydalanib ishlaydigan quyosh dvigatelini yaratgan edi. 1954-yil Amerikalik Ges Repot va Bryus Kaymayklar quyosh nuridan bevosita foydalanish uchun samolyot qulayligi to‘g‘risidagi fikrni aytdi. Oradan 20 yil o‘tgach bu g‘oyaning to‘g‘riligini London kollejidagi tadqiqotchilar amalda isbotladilar
Hozirgi vaqtda jahon fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zahiralardan xo‘jalik maqsadlarida tobora ko‘proq foydalanilmoqda.
Quyosh va shamol energiyasidan xalq xo‘jaligida
samarali foydalanish maqsadida 1954-yil YUNESKOHindiston hamkorligida Dehlida xalqaro simpozium
o‘tkazildi. 1961-yil BMT Rimda quyosh, shamol va geotermal
qurilmalar energetika qurilmalarini takomillashtirish va
undan xalq xo‘jaligida foydalanishni yanada kuchaytirish
bo‘yicha navbatdagi xalqaro simpoziumni o‘tkazdi. 1972-yil
Nigeriyada, 1973-yil Parijda “Quyosh inson xizmatida”
mavzusida xalqaro kongresslar o‘tkazildi. Bu anjumanlarda
quyosh energiyasidan uylarni qish faslida isitish va yozda
mikroiqlim hosil qilish, quyosh energiyasini elektr
energiyasiga va uni issiqlik va elektr energiyaga aylantirish,
shamol energiyasini elektr va issiqlik energiyasiga aylantirish,
quyosh energiyasini organik xomashyo energiyalariga
aylantirish muammolarini yechish, ularning qurilmalarini
ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
1977-yil quyosh energiyasidan qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini quritishda samarali foydalanish bo‘yicha
YUNESKO-Ashxabad (“Quyosh IICHB”) da, 1981-yil
“Noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
xalq xo‘jaligida foydalanish” mavzusida Toshkent (FTI) da,
1988-yil Dushanbe (FTI) da xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi.
Shuningdek, 2000-2002 va 2003-yillarda Toshkentda, Buxoroda
“Innovatsiya” yo‘nalishida “Noan’anaviy energiya
manbalaridan xalq xo‘jaligida samarali foydalanish istiqbollari:
muammolar va yechimlar” mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy
anjumanlar o‘tkazildi.
2.1- SHAMOL ENERGETIK QURILMALARI Shamol – bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o‘zgarib turishi natijasida havo massasining harakatidir. Havo massasining er atmosferasi atrofida aylanishi ekspertlar tomonidan turlicha baholangan. SHamollarning yillik nazariy zahirasi er yuzidagi barcha energiya zahiralardan 100 marta ortiq bo‘lib, 3300 x 1012 kVt/ soatni tashkil qiladi. Ammo bu energiyaning faqatgina 10–12 % foydalanish mumkin.
(shamol elektr stantsiyasi yoki qisqartirilgan shamol turbinasi)
Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 5 m/s dan kam bo‘lmasa shamol generatorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHamol elektrogeneratorlari an’anaviy generatorlardan 2 – 4 barobar qimmatdir. Ammo shamol energiyasi doimiy bo‘lgan ba’zi bir regionlarda u muxim energiya manbalaridan hisoblanadi.
Shuni esda tutish lozimki, shamol g‘ildiragi tomonidan qabul qilinayotgan shamol oqimi, shamol g‘ildiragining diametri bilan aniqlanadi undagi parraklar soni hech qanday ahamiyatga ega emas. Hozirgi kunda ish g‘ildiragi diametri 1,0 ÷ 64 m bo‘lgan shamol qurilmalari mavjud.
Ko‘pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4 m/s dan yuqori tezlikdagi shamol yordamida ishlaydi. SHamol generatorlari 8-25 m/s tezlikda esadigan shamol yordamida maksimall quvvatga ega bo‘ladi. Odatda shamol generatorlarining maksimal ishlash tezligi 25-30 m/s ni tashkil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |