Magma, bu juda qizigan (1300 darajagacha) jinslar
-----XULOSA-----
O‘zbekistonda noana’anaviy energiya manbalari, birinchi navbatda, quyosh
energiyasidan foydalanishni kengaytirishga katta e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 1-martda qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida muqobilenergetika sohasidagi ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish, muqobil energiya manbalarini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularga soliq va bojxona imtiyozlari berish, “Muqobil energiya manbalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifalari belgilangan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida
birinchilardan bo‘lib quyosh energetikasi bo‘yicha o‘z ilmiy ishlanmalariga
66 asoslangan yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan mamlakatdir. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab
chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutining xizmati katta. Institut olimlari
mamlakatimizdagi ulkan gelioenergetika salohiyatidan oqilona foydalanish
bo‘yicha samarali tadqiqotlar olib bormoqda. Mana, o‘n yildan ko‘p vaqtdan buyo
n mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlanmalari asosida quyosh energiyasi bilan su
v isitadigan qurilmalar negizida uy-joy va ijtimoiy ob’ektlarni issiq suv va issiqlik
bilan ta’minlash tizimi ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida
foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa hududlarda
suvni isitib beradigan gelioqurilmalar o‘rnatilgan.O‘zbekiston olimlarining eng yangi ishlanmalaridan qishloq xo‘jaligida hamqo‘llanilayotir. Ma’lumki, ayrim sabablarga ko‘ra, elektr uzatish tarmoqlari va suvta’minoti tizimi ishlamaydigan hududlarda suvni yuqoriga ko‘tarib berish borasidaqiyinchiliklar mavjud. Shu maqsadda quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan fotoelektr qurilmalardan keng foydalanilmoqda. Bu qurilmalar quyosh batareyalari, energiya to‘plash tizimi va doimiy tokni o‘zgaruvchan tokka aylantiradigan moslamani o‘z ichiga oladi. Fermer xo‘jaliklari resurs tejaydigan texnologiyalar – tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yishi va ilgari sug‘orilmagan yerlarni o‘zlashtirishi mumkin. Fotoelektr qurilmasi uzoq muddat xizmat qiladi, maxsus texnik xizmatni talab etmaydi va bir necha yil davomida sarflanganxarajatni qoplaydi.Institut olimlari tomonidan suvni quyosh yordamida chuchuklashtirish moslamasi, ko‘chalarni yoritish uchun fotoelektr stansiyasi va tizimlari, boshqa texnologik yangiliklar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |