Ta’limga investitsiya kiritishni rag‘batlantirish yo‘llari



Download 5,4 Mb.
bet1/19
Sana17.07.2022
Hajmi5,4 Mb.
#814178
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Diplom ishi



Ta’limga investitsiya kiritishni rag‘batlantirish yo‘llari
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………… 3
Asosiy qism
I bob. Ta’limga investitsiya kiritishning iqtisodiy mohiyati va nazariy-amaliy asoslari

    1. Ta’limga investitsiya kiritishning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati….…….6

    2. Ta’limga investitsiya kiritishni rag‘batlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari…………………………………………………………….….12

    3. Ta’limga investitsiya kiritishda ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasi…..…20

II bob. Ta’lim tizimiga kiritilgan investitsiyaning tahlili
2.1 O‘zbekiston Respublikasida ta’limga investitsiyalarning iqtisodiy tahlili…26
2.2 Ta’limga investitsiya kiritishning me’yoriy-huquqiy asoslari………………33
2.3 Xorijiy davlatlarda ta’limga kiritlgan investitsiyalar iqtisodiy tahlili………38
III bob. O‘zbekiston Respublikasida ta’limga kiritilgan investitsiyalarni takomillashtirish yo‘llari

    1. Ta’limga kiritilgan investitsiyani rag‘batlantirishdagi asosiy muammolar…...44

    2. Ta’lim tizimiga kiritilgan investitsiyani rag‘batlantirish yo‘llarini takomillashtirish…………………………………………………………….…51

Xulosa ………………………………………………………………………….…58
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………..61

Kirish
Xalqimizda “taʼlim va tarbiya – beshikdan boshlanadi”, degan hikmatli soʼz bor. Faqat maʼrifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi. Shu sababli mamlakatimizda taʼlim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz taʼlim tizimi printsipiga asoslangan. bola tugʼilganidan boshlab, 30 yoshgacha boʼlgan davrda uni har tomonlama qoʼllab-kuvvatlaydigan, hayotda munosib oʼrin topishi uchun koʼmak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratishga harakat qilinayotgani bejiz emas.
Rivojlangan mamlakatlarda taʼlimning toʼliq sikliga investitsiya kiritishga, yaʼni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha boʼlgan davrdauning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta eʼtibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu koʼrsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin. inson kapitaliga eʼtiborni kuchaytirishimiz, buning uchun: barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart.
Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”.
So‘nggi yillarda mamlakatiiz ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar bo‘ldi desak yanglishmaymiz. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti 2020-yil Oliy Majlisga Murojaatnomalarida ta’kidlaganlaridek, «Bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat...»1. Ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Bu tizimdagi ishlarni yuqori darajaga yetkazish uchun 2017 yil 30 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PF-5198 sonli «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2018 yil 5 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-3651 «Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, 2018 yil 30 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining dagi №PQ-3955 «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, 2020 yil 30 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-4581 «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi. Qolaversa «O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi» tasdiqlandi2.
2020-yil 23-avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunu yangi tahrirda qabul qilindi va umumta’lim sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-sonli “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi farmoyishi qabul qilindi va bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarning tizimi va yo‘nalishlarini belgilab berdi.
2019-yil 9-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu farmon oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasidagi yo‘l xaritasini belgilab berdi.
Yuqorida keltirib o‘tilgar qaror va farmonlar ijrosini ta’minlash uchun davlat byudjetidan katta miqdordagi mablag‘lar ajratilishini ya’n investitsiya kiritilishini talab etadi. Bu jarayonda iqtisodiyotimiz tarmoqlaridagi, xususan ta’lim tizimidagi investitsiya faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasdan, investitsiyalarni jalb qilish va samarali o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirmasdan, investitsiyalarni to‘g‘ri boshqarmay turib iqtisodiyotni barqaror o‘stirish, asosiy kapitalni yangilanishiga va ko‘payishiga, butun investitsion sohada tarkibiy o‘zgarishlarga erishib bo‘lmasligi aniq haqiqat.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ularning yutuqlarini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish jarayonida intellektual mulkning ishonchli himoya qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, intelektual mulk ulushi Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. 2020 yilning 12 oktyabr` kuni Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ham “Intellektual mulkni himoya qilish – Uchinchi uyg‘onish davri uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qiladi” mavzusiga bag‘ishlangan edi. O‘shanda davlatimiz rahbari patent egalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni ta'minlash zarurligiga alohida e'tibor qaratdi. Bu kabi ilmiy yutuqlarga erishish uchun esa yoshlarimiz ta’limini yanada rivojlantirish, ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratishni taqazo qiladi.
Xususan, ta'lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur qonunga asosan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, qonunga ko‘ra, davlat oliy ta'lim, o‘rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’lim tizimida ta’lim olayotgan bo‘lajak kadrlarning bilimlarini bugungi kundagi yangiliklar va innovatsiyalar bilan boyitish, maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash masalasalalari esa ularga ajratilayotgan mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirish, qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ayni shu sababdan mamlakatimizda ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag‘larni tizimli harakatini tahkil etish, bu borada ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash muhim masala bo‘lib qolmoqda.
Qolaversa, mamlakatimiz ta’limi tizimiga xususiy va chet el investorlarini jalb etish, mamlakatimiz ta’limi tizimiga chet el tajribasi asosida yangiliklarni joriy qilish masalalari bugun o‘zining dolzarb masala ekanligini ko‘rsatmoqda.

Download 5,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish