HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTINING IQTISODIY ASOSIY YO’NALISHLARI
KIRISH
I.BOB. HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTI
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo‘nalishlari.
1.2. Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar
II.BOB. IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
2.1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi va iqisodiy nazariyaning shakllanishi
2.2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixining asosiy yo‘nalishlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy xususiyatlari
Birinchi navbatda «hozirgi zamon» tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan iqtisodiy g’oya, ta’limot va kontseptsiyalar hozirgi zamonniki deb tan olinadi.
Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o’sha davrda yuzaga kelgan iqtisodiy g’oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini o’ynaydi. Ammo bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki XX asrning o’rtalari, ayniqsa ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy ta’limotlar bir qancha yangi qarash, g’oya, kontseptsiya va nazariyalar bilan boyidi, ularni ham albatta «hozirgi zamon» iqtisodiy g’oyalariga kiritish tabiiydir, ammo ularning evolyutsiyasi ro’y bergan.
Shu erda shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlarning paydo bo’lishi, shakllanishi va rivoji doimo tarixan dialektik ravishda ro’y bermoqda. Tarixning guvohlik berishicha, ma’lum davrda yuzaga kelgan u yoki bu ta’limot vaqt va sharoit taqozosi bilan doim evolyutsiyada, rivojlanishda bo’ladi. Masalan, XVIII asrning ikkinchi yarmida to’la shakllangan klassik iqtisodiy maktab bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlarini ta’riflab bergan, ammo bu maktabning asosiy qoidalari, umumiy yo’nalishi saqlangan holda, ularning amalda namoyon bo’lishi turli davr va davlatlarda nihoyatda xilma-xildir.
XX asrning 50-60- yillari, ayniqsa keyingi paytlarda jahondagi bir qancha avvaldan rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, GFR, Frantsiya, Italiya, Kanada va boshqa Evropa Ittifoqi davlatlari...) qatoriga yangi-yangi davlatlar kelib qo’shilmoqda, ayniqsa Yaponiya, Turkiya va yangi industrial mamlakatlar (YaIM) «to’rt ajdaho»: Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong (Syangan) hamda shular rivojiga yaqinlashayotgan Malayziya, Filippin, Tailand kabi davlatlar soni ortib bormoqda.
Ilgarilari dam-badam bo’lib turadigan inqirozlar soni va ko’lami keskin kamaydi. Ammo yo’qolgan emas, bu nisbiyyutuqlar bir tomondan ilmiy texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foydalanilganligi va ikkinchidan aholi ijtimoiy talablarini to’laroq qondirish bilan bog’liq bo’lgan ta’limotlar qo’llanilayotganligidir, oqibatda ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik hukm surmoqda. Ammo kapitalizm yo’lini tanlab olgan, bozor iqtisodiyotidan foydalanayotgan yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor etish mumkin emas. Demak, iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham bo’lsa kerakki (iqtisodiy kontseptsiya, siyosat...), ulardan samarali foydalanayotgan davlatlar (ularning soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida yutuqlarga erishmoqdalar. Shu tajribani o’rganish va amaliyotda foydalanish hayotiy zaruriyatga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |