5.Tanqidiy fikrlash oddiy qarorlar va bir tomonlama xulosani xohlaydigan toifalar uchun moʻljallanmagan, degan qarash mavjud.
(1) Mazkur qarash bilan qanday hayotiy haqiqat eʼtirof etilayotganini shaxsiy fikringiz asosida izohlang.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda oliy ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri zarur kasbiy bilimga ega, mustaqil va mas’uliyatli qarorlarni qabul qila oladigan, nostandart sharoitlarda ijodiy yondashadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.
Bu xislatlar yuksak intellektual salohiyatni talab etadigan yuridik kasb egasi uchun o‘ta dolzarb bo‘lib, buning asosida mavjud muammolarni har tomonlama anglash va uni ijodiy hal etish malakasi shakllanadi. Ushbu professional kompetentlik uchun tanqidiy fikrlashning yuqori darajasi muhim ahamiyatga ega.
“Tanqidiy fikrlash” atamasidan pedagogik muhitda anchadan beri foydalanib kelinadi va turli pedagoglar buni xilma-xil tarzda tushunadilar. Ko‘pchilik o‘qituvchilar va metodistlar uchun tanqidiy fikrlash “yuqori tartibdagi” fikrlashni bildiradi. Yuqori degani shu ma’nodaki, u, Benjamin Blum tizimiga ko‘ra, o‘rganish qobiliyatlarining oliy pog‘onasida turadi.Birinchidan, tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir.
Tanqidiy fikrlash tamoyillari har bir kishi boshqalarnikidan mustasno holda o‘zining g‘oyasi, baholashi va ishonchiga ega bo‘lishida aks etadi. Zero, hech kim biz uchun tanqidiy fikrlab bermaydi. Biz faqat o‘zimiz uchungina shunday fikrlay olamiz.
15.Odessaning Malinovskiy tuman sudi sudyasi Aleksandr Garskiy magnitola o‘g‘irlab qo‘lga tushgan ikki yigitni majburiy kitob o‘qishga ham hukm qildi...
Bu ikki yigit jarima maydonchasida turgan mashinalardagi magnitolalarni yechib, ancha og‘ir modda sanksiyasiga tushib qolishgandi: bir guruh shaxslar tomonidan oldindan kelishib o‘g‘irlik qilish! Bu holda magnitolalar o‘g‘irlangani rost, ammo ular deyarli zarar ko‘rmagan (avtomobillardan yechilgan ikki magnitola va uchta dinamik sudlanuvchilar tomonidan ryukzakka yashirilgan. Ularni qo‘riqchilar payqab qolishgach, narsalarni tashlab, qochib ketishgan. Keyin yigitlardan biri ryukzagini olib ketish uchun qaytib kelgan, chunki uning ichida hujjatlari borligini eslagan, shunda qo‘lga tushgan). Biroq ular haqiqiy jazo muddati o‘rniga, bir yil sinov muddati bilan 3 yilga hukm qilingan hamda Mark Tvenning ikki – “Tom Soyer va uning sarguzashtlari”, “Geklberri Finning sarguzashtlari” romanlari hamda Jek Londonning “Oq so‘yloq” qissasi va Taras Shevchenkoning “Kunlar o‘tar, tunlar o‘tar...” she’rini o‘qish majburiyatini oldilar. Ma’lum bo‘lishicha, ular umrida deyarli hech narsa o‘qishmagan, so‘z boyligi ham shunga yarasha bo‘lgan. Hatto sud zalida ham o‘z qilmishlarini real his qilmay, noo‘rin jilmayib o‘tirishgan.
Aleksandr Garskiy: “Yaqinda men bu kitoblarni bolam bilan birga o‘qigan, ko‘z oldimda voqealar xuddi hayotdagidek qayta jonlangandi. O‘g‘ri yigitlar ham ularni o‘qib, mohiyatini anglab, zora dunyoga boshqacha nazar bilan qarashsa, deb o‘yladim. Bir narsani anglashlarini istadim: hayot yo‘lidagi hech qanday to‘siq odamning o‘g‘irlik, talonchilik yoki qotillik qilishi uchun sabab bo‘lolmaydi. (O‘g‘irlik tashabbuskori bo‘lgan 23 yoshli yigit Odessadagi qurilishda ishlagan. Unga bir haftada maosh to‘lanishini va’da qilishgan. Yigit uyiga – Belgorod-Dnestrovskiy shahriga borib hujjatlarini olib kelishi uchun pul kerak bo‘lgan. Biroq u maoshini olishi lozim bo‘lgan kun ish beruvchi pullarni o‘zining uy to‘lovlari uchun sarflab yuborganini aytib, g‘irromlik qilgan). Biror kishini qamoqqa yuborish odatiy hol bo‘lib, kishidan ortiqcha aqlni talab qilmaydi. Menga ishoning, ozodlikdan mahrum qilish muassasalari, aksariyat payt, odamni tuzatmaydi... Jazo sodir etilgan jinoyatga mos kelishi kerak. Biz muvozanatni saqlashimiz lozim. Xayol qilaylik: mahkumlar kitoblarni o‘qimasa, buning uchun jazo oladimi? Bu o‘rinda xayolga ham xojat yo‘q – uch yil ozodlikdan mahrum qilish. Bu sud qarorida nazarda tutilgan. Ehtimol, men buni ham xohlamagan bo‘lardim, lekin men qonunga amal qilishim kerak. Hech qanday murosaga o‘rin yo‘q”.
(1) Sudya Aleksandr Garskiyning hukmini qanday baholaysiz, sudlanuvchiga hamdardlik bildirish to‘g‘rimi, chunki hukm qisman uning [hamdardligi] natijasi edi? Axir odam bir hafta ishladi, ish beruvchi esa uning haqini o‘z ehtiyoji uchun sarflab, yigitni shunday og‘ir ahvolga solib qo‘ydi... Bu adolatsizlik, ammo sudya biribir qonun normalari bilan cheklanadi – ish faqat ayblov doirasida ko‘rib chiqilishi lozim.
(2) Nega ulkan nazorat organi bo‘lmish prokuratura barcha holatlarni inobatga olmadi: nima uchun oylik berilmagan, ish beruvchi o‘zi kim va hokazo? Axir bu omillarning barchasi sudgacha tekshirilishi kerak emasmidi?
(3) Sizningcha, sudyaning hukmini adolatli, deb bo‘ladimi? Axir, agar kimdir hayotni to‘la tushunmagan bo‘lsa, unga o‘rgatish, bolalik davridagi bo‘shliqni to‘ldirish kerak emasmi (sudya Garskiyning aniqlashicha, magnitola o‘g‘irlagan yigitlar murakkab oilalarda voyaga yetishgan)?
Do'stlaringiz bilan baham: |