7-rasm. Hududlar kesimida oliy ta’lim muassasalari soni13
2020-yilda mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining sonini hududlar miqyosida tahlil qiladigan bo‘lsak, eng katta ulush, tabiiyki poytaxt Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Hududda jami 54 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lgan. Ketma-ketlikda davom etadigan bo‘lsak, Samarqand viloyatida 11 ta, Farg‘ona viloyatida 10 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 ta, Qashqadaryo hamda Andijon, Toshkent viloyatlarida 6 tadan oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan.
Oliy ta’lim muassasalari soni 2020-yilda 119tadan 127taga yetdi va Oliy ta’lim muassasalari soni esa 444 mingdan 551 mingtaga oshgan.
2021-yilda esa Davlat byudjeti xarajatlari 165 879 mlrd so‘m miqdorida tasdiqlangan, bu YaIMning 24,1 foizi miqdori tashkil etib, 2020 (20,1 foiz) yilga nisbatan qariyb 4 foizga ko‘p. Ijtimoiy soha xarajatlari oshirilmoqda, 2021 yilda ushbu yo‘nalishlarga 86 622 mlrd so‘m yoki jami xarajatlarning 52 foizi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy xarajatlarning umumiy tarkibida ta’lim xarajatlari 34 500 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash sohasiga doir xarajatlar umumiy hisobda 19 548 mlrd so‘mga yetgan. Ma’lumotlardan ayon bo‘ladiki, eng yuqori ijtimoiy xarajatlar tarkibida pensiya jamg‘armasiga transfertlar (14 700 mlrd so‘m), nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari (10 245 mlrd so‘m), uy-joylar qurish dasturi uchun xarajatlar (2 409 mlrd so‘m)lar o‘rin egallagan. Shu bilan birgalikda, sport sohasiga 1 169 mlrd so‘m, madaniyat sohasiga 1437 mlrd so‘m, aholi bandligi darajasini oshirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 625 mlrd so‘mlik xarajatlar amalga oshirilgan.
Maktabgacha ta’lim sohasida Davlat tadbirkorlik sohalari bilan faol hamkorlik o‘rnatib kelmoqda. Davlat hususiy-sherikchilik loyihalari ustuvor ravishda Toshkent shahri va Nukusda, viloyatlar bo‘ysunivudagi va boshqa ma’muriy boshqaruv markazlaridagi viloyatlar hamda tumanlardagi shaharlar amalga oshirilmoqda. 2021 yilda Maktabgacha ta’lim sohasida hususiy sektorning ulushi 25 foizni tashkil etadi.
8-rasm. Maktabgacha ta’lim muassasalari asosiy ko‘rsatkichlari14
2021 yilda umumiy ta’lim yo‘nalishiga Davlat byudjetidan ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘larning qariyb 70 foizi to‘g‘ri keladi. Qolaversa umumiy ta’limga ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi ish xaqi xarajatlarini tashkil etadi.
Bu ajratilgan mablag‘lar natijasida Umumta’lim maktablari 9 718taga, maxsus maktablar 22 taga, maktab-internatlari 221 taga, «Mehribonlik» uylari, «SOS» bolalar shaharchalari, bolalar mahallalari 225 taga, «Barkamol avlod» bolalar maktablari 219 taga, Bolalar musiqa va san’at maktablari 316 taga, o‘quvchilar soni 6 369 ming kishiga yetdi.
Kadrlar tayyorlash xarajatlari loyihasidagi asosiy o‘zgarishlar o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim sohasida xarajatlarni qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq. Bu o‘z yo‘lida 2020-2021 o‘quv yillarida o‘z tarkibiga akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablari hamda texnikumlarni oluvchi o‘rta maxsus kasb-hunar tizimini joriy etish bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |