11-rasm. Maktabgacha ta’lm tashkilotlari ko‘rsatkichlari17
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2022-yilda 23150taga yetishi prognoz qilingan. Maktablar sig‘imi esa 885 ming nafarni atshkil etishi mo‘ljallangan. 3-7 yoshlardagi bolalar soni 2022-yilda 2876,6 ming nafarni tashkil etishi kutilayotgan bo‘ls ulrning 63% qismini maktabgacha ta’limga qamrab olish rejalashtirilgan.
2022 yilda umumiy o‘rta ta’limga xarajatlar 1,18 baravar oshiriladi. 2022 yilda o‘qituvchilarga to‘lanadigan ish haqini tabaqalashtirilgan holda oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Bunday muassasalari soni 802taga yetdi hamda ularda ta’lim olib kelayotgan o‘quvchilar soni 508,7 ming kishiga, ularga ta’lim berib kelayotgan o‘qituvchilar soni esa 33,3 ming kishiga yetdi.
Oliy ta’lim – uchun 2022-yilda 5 248,8 mlrd so‘m ajratilishi rejalshtirilgan bo‘lsa, bundan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar 2 245,9 mlrd so‘mni, stipendiyalar 1 223,7 mlrd so‘mni va boshqa xarajatlar 1 579,2 mlrd so‘mni tashkil etgan. Oliy ta’lim xarajatlari 2026 yilgacha oliy ta’lim qamrovini 50%ga va ta’lim sifatini oshirish kabi ushbu sohadagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda prognoz qilinmoqda.
2.2 Ta’limga investitsiya kiritishning me’yoriy-huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respubliaksida investitsiyalarni jalb etish, ularning faoliyati va ularni tartibga solish maqsadida ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular yildan-yilga yangiliklar bilan boyitilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini takomillashtirish davlat tomonidan olib boriladigan ichki moliya siyosati bilan o‘zaro bog‘liq jarayon hisoblanadi. Moliyaviy resurslarni taqsimlash, qayta taqsimlash hamda u yoki bu soha uchun sarflash yoki jamg‘arish respublikamizda qabul qilingan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan taqsimot tizimi bilan uzviy bog‘liqdir. Qonunchilikni rivojlanishi, adolatli va haqiqtparvar qonunlar qabul qilinishi hamda ularning hayotga tatbiq etish orqali bozor iqtisodiyotini yuksaltirishga, tadbirkorlikni keng ko‘lamda tarqalishiga qaratilsa, investitsiya manbalari tarkibida davlat mablag‘larining kamayishi hisobiga boshqa mulkdorlarning mablag‘lari tez su‘ratlarda o‘sib borishiga olib keladi.
Investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarish uchun eng avvalo ularning qonunda tasdiqlangan ma‘no, shakl mazmun va mohiyatini tushunib olish zarur. Buning uchun mamlakatimizda investitsiya faoliyati sohasidagi barcha munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 1998-yil 28-dekabrda qabul qilingan qonuni muhim rol o‘ynadi.
So‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar esa ushbu qonunning yanada rivojlantirilib, boyitilishini taqazo qildi va 2020-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi18.
Qonunga muvofiq Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari
Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
oshkoralik va ochiqlik;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
adolatlilik va investitsiya faoliyati subyektlarining tengligi;
investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi19.
Shuningdek, qonunning 5-moddasiga muvofiq “…Inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi”.
Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulk huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga bo‘lgan mulk huquqini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish;
yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida egalik qilish va foydalanish) hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini olish.
Investor:
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;
o‘z investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga;
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yig‘imlar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar (bundan buyon matnda soliqlar va to‘lovlar deb yuritiladi) to‘langanidan so‘ng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga;
o‘zi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning ta’minoti sifatida o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga;
o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga;
kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablag‘larini jalb etishga;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli20.
Investor:
soliqlar va to‘lovlarni to‘lashi;
investitsiya qilish munosabati bilan o‘zi qabul qilgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi;
qonunchilik talablariga, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi, mehnat to‘g‘risidagi, shaharsozlik to‘g‘risidagi, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga, shuningdek texnika xavfsizligiga, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishi;
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashi;
vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yiladigan talablarini bajarishi shart21.
Shuningdek, qonunning 15-moddasiga muvofiq Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasa, ular o‘zlari vakolatli bo‘lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarni ko‘rishi mumkin.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan bog‘liq holda, shuningdek investorlarning yoki investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab investorlarni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlaydi.
Investor tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa investorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. Bunda davlat tadbirkorlik subyektining hamta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) sifatida boshqa ta’sischilar (aksiyadorlar, ishtirokchilar) kabi teng huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq qonunchilikni qabul qilishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash qulay investitsiya muhitini yaratish, yangi raqobatbardosh hamda innovatsion, eksportga yo‘naltirilgan va (yoki) import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir investitsiyalarni rag‘batlantirish, mavjud ishlab chiqarishlarni zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan hamda zamonaviy boshqaruv tajribasini joriy etgan holda kengaytirish va yangilash maqsadida amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
imtiyozlar va preferensiyalar qo‘llash;
investitsiya loyihasini birgalikda moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan investitsiyalar ajratish;
moliyaviy, maslahat berish va axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlash.
Investorlarga va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ko‘maklashish
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi investorlarga boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ko‘maklashish maqsadida ishni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tashkil etadi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi va uning hududiy bo‘linmalari ishlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tashkil etish maqsadida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi, shu jumladan tegishli Davlat xizmatlari markazlari orqali ta’minlaydi.
Ishlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tashkil etish quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:
mavjud davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha qabul qilish va maslahat berish;
davlat xizmatlarini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishda yordamlashish;
elektron raqamli imzoni, elektron arizani va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda yordamlashish;
davlat xizmatlarini olishda investorga davlat boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamrohlik qilish.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga chet el investitsiyalarini va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish hamda ular ishtirokida loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda ko‘maklashadi.
Shuningdek 2020-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4563-sonli “O‘zbekiston respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizda, shu jumladan mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va tashkil etishga qaratilgan investitsiya siyosatini yanada faollashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilingan 2019-yilda investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar 2019-yilda 184 trln so‘m atrofida kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish imkonini berdi va bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p dyemakdir. Yalpi ichki mahsulotda investitsiyalarning ulushi 34 foizdan oshdi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yuqori texnologiyali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va shu asosda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi:
850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020 — 2022-yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari, shuningdek, 2020 — 2022-yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;
206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020-yilda yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi.
2020-yilda investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur, shuningdek, uning choraklar kesimida ijrosining prognoz ko‘rsatkichlari;
2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
2020-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
2020-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;
2020-yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati ma’qullandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |