Ta`lim vazirligi


-rasm. Donli ekinlarning quloqchalari va tilchalari



Download 9,18 Mb.
bet9/47
Sana26.02.2022
Hajmi9,18 Mb.
#466791
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
Donli ekinlarning biologik va ekolik xususiyatlari

9-rasm. Donli ekinlarning quloqchalari va tilchalari:
1 – javdar; 2 – bug’doy; 3 – arpa; 4 – sholi.

Boshoqlash (ro'vaklash). Yuqori barg qinidan boshoq (ro'vak) ning 1/3 qismi ko'rinishi bilan boshoq (ro'vak)lash fazasi boshlanadi. Naychalashdan boshoqlash fazasigacha poyalar, barglar jadal o'sadi, boshoq shakllanadi (10-rasm). Shuning uchun o'simlik oziqa moddalariga, suvga bu davrda juda talabchan bo'ladi. Boshoqlaming kattaligiga ma’danli oziqlanish elementlarining nisbati katta ta’sir ko'rsatadi. Tuplanish davrida, oziqlanishda azot ustuvorlik qilsa o'sish konusining cho'zilishi bir necha kunga uzayadi va boshoqda boshoqchalar ko'p hosil bo'ladi. Fosfor ustuvorlik qilsa boshoq shakllanishi tezlashadi va boshoqda boshoqchalar kam hosil bo'ladi. Shuning uchun oziqa elementlar to'g'ri nisbatlarda tuproqqa solinishi lozim.


Gullash. O'simlik boshoqlagandan keyin gullay boshlaydi. Faqat kuzgi javdar boshoqlash boshlangandan keyin 8-10 kun o'tgach gullasa, arpa to'la boshoqlaguncha gullaydi. G'alla ekinlari gullash xususiyatiga ko'ra o'zidan changlanuvchi (bug'doy, arpa, suli, tariq, sholi) va chetdan changlanuvchi (javdar, grechixa, makkajo'xori, oq jo'xori) larga bo'linadi. O'zidan changlanuvchi g'alla ekinlarining changdoni, odatda, hali gul ochilmasdan yetilib yoriladi. Shuning uchun ular o'zidan changlanadi. Eng qat’iy o'zidan changlanuvchi ekin - arpadir.



1 2 3 4 5 6
10-rasm. Donli ekinlar boshoqlarining ko’rinishi:
1 – qiltiqli yumshoq bug’doy; 2 – qiltiqsiz yumshoq bug’doy; 3 – qattiq bug’doy; 4 – javdar; 5 – arpa; 6 – 7 – ko’p qatorli vaikki qatorli arpa.

Havo issiq va quruq bo'lganda bug'doy guli qobig'i ochiq holda gullashi mumkin va bunday holat ertalabki soatlarda kuzatiladi. Noqulay ob-havo sharoitida (bulutli va yomg'irli) gul qobiqlari yopiq holda gullashi mumkin. Chetdan changlanuvchi g'alla ekinlarida changchi gul ochilgandan keyin yetilib yoriladi. Javdarda uning yengil changi to'kilib shamol yordamida tarqaladi va boshqa o'simlik gullarining urug'chisi tumshuqchasiga tushib, ularni urug'lantiradi. Agar chang shu o'simlik gulining tugunchasiga tushsa urug'lanish sodir bo'lmaydi. Makkajo'xorida otalik to'pguli ro'vak, onalik to'pguli so'tadan 2-4 kun oldin yetiladi. Otalik to'pgulining changlari onalik to'pguli so'tadan chiqib turuvchi iplar tumshuqchasiga tushadi va yerda ko'karib onalik gulining tugunchasiga kiradi va urug'kuitakni urug'lantiradi.


Boshoqli g'alla ekinlarida (bug'doy, аrpа, javdar) gullash boshoqning o'rta qismidagi boshoqchalardan boshlanadi. Dastlab hosil bo'lgan donyirik va urug'lik sifatlari eng yuqori bo'ladi. Ro'vakli g'alla ekinlarida (tariq, suli, oq jo'xori) gullash ro'vakning uchki qismidan boshlanadi, eng yaxshi, sifatli donlar ro'vakning uchki qismida hosil bo'ladi. Yetilish (pishish). Gul urug'langandan keyin tuguncha rivojlana boshlaydi, urug' va murtak shakllanadi. Barglarda to'plangan oziq moddalar don shakllanishi uchun sarflanadi. Bunda ular eriydigan shakldan (qand, aminokislotalar va boshqalar) erimaydigan shaklga (kraxmal, oqsil, yog') o'tadi. Donning hosil bo'lish jarayoni to'rt davrga bo'linadi: hosil bo'lish, shakllanish, to'lish va yetilish. Urug'ning hosil bo'lishi - urug'lanishdan o'sish nuqtasining hosil bo'lishigacha davom etadi. Bu holda urug' kuchsiz o'simta hosil qiladi. 1000 urug' massasi 1 g. Davrning davomiyligi 7-9 kun va undan ko'proq.

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish